• UMUMIY O‘RTA TALIM MAKTABLARDA O‘QUVCHILARGA HAYKALTAROSHLIK ELEMENTLARINI O‘RGATISHNING SAMARALI USULLARI M.M. Badiyev
  • Kalit s o‘ zlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet83/239
    Sana19.05.2024
    Hajmi5,14 Mb.
    #244342
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   239
    Bog'liq
    “SAN’AT, TIL VA MADANIYAT MASALALARINI ILMIY O’RGANISHDA FAN VA

    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. Soipova D. Musiqa o‘qitish nazariyasi va metodikasi.- Toshkent.; 
    2009 y. 
    2.Yusupova N. Musiqa savodi metodikasi va ritmika.- Toshkent.; 
    2010y.“Musiqa” nashriyoti. 
    3.Абдуллин Э.Б. Методологическая культура педагога –
    музыканта: учеб. пособие для студ. высш. учеб. пед. заведений. М. : 
    Академия, 2002. 
    4. Omonullayev D. “Maktabda musiqa tarbiyasi metodikasidan
    leksiyalar kursi”. T.I990y. 
    5. «O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarida musiqa 
    ta’lim- tarbiya kontseptsiyasi»T. (Musiqa 1995 yil 24 may) 
    UMUMIY O‘RTA TA'LIM MAKTABLARDA 
    O‘QUVCHILARGA HAYKALTAROSHLIK ELEMENTLARINI
    O‘RGATISHNING SAMARALI USULLARI 
    M.M. Badiyev
    Buxoro davlat pedagogika instituti dosenti 
    S.Q. Ostonova 
    Buxoro davlat pedagogika instituti
    magistranti 
    Annotatsiya:
    Maqolada haykaltaroshlik, haykaltaroshlik turlari, umumta’lim 
    maktablarida haykaltaroshlik elementlarini o‘rgatish usullari haqida so‘z yuritiladi. 
    Kalit s
    o‘
    zlar:
     Hakaltaroshlik, relief, barelyef, gorelyef, dizayn, byust. 
     
    Ma’lumki mamalakatimizda san’atga bo‘gan qiziqish, mehr-
    muhabbat azal-azaldan rivojlanib kelgan. Hozirgi kunda yurtboshimiz 
    tomonlaridan ham bir nechta qarorlar chiqarilayotgani buning yaqqol 
    misolidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4688-son 21. 04. 
    2020 “ tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini oshirishga doir 
    chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori shular jumlasidandir. O‘sib kelayotgan 


    155 
    yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda tasviriy san’atning o‘rni 
    beqiyosdir. 
    Haykaltaroshlik - tasviriy san’atning turi bo‘lib, tasvirlanadigan 
    narsani hajmli, uch o‘lchovli uzunlik, kenglik, balandlikka ega qilib aks 
    ettirish tamoyiliga asoslangan san’at turi. Asosan, inson, qisman hayvon va 
    qushlar, 
    tabiat 
    (manzara), 
    narsalar 
    (natyurmort) 
    ifodalanadi. 
    Haykaltaroshlik asarlari, asosan ikki turga: hamma tomonidan ko‘rish 
    imkoni bo‘lgani, mukammal shaklli haykalga va bir tomondangina 
    ko‘riladigan relefga bo‘linadi. Haykalda kishining boshi, beligacha (byust), 
    tizzasigacha, butun gavdasi (bularda muayyan shaxs aks ettirilgan bo‘lsa - 
    portret), ikki yoki bir necha kishi (muayyan shaxslar aks ettirilgan bo‘lsa - 
    guruh portret) ishlanishi mumkin. Relefning hajmi va shakli uning 
    o‘rnatiladigan joyiga, qanday maqsadda xizmat qilishiga qarab tanlanadi, 
    undan ko‘pincha me’morchilik (friz, fronton, plafon va boshqalar)da 
    foydalaniladi. Relefning pas (barelef), baland tasvir (gorelef)," fonda o‘yib 
    ishlanadigan xillari bor.Mazmuni va vazifasiga ko‘ra haykaltaroshlik 
    monumental haykaltaroshlik (yirik haykal, yodgorlik, memorial inshootlar 
    - jamoat joylariga o‘rnatiladi, yirik hajmda ishlanadi, muhim g‘oyalar 
    targ‘ibotiga xizmat qiladi) va monumental bezak haykaltaroshlikka 
    (binolar, turli inshootlarga, bog‘, maydon, yo‘l va boshqa joylarda muhitga 
    moslab, bezak tarzida o‘rnatiladi, hajmi har xil badiiy favvoralar ham unga 
    kiradi) bo‘linadi.Datsgohli haykaltaroshlik (muzey, ko‘rgazma zallariga, 
    binolarning intererlariga qo‘yiladi, hajmi asliga yaqin yoki sal yirik; 
    yaqindan ko‘rinadi) va juda kichik haykaltaroshlik asarlari (sopol va chinni 
    haykalchalar, shuningdek, plaketka (relef, tasvirli platsinka) o‘yib 
    ishlangan shakllar, (uy-ro‘zg‘or buyumlari, jihozlar, qurol va idishlardagi 
    shakl-tasvirlar, zargarlikda relef hosil qilib tayyorlangan bezaklar va shu 
    kabilar) ga bo‘linadi.Monumental, monumental bezak, qisman datsgohli 
    haykaltaroshlik asarlari aralash san’at turiga kiradi. Kichik haykaltaroshlik 
    asarlari ko‘pincha uy ichini bezaydi, jihoz, qurol, idish va boshqa 
    buyumlarni badiiy buyumga aylantiradi. Haykaltaroshlikning bu turi juda 
    qadim zamonlardan rivoj topgan. Metall (bronza, mis, qalay, cho‘yan, 
    po‘lat, alumin), gips, beton, shisha, platsmassa kabi materiallardan asar 
    quyib, qotiriladi (boshqa materialdan tayyorlangan modeldan shakl-qolip 
    tayyorlab quyiladi). Tayyor metallgazarb berib, ishlov berib, bog‘lab ham 
    haykaltaroshlik asari ishlanadi.Tosh (marmar, granit, ohaktosh, qumtosh, 
    bazalt, diorit va boshqalar), suyak, yog‘ochni kesib, yo‘nib, o‘yib tasvir 
    ishlanadi. Tosh shakl tayyor bo‘lganda sayqal beriladi. Yog‘och, odatda, 
    nim rangga bo‘yaladi.Haykaltaroshlik tarixi qadimiy paleolit va neolit 
    davrlardayoq sopol, suyak, shox, toshning yumshoq xillaridan hayvon, 
    qush, kishilarning tasvirlari tayyorlangani ma’lum. Qadimgi Misrda 
    toshdan ulkan sfinkslar ishlandi, fir’avnlarning katta haykal va releflari 


