• Kommunikativ qobiliyat
  • Kommunikativ malakalari
  • Kommunikativ aloqa
  • Kommunikativ ataka
  • Kuzatuvchanlik qobiliyati




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet169/181
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,92 Mb.
    #250633
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   181
    Bog'liq
    65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2

    Kuzatuvchanlik qobiliyati
    – o‘quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish 
    qobiliyati o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan 
    bog‘liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir. 
    Kommunikativ qobiliyat
    – to‘g‘ri muomala qila bilish qobiliyati. Bolalarga yaqinlasha olish, 
    ular bilan pedagogik nuqtayi nazardan juda samarali o‘zaro munosabat o‘rnata bilish pedagogik 
    nazokatning mavjudligini bildiradi. 
    Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati
    – o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko‘rishda, 
    o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsni 
    tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarini taraqqiy etishini oldindan aytib 
    bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. 
    Kommunikativ malakalari
    – o‘quvchilarni o‘ziga jalb etishni bilishi, o‘quvchilar va ota-
    onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik muloqotlarni tashkil qilishi, o‘quvchilarning jamoada 
    o‘zaro munosabatlarida bir xil muvozanatni tartibga solishi. 
    Kommunikatsiya
    (lot. communicatio – umumlashtiraman, bogʻlayman) – muloqot qilaman 
    manolarini anglatadi. 
    Konstruktiv qobiliyat –
    o‘qituvchining o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni puxta rejalashtirishi 
    asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko‘ra olishi. 
    Kommunikativ aloqa
    – bosqichida sinf jamoasini o‘zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat 
    texnikasini puxta bilish, ularning barcha qiziqishlariga javob bera olish, erkin fikr bildirishlariga 
    imkoniyat yaratish va o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir etishning turli usullarini qo‘llash metodlarini 
    egallashi. 
    Kommunikativ ataka – 
    muloqotni boshqarish bosqichida o‘quvchilar tashabbusini quvvatlash, 
    dialog muloqot tashkil etish, o‘z fikrlarini real haroitga moslay olish ko‘nikmalari. 

    Download 6,92 Mb.
    1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   181




    Download 6,92 Mb.
    Pdf ko'rish