|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim Pdf ko'rish
|
bet | 166/181 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #250633 |
Bog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Gnostik malakalari
–
o‘quvchilarning asab psixik holati darajasini aniqlay olishi, o‘z
pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi, ustoz o‘qituvchilar mahoratini nazariy va
amaliy jihatdan o‘rganib borishi, psixologik va pedagogik adabiyotlardan to‘g‘ri foydalana bilishi,
o‘quvchilar xulq-atvorini mukammal o‘rganishi.
Gradasiya
– gapdagi so‘z yoki jumlalarning sifat o‘zgarishiga ko‘ra ketma-ket joylash-
tirishdir.
Hikoya –
o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki
qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil
bayon qilinishi.
Innovator
–.yangiliklarni ta’lim mazmuni va mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qilish.
Invigilator –
masofaviy ta’lim asosida tashkil etiladigan o‘qitish natijalarini nazorat qiluvchi
mutaxassis pedagog.
Har qanday ta’lim sohasida pedagog avvalo, moderator, kreativ bo‘lishi kerak.
Ijtimoiy kompetentlik
– ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma , malakalariga
egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish.
Informatsion kompetentlik
– axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma’lumotlarni
izlash, yig‘ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o‘rinli, samarali foydalanish;
Innovatsion kompetentlik
– pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta’lim sifatini yaxshilash,
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g‘oyalarni ilgari surish, ularni
amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;
Iste‘dod –
deb odamga qandaydir murakkab mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli mustaqil va
original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar uyushmasiga aytiladi.
Ijodkorlik –
bu sifat jihatidan yangi, original va takrorlanmas biror yangilikni paydo qiluvchi
faoliyatdir. Ijodkorlik mahsuldor, evristik, kreativ turlarga bo‘linadi.
|
| |