O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/239
Sana19.05.2024
Hajmi5,14 Mb.
#244342
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   239
Bog'liq
“SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

Interfaol – 
so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, “inter” - o‘zaro va “act” - 
harakat qilmoq ma’nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interfaol - 
ya’ni o‘zaro harakat qilmoq ma’nosini anglatadi. Bunday o‘zaro harakat 
turlariga “tinglovchi - o‘qituvchi” va “tinglovchi-tinglovchining maqsadli 
harakatlarini kiritish mumkin. Interfaol o‘qitishda o‘qituvchi o‘quv 
faoliyatninig faol tashkilotchisi bo‘lib, o‘quvchi bu faoliyatning sub’ekti 
sifatida namoyon bo‘ladi. Interfaol o‘qitish bu bilish faoliyatini 
rivojlantirishning maxsus tashkiliy shakli bo‘lib, interfaol o‘qitish 
jarayonida ta’lim oluvchi o‘qitishning ob’ektidan o‘zaro hamkorlikning 
sub’ektiga aylanishi, o‘quv jarayonida faol ishtirok etishi bilan tavsiflanadi. 
chiqiladi.
Interfaol 
o‘qitish 
tinglovchilardan 
axborotlarni 
o‘zlashtirish 
jarayonida faollik, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina qolmay, ta’lim 
maqsadlarining to‘laqonli amalga oshishiga yordam beradi. 
Bunda ta’limning quyidagi konsepsiyalari fundamental asos sifatida 
xizmat qiladi:
• o‘qituvchining jadal faoliyati- o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rinishi 
sifatida namoyon bo‘lib, u mazkur harakatning sub’ekti va tashkilotchisi 
sifatida faoliyat ko‘rsatadi;
• o‘quv faoliyatining asosiy negizi va natijasi, mazkur faoliyatning 
sub’ekti – tinglovchi hisoblanadi;
• muvaffaqiyatli o‘quv faoliyatining asosiy ko‘rsatkichi, uning 
natijasi o‘quvchining fikrlash usullarini o‘rganish va amaliy masalalarni 
ijodiy hal etish, erkin, mustaqil harakat qila olish ko‘nikmalarini 
shakllantirishdan iborat;
• o‘quv faoliyatning asosiy ko‘rsatkichi o‘quv topshiriqlari 
hisoblanadi. Bunda ta’lim jarayonining asosiy sub’ekti bo‘lgan tinglovchida 
fikrlash, bilish harakati usullarini rivojlantiruvchi o‘qitish taktikasi muhim 
o‘rin tutadi;
• o‘quv faoliyatini amalga oshirish jarayoni tinglovchidan o‘zining 
shaxsiy bilish mahorati va ko‘nikmalarini o‘zlashtirib olishi uchun zamin 
hozirlashdan iborat.
Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni har tomonlama 
barkamol inson qilib tarbiyalash, kunning dolzarb muammolardan biri 
hisoblanadi. Bunday muammoni hal qilishda barcha fanlarni ta’limiy va 
tarbiyaviy ahamiyatini o‘quvchilarga uqtirib o‘qitish o‘z samarasini berishi 
shubxasiz. Shunday fanlar qatorida tasviriy san’at fanining ham ahamiyati 
kattadir. Tasviriy ijodiy ishlar o‘qituvchining shaxsiy tasviriy mahoratini 
oshirib borishga xizmat qiladi. U o‘qituvchini o‘zi ma’qul ko‘rgan tasviriy 


145 
yoki amaliy san’atning tur va janrlaridan birontasi bo‘yicha ijodiy ishlar 
olib borishini taqozo etadi. Ijodiy ishni bu shakli bo‘yicha o‘qituvchi olib 
borgan ishlarining natijalari yuzasidan ko‘rgazma va tanlovlarda 
qatnashadi. Ma’lumki, hozirda ta’lim jarayonlarini texnika vositalarisiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi. So‘nggi yillarda texnika vositalarining yangidan-
yangi turlari paydo bo‘lmoqdaki, ular ta’lim sifatini zamon talablari 
darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. 

Download 5,14 Mb.
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   239




Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish