|
Menejer
– tashkiliy-pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etish.
Maxsus kompetentlik Pdf ko'rish
|
bet | 171/181 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #250633 |
Bog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Menejer
– tashkiliy-pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etish.
Maxsus kompetentlik
– kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-
pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil
rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ,
innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko‘zga tashlanadi. Ular o‘zida quyidagi mazmunni
ifodalaydi:
Metodik kompetentlik
– pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta’lim
yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to‘g‘ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay
olish, metodlarni samarali qo‘llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo‘llash;
Mnemonika
(yunoncha mnemonika – eslab qolish san’ati) – sun’iy assotsiatsiyalar hosil
qilish yoʻli bilan esda olib qolishni osonlashtiruvchi va xotira hajmini kengaytiruvchi usullar tizimi.
Malaka –
o‘qituvchining ongli faoliyatni bajarishi jarayonida hosil qilingan kasbiy
intellektual faoliyatning avtomatlashgan komponentlari yig‘indisi.
Mohirlik –
ham qobiliyatning o‘zginasidir. Qobiliyat ko‘nikma va malakalarning paydo
bo‘lish jarayonida shakllanadi.
Modernizatsiya –
(frans. Moderne – eng yangi, zamonaviy) – biror narsani yangilash, unga
zamonaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq oʻzgartirish.
Modulli o‘qitish texnologiyasi
– o‘qituvchi tomonidan fanning qator mavzularini birlash-
tiruvchi bo‘limlarga (o‘quv elementlarga) ajratilishi bo‘lib, odatda fan bir necha bo‘laklardan iborat
bo‘ladi va eng oddiy hollarda darslikning boblariga mos tushishi.
Masofaviy o‘qitish
– o‘zaro ma’lum bir masofada Internet komponentlari – maqsad, mazmun,
metod, tashkiliy shakllar va o‘qitish usullariga asoslangan talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi
munosabat.
|
| |