164
bolani musiqaga oshno qiladi balki uning jismonan sog‘lom usishida ham
muhim omillardan hisoblanadi
Ritmikaning asoschilaridan biri shvetsariyalik olim musiqashunos
kompozitor E.Jak-Dalkros shunday degan edi: «Ritm harakatlar asosida
yashamoq kerak». Musiqiy o‘yin va mashg‘ulotlar bolalarning uch
yoshdan yetti yoshgacha tavsiya etiladi.
Ritmik harakatlar bolalar
bog‘chasida boshlang‘ich guruhlarda va musiqa maktablarida, uy
sharoitida yanada chuqurroq o‘rganilishi mumkin
Bolalarning aqliy, nafosat va jismoniy rivojida raqs, musiqali o‘yinlar
va musiqaga mos harakatlar bajarish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda
musiqa madaniyati darslarida, musiqaga mos harakatlar bajarish quyidagi
vazifalardan iborat:
-o‘quvchilarning musiqiy uquvi, ayniqsa, xotirasi, ritm tuyg‘usi
musiqaga mos harakatlar yordamida yaxshi rivojlanadi. Har qanday
harakat turi musiqiy asarning sur’ati
va ritmi ostida bajariladi, harakat
bilan bog‘liq bo‘lgan musiqiy ohanglar bola xotirasida turg‘un saqlanadi;
-raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqonlikni
rivojlantirib, qomatining to‘g‘ri o‘sishiga va badanini chiniqtirishga katta
yordam beradi;
-musiqiy asarlar o‘quvchilarda turlicha emotsional hislar uyg‘otib,
turlicha kayfiyatlar hosil etib, ularning ongida o‘ziga
xos obrazlar
yaratadiki, bolalar asar mazmunini turli harakatlar va ishoralar bilan
ifodalashga harakat qiladilar.
Demak, musiqaga mos harakatlar o‘quvchilarning aqliy va nafosat
qobilyatini rivojlantirish bilan birgalikda irodasini ham rivojlantiradi.
Musiqiy asarlardan marsh, raqs va o‘yinlar o‘quvchilarga tez ta’sir
etadi, shuning uchun ham quvnoq raqs, qiziqarli musiqali o‘yinlar har bir
bolaning e’tiborini o‘ziga tortadi.Ritmika bolalarda musiqiy harakatlarni,
estetik tarbiyani oshirishda katta ro‘l o‘ynaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar
ilk
yoshdan boshlab sakraydi, o‘ynaydi, lekin bu bolaning ritmik
harakatlandi, degani emas. Bu davrda bolalar musiqa ostida emotsional
harakatlanadi, eshitish qobiliyati o‘sadi. Musiqa ostida harakatlanib,
tarbiyachilar bilan birgalikda kichik-kichik qo‘shiqlar ham kuylanadi.
Harakat turlari uchga bo‘linadi.
1. Asosiy harakatlar: yurish, yugurish, sakrash.
2.Gimnastik harakatlar: predmetlar bilan, ya’ni lenta, obruch,
bayroqchalar va koptok bilan.
3. Raqs harakatlari: musiqa ostida ritmik
harakatlar haqida nazariy
bilimga ega bo‘lish mumkin.
Shuni aytib utishimiz lozimki maktabgacha ta’lim muassasalarida
olib borilayotgan musiqa mashg‘ulotlari, ayniqsa musiqiy-ritmik
harakatlarlar usib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz, urf-
165
odatlarimizni uzlashtigan holda estetik jihatdan tarbiyalanishga, ritmni his
qilib to‘g‘ri yurushni, musiqa ostida harakat qilishni o‘rganib, qomatlari
chiroyli bo‘lgan holda jismoniy jihatdan sog‘lom bo‘lib yetishishda muhim
ahamiyatga ega.