130
qismini shu janrga bag‘ishlab, eng yaxshi asarlarini ham shu janrda
yaratadi.
Rassomlar ijodiy faoliyatidagi individual uslub psixologik-pedagogik
tavsifnomasini, ijodkorlar ijodiy faoliyatida zarur bo‘lgan sifatlarni tarkibi
va yetakchiligiga ko‘ra uch guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruh
sifatlarni neyrofiziologik tug‘ma layoqat, tashqi muhit bilan o‘ziga xos
muloqot, uzoq vaqt irodani safarbar qilib, bir yoki turli ijodiy faoliyat olib
borishga bo‘lgan ehtiyoj va qobiliyat tashkil qiladi. O‘quvchilar shaxs
sifatlari jihatidan turlicha bo‘lganligi sababli ba’zilar uchun topshiriq oson
bo‘lsa, faoliyatga qiziqish yo‘qoladi, ba’zilarga vazifa murakkabroq
tuyulsa, muvaffaqiyatsizlikdan o‘zini olib qochib, faoliyatini to‘xtatadi, “bu
menga to‘g‘ri kelmaydi”, “bu men uchun qiziq emas” kabi vajlar bilan ijod
qilishdan yoki vazifa bajarishdan bosh tortadi. Bunday o‘quvchilarga
tegishli suhbat, rag‘batlantirish, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash,
stimullardan foydalanish kerakligi uqtirib o‘tiladi.
Ikkinchi guruh sifatlariga tug‘ma layoqat
inkor etilmagan holda
bilish jarayonlari, emotsiya, hissiyot singari xususiyatlar kiradi.
Uchinchi guruh sifatlarining shakllanishida ijtimoiy muhit katta rol’
o‘ynab, ular natijasida tarkib topgan shaxsning dunyoqarashi, e’tiqodi,
qiziqish-havaslari, hayotiy qadriyatlari, atrofdagilarga bo‘lgan munosabati
muhim o‘rin tutadi.
Ijodkor shaxs individualligidagi sifatlarni uch guruhga bo‘lishdan
maqsad o‘quvchida qaysi guruh xususiyatlari etakchilik qilganda tasviriy
san’at yaxshiroq o‘zlashtirilishi, idrok etilishi va kimga qanday pedagogik
ta’sir qilish zarurligini ko‘rsatishdir.
Ma’lumki, madaniyatning yuzaga kelish tarixi odamning paydo
bo‘lishi bilan o‘lchanadi. Tasviriy san’at
ham madaniyatning bir qismi
bo‘lib, uning tarixi san’at tarixidan olingan. San’at tarixining darg‘alari
hisoblangan bir qator shaxslar haqida bilim va tasavvurga ega bo‘lish
zamonaviy shaxsning madaniy saviyasini ko‘rsatadi. Tasviriy san’at
asarlarini idrok etishda maktab o‘quvchilarini tasviriy san’at, uning
rivojlanish tarixi haqidagi bilimlar bilan qurollantirish muhimki, bu jihatlar
jamiyatda zamonaviy, madaniyatli shaxsni shakllantirish vazifasini o‘tay
oladi. Mazkur vazifani samarali bajarilish yo‘llaridan biri yoshlarga
maktab bosqichida tasviriy san’at tarixini o‘qitish zaruratidir.
Zero, u o‘quvchilarga tasviriy san’at asarlari va mualliflari,
asarlardagi asosiy g‘oyalar, asarlarni badiiy idrok etib, estetik zavq olishga
o‘rgatish, tasviriy san’atga o‘qitishda
amaliy faoliyat, buyuk rassomlar,
haykaltaroshlar haqida tegishli ma’lumotlar berilishi bilan qimmatlidir.
Badiiy idrokni shakllantirishda bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olish
kerak. Odamlarning juda katta qismi ranglarni ajrata olmaydi, bu esa
tasviriy san’at asarini to‘g‘ri va to‘liq idrok etishga salbiy ta’sir qiladi.
131
Vaholanki, maktab partasidayoq tasviriy san’at darslari doirasida ranglarni
to‘g‘ri
idrok
etish,
ular
orasidagi
nozik
farqlarni
aniqlashga
o‘quvchilarning aksariyat qismini o‘rgatish imkoniyati mavjud. Shu kunga
qadar mazkur muammoga yetarli e’tibor berilmayotganligi natijasida
aholining katta
qismi obrazli qilib aytganda, “ranglarni zaif ko‘ruvchi”
bo‘lib qolyapti.
O‘quvchilarni madaniy merosdan bahramand qilish masalasi katta
muammo bo‘lib, o‘quvchilar bilan tasviriy san’at bo‘yicha olib borilayotgan
pedagogik amaliyot zamon talabiga mutlaqo javob bermaydi va metodik
jihatdan oqsoqlik, yoshlarda san’at tarixiga qiziqishning pastligi hal etilishi
lozim bo‘lgan muammolardandir. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Evropada
va Rossiyada ta’lim-tarbiyada tasviriy san’at va uning tarixiga katta e’tibor
berilganligi sababli katta muzeylar barpo etilgan, buyuk san’at
asarlari
yaratilgan, me’morchilik yuksak darajada taraqqiy topgan.