    156 
    yaratildi. Ularda fir’avnning qudrati ifodalandi, ko‘pincha ilohiylashtirib 
    aks ettirildi. O‘tmishda ham, bugungi kunda ham haykaltaroshlik 
    insonparvarlik g‘oyalariga xizmat qilmoqda.Mazkur risolada islom dini 
    nima sababdan soyasi bor narsalarni tasvirlashni taqiq-lagani, bu taqiqning 
    nisbiy darajalari ham ko‘rsatib o‘til-gan. Demak, islomda tasviriy san’at 
    turlari va ko‘rinishlariga ko‘proq soyasiz narsalarni chizishga, ayrim 
    hollardagina jonzotlarni, jumladan, odam siymosini tasvirlashga e’tibor 
    berilgan. Alisher Navoiy siymosini kichik zamondoshi -buyuk musavvir 
    Kamoliddin Behzod chizib qoldirgani hozir ko‘pchilikka ma’lum.Mashhur 
    haykaltarosh va rassom A. Verrokodan ta’lim olgan, matematika, 
    anatomiya va boshqa fanlarga qiziqqan. Tasviriy san’at Leonardo da 
    Vinchi ijodining muhim qismini tashkil etadi. Leonardo da Vinchi XV 
    asrning 70-80-yillarida mavjud borliq go‘zalligi, boyligini madh etuv-chi 
    («Gul tutgan Madonna» (Yermitaj), «Vahiy»-(Uffitsi) ajoyib asarlar 
    yaratgan. Asrlar o‘tadi, bir ijtimoiy tuzum o‘rnida ikkinchisi m paydo 
    bo‘ladi, ammo xalq moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishda davom 
    etaveradi.Bezakli amaliy san’at turi tasviriy san’atga yaqinroq turadi.
    Maktablarda o‘quvchilar bo‘sh vaqtini samarali va mazmunli tashkil 
    etish bundan tashqari o‘quvchilarga kasb-hunar orgatish uchun 
    haykaltaroshlikning barelyef san’atini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv 
    rejalar asosida dars va to‘garaklarni tashkillashtirsak maqsadga muvofiq 
    bo‘ladi. 
    O‘quvchilar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish 
    muammosi ta'lim-tarbiya jarayonida samarali usul va vositalardan 
    foydalanishni taqozo etadi. 
    Tasviriy san'at inson ongiga tezda ta'sir etib, unda ezgu hislar
    uyg‘otadigan, ma'naviy olamini boyitadigan san'at turlaridan biridir. Shu 
    bilan birga, tasviriy san'at inson shaxsining shakllanishi va kamolga 
    yetishiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir. 
    Tasviriy san'at nazariy asoslari bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish, 
    ayniqsa, 
    qalamtasvir, 
    rangtasvir, 
    kompozitsiya, 
    qurish-yasash, 
    haykaltaroshlikdan malaka hosil qilish, manzarali, mavzuli kompozitsiya 
    yaratish, odam shaklini turli harakatlar va kiyimlarda tasvirlash usullari, 
    haykaltaroshlik, dizayn san'ati, tasviriy san'at tarixi haqidagi ko‘nikma va 
    ma'lumotga ega bo‘lish tasviriy san'at o‘qituvchisi faoliyatida hal qiluvchi 
    ahamiyat kasb etadi. 
    O‘qitish jarayonida o‘quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli 
    pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo‘llanilishi ularni 
    mustaqil, erkin flkrlashga, izlanishga, ular bir masalaga ijodiy yondoshish, 
    mas'uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy 
    adabiyotlardan unumli foydalanish-ga, eng asosiysi, o‘qishga, fanga, 
    pedagogga va o‘zi tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. 


    157 
    Bunday natijaga erishishda amaliyot va o‘quv jarayonida innovatsion 
    va axborot texnologiyalarni qo‘llashni taqozo etadi. Zamonaviy metodlar 
    yoki o‘qitishning samarasini oshirishga yordarn beravchi texnologik 
    treninglar o‘quvchi — talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tanqidiy, 
    mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, 
    raqobatbardor, yetuk mutaxassis bo‘lishlariga hamda mutaxassisga kerakli 
    bo‘lgan kasbiy fazilatlarni tarbiya-lashga yordam beradi. 
    Demak, tasviriy san'at ta'lumoti, bilimiga ega bo‘lish uchun 
    san'atning amaliy mashg‘ulotlarini uzoq vaqt mobaynida samarali ijodiy 
    mehnat orqali va har xil metodlarni qo‘llash orqali egallanadi. 

    Download 5,14 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   239




    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat pedagogika instituti

    Download 5,14 Mb.
    Pdf ko'rish