146
uchun esa, "Buxorcha"ning faqat ayollar tomonidan ijro etilganligi sabab
bo‘lgan
.
"Buxorcha"ga yo‘l-yo‘lakay
munosabat bildira turilib, uning janri
turkum deyilsa-da, qanaqa turkumligi belgilanmay qolgan. Ular ijro
xususiyatlariga
oid
ayrim
to‘g‘ri
mulohazalarni
bildirsalar-
dag‘ kompozitsion tarkibini noaniq belgilaganlar. Jumladan, ular
yozadilar: "...Lirik qo‘shiqlarni to‘y paytlarida uyning ayollar to‘plangan
qismida eshitish mumkin edi. Buxoroda ularni "sozanda" deb ataladigan
hofizalar va raqqosalar guruhi ijro etardi. Bu qo‘shikdar saraxbor va
naqarotdan iborat bo‘lib, saraxbor yakkaxon tomonidan ijro etilsa (ayni
zamonda uning o‘zi raqqoslik ham qilgan),
naqarotni esa - ansambl
(jo‘rovozlikda) doyra jo‘rligida ijro etilgan.
Birinchi bo‘limi-to‘yona deyilgan, ikkinchisi - yakkaxonlik, uchinchisi
-sargardonlik. Ularning
matni sevgi-muhabbat
mazmunida
bo‘lib,
ayrimlari ulug‘lovchilik ruhiga sug‘orilgan. Qo‘shiqlar turkumi doyra
jo‘rligidagi raqs (zang) bilan tugagan, so‘ngra hofizlar yana chiqishib,
butun turkum jamoa ijrosi asosida intiho topgan. Lirik mazmundagi bu
qo‘shiqlar
marosim
(nikoh
yoki
boshqa)
bilan
mustahkam
bog‘langanligidan marosim turiga yaqin turadi".
Ko‘rinayotirki,
bu
mulohazalarda
talay
noaniqliklar
va
yetishmovchiliklarga yo‘l qo‘yilgan. Bunday o‘rganishga bag‘ishlangan
"Sozandachilik san’ati" mavzuini mustahkamlash niyatida musiqa tinglash
sharti sifatida berilgan "Bo‘yi-bo‘yi" qo‘shig‘i notasi va matni misolida ham
ko‘rish mumkin. Shunisi ajablanarliki, "bo‘yi-bo‘yi" juft so‘zi qanaqa so‘z?
Nimani anglatadi? Bu so‘zni sarlavhaga chiqarganda
mualliflar nimani
ko‘zda tutishgan ekan? Holbuki, "Buxorcha" ashula va raqs turkumi
tarkibida bunday so‘z ishtirokida bitilgan qo‘shiqning o‘zi yo‘q. Rost,
turkumning uchinchi paytida ikki qismdan iborat "Boy-boy-boye, abrekosh
dumi more" bayti bilan boshlanadigan qo‘shiq bor. Uning birinchi qismi
muxammasxonlikdan keyin ijro etiladi. Qo‘llanma mualliflari "Bo‘yi-bo‘yi"
sarlavhasi ostida muxammasxonlikkacha kuylanadigan birinchi qismni
buzib keltirganlar. Aslida bu qo‘shiq sarxonish va miyonxonish, ya’ni
naqarotchilar va yakkaxon ijrosiga mo‘ljallangan, biroq qo‘llanmada bu
ifodasini topmagan. Qolaversa, "Boy-boy-boye"
- hayajonni ifodalovchi
so‘zlar takrori bo‘lib, unda ritmik butunlik mazkur so‘zning uch marta
takrorlanishi zamirida yuzaga keltirilgan. Mualliflar esa uni "bo‘yi-bo‘yi-
bo‘yi"? shaklida buzib ko‘chirib, ham musiqiy ritmni, ham ma’nosini
soxtalashtirilgan.
18
Mana, shu chala va noaniq ko‘chirilgan matn:
Bo‘yi-bo‘yi-bo‘yi
18
Muzikalnaya folkloristka v Uzbekistane (Perviye zapisi). Tashkent: Izd-vo. AN Uzbekistana, 1983.2.
Ashrafi M., Kon Y. Narodnoye muzikalnoye tvorchestvo.- V kn.: Muzikalnaya kultura Sovetskogo
Uzbekistana. Ocherki. Tashkent, 1955, s.37.
147
abro‘yash dumimore,
Nigori nozanini ahli dardam (e),
Abro‘yash dumi more).
Bo‘yi-bo‘yi-bo‘yi
Abro‘yash
dumi more,
Saramro gar burry
bo xanjare tez (e),
Abro‘yash dumi mor (e).
Keyingi baytlar ham shu xilda savodsizlarcha ko‘chirilaverilgan.
Aslida esa birinchi satr sarxonish - naqarotchilar ijrosida
"Boy-boy-boye,
abrekosh dume more"
tarzida kuylansa, keyinga satr miyonxonish - yakkaxon ijrosida
"Nigori nozanini ahli dardam(ye),
abrekosh dume more"
tarzida kuylangan.
Bunda "abrekosh" so‘zi yorni erkalash motivini kuchaytirgan, demak,
"qoshginasi" ma’nosidadir, uni "abro‘yash", demakki, shunchaki "qoshi"
shaklida qo‘llaganda o‘sha erkalovchi ma’no chiqmay qoladi. So‘ngra
yakkaxon ham satr oxirida o‘sha naqarotni qayta takrorlash evaziga
mazkur motivni kuchaytirgan. Turkum qo‘shiqlarining matni mukammal
yozib olinmaganligi bois bunday noaniqliklarga,
qolaversa, hatto
mantiqsizliklarga yo‘l qo‘yilmog‘i tabiiy, albatta. Buni ijro jarayonida yo‘l
qo‘yilib kelinayotgan ayrim matniy mantiqsizliklar misolida ham kuzatish
mumkin. Chunonchi, aksar ijrochilar uchinchi payt tarkibidagi 6- va 13-
qo‘shiqlarni shunday mantiqsizlik asosida kuylab kelmoqdalar. Aytaylik,
6-qo‘shiqning sarxonish-naqarot sifatidagi birinchi satri "Naranj, e voy, tu
ranji-yey" tarzida kuylanmoqda.
"Ranjimagin, e voy, sen ranjiyver" deyish mumkinmi? Bundagi
mantiqsizlik "ranjimagil" deya berilayotgan tasallining shu zahotiyoq inkor
qilinib, "sen ranjisang, ranjiyver" qabilida ifodalanishidadir. Demak,
mazkur misra "Naranj, ey voy, naranji-yey ("Ranjimagil, e, voy, ranjima-
yey") tarzida bo‘lsagina, mantiqdorlik kasb etadi. Shunisi ajablanarliki, 13-
qo‘shiqni o‘zicha tahrir qilib jo‘nlashtirib
bergani yetmaganidek, 2 tag‘in
hech qanaqa asoslashni xayoliga keltirmay, allaqanday yahudiy shoiri asari
sifatida talqin qilish hollari ham uchraydi. Chunonchi, samarqandlik
tarixshunos olim, professor M.Abramov "Buxoro yahudiylari adabiyoti
tazkirasi" asarida shunday yozadi: