121
bilish va uni hal etishni, bilimlarini tinimsiz yangilab borishni, bu
bilimlarni kutilmagan sharoitlarda qo‘llash uchun eng keyingi
axborotlardan
xabardorlikni, ya’ni mavjud bilimlarni tez, harakatchan va
uzluksiz ravishda boyitib borilishini ta’minlashni taqozo etadi. Bu sifatlar
kompetensiyaga ega bo‘lgan shaxsga o‘z sohasi bo‘yicha xolis, qimmatli,
mustaqil va to‘g‘ri fikr qilish hamda kerakli qarorlar qabul qilish imkonini
beradi.
To‘garak rahbarining kasbiy kompetentlilik darajasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyotiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi.
Zamonaviy talablardan kelib chiqib pedagog umumiy
kasbiy
kompetentliligining quyidagi asosiy belgilarini sanab ko‘rsatish mumkin:
1. Metodik yo‘nalishdagi uyushmalar va ijodiy guruhlarda ishlay
olish.
2. O‘z sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish.
3. Innovatsion faoliyat yuritish, yangi pedagogik texnologiyalarni
o‘zlashtirish.
4. Pedagogik qo‘llab-quvvatlashning har xil shakllarini bilish.
5.
Har xil pedagogik tanlovlar, festivallar va musobaqalarda ishtirok
etish.
6. Har qanday sharoitda o‘zining pedagogk mahoratini namoyish
eta bilish.
7. Davriy matbuotda o‘z tajribalarini namoyish eta olish va hk.
Shuningdek tarbiyada permanent hamkorlik, hissiy-empatik,
perseptiv, kommunikativ kabi pedagogik-psixologik hamda bilimlilik,
qobiliyatlarni
aniqlash,
uyushtirish,
his
etish,
qadriyatlilik, improvizatsiya kabi xususiy kompetensiyalar ham katta
ahamiyatga ega.
Kasbiy kompetentlilikning rivojlanishi shaxsiy kasbiy fazilatlarni
oshirishga, kasbiy tajriba, uzluksiz tarzda rivojlanish va komillik sari
intilishga yo‘naltirilgan kasbiy tajriba modernizatsiyaning dinamik
jarayonidir. Kasbiy kompetensiyani shakllantirish
va rivojlantirishning
quyidagi bosqichlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin:
o‘z kasbiy mahoratini oshirishning pedagog tomonidan tahlili
qilinishi va anglanishi;
o‘z-o‘zini rivojlantirish (maqsad, vazifa va hal etish yo‘llarini)ning
rejalashtirilishi;
o‘z-o‘zini namoyish qila bilish, faoliyatini tahlil va tahrir qila
olishi va hk.
Kasbiy kompetentlilik mutaxassis tomonidan alohida bilim,
ko‘nikma va malakalarning egallanishinigina emas, balki har bir mustaqil
yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va kreativ harakatlarning
122
o‘zlashtirilishini ham nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya
mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni
o‘rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni
izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay
bilishni taqozo
etadi, shuningdek o‘zidagi ijobiy shaxsiy sifatlarni, umuman, odamlikka
qo‘yiladigan talablarni tarbiyalanuvchilariga singdira borish demakdir.
Bir qator adabiyotlarda kasbiy kompetentlilik negizida quyidagi
sifatlar aks etadi:
1. Ijtimoiy kompetentlilik – ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish
ko‘nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub’ektlar bilan erkin vas
amimiy muloqotga kirisha olish.
2. Maxsus kompetentlilik – kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil
etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish,
faoliyati natijalarini real baholash, bilim, ko‘nikma va malakalarni izchil
rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlilik negizida psixologik,
metodik,
informatsion,
kreativ,
innovatsion
va
kommunikativ
kompetentlilik ko‘zga tashlanadi
N. Muslimov va boshqalar tomonidan ta’kidlangan kasbiy
kompetentlilik xususiyatlari bu borada ma’lum tugallikni aks ettiradi:
psixologik kompetentlilik – pedagogik jarayonda sog‘lom
psixologik muhitni yarata olish, tarbiyalanuvchilar va ta’lim jarayonining
boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy
psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish va bartaraf eta bilish;
metodik kompetentlilik – pedagogik jarayonni metodik jihatdan
oqilona tashkil etish, ta’limiy yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri
belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tarzda tanlay olish;
informatsion kompetentlilik – axborot muhitida zarur, muhim,
kerakli, foydali ma’lumotlarni izlash, yig‘ish, saralash,
qayta ishlash va
ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;
kreativ kompetentlilik – pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy
va ijodiy yondoshish, o‘zining ijodkorlik malakalarga egaligini namoyish
eta olish;
innovatsion
kompetentlilik
–
pedagogik
jarayonni
takomillashtirish,
ta’lim
sifatini
yaxshilash,
tarbiya
jarayonining
samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni
amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;
kommunikativ kompetentlilik – ta’lim jarayonining barcha
ishtirokchilari bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish,
ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish;
shaxsiy kompetentlilik – izchil ravishda kasbiy o‘sishga
erishish,
malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini
123
namoyon qilish bilan birga ma’naviy fazilatlarini ham boyitib, yuksaltirib
borish;
texnologik kompetentlilik – kasbiy-pedagogik bilim, ko‘nikma va
malakalarni boyitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy
vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish;
ekstremal kompetentlilik – favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofatlar,
texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda
oqilona qaror qabul qilish, to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
Ko‘rinadiki, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, xususan, badiiy
to‘garaklarda faoliyat olib boradigan rahbarning, avvalo, oliy ma’lumotli
bo‘lishi,
qolaversa,
ularning
oldiga
umumta’lim
maktablari
o‘qituvchilariga
qo‘yiladigan
talablarning
barchasini
o‘zida
mujassamlashtirgan bo‘lishi, ayni zamonda to‘garak rahbariga xos bo‘lgan
yuqoridagi bir qator kompetentlilikka ham ega bo‘lishi ta’lim tizimidagi
uzluksizlik va uzviylikni ta’minlashga asos bo‘ladi.