|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim Pdf ko'rish
|
bet | 167/181 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #250633 |
Bog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Intellekt –
lotincha intellectus – anglash, tushunish, egallash. Individdagi aqliy qobiliyatlar-
ning nisbatan mukammal tuzilishi.
Innovatsiya –
atamasi lotincha “novatio” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish” (yoki
“o‘zgarish”), degan ma’noni anglatadi.
Inversiya
–
gap mazmuniga urg‘u berish maqsadida so‘zlarning odatiy joylashish tartibini
o‘zgartirish.
Intonatsiya
– nutq ohangini mazmuniga ko‘ra o‘zgartirish, mantiqiy va hissiy-ekspressiv
ko‘rinishda bo‘lishi.
Interfaol metod
– ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni
oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini
rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam
beradi.
Ilg‘or pedagogik tajriba
– deganda o‘qituvchining o‘z pedagogik vazifasiga ijodiy
yondashishi, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishning yangi shakl, metod va vositalarini izlab topish.
Ijodiy xislatlari
– o‘z pedagogik mahoratini doimiy takomillashtirib borishi, o‘quvchilarni
tarbiyalashda o‘z dasturini ishlab chiqishi va uni muvaffaqiyatli amalga oshirishi, o‘quvchilar nazari
bilan voqelikni tahlil qilish qobiliyati, o‘quvchilarga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra
olishga intilishi.
Koordinator –
loyihalar, dasturlarni ishlab chiqishga rahbarlik, ularni amalga oshirishni
rejalashtirish, muvofiqlashtirish, tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal etish.
Kommunikator
– o‘zaro muloqotlarning sifati va samaradorligini oshirish, takomillashtirish.
Kouch
– ta’lim oluvchilarning to‘liq o‘zlashtirishlari uchun yordam ko‘rsatuvchi repetitor,
instruktor, trener. Amaliyot davomida amaliy mashg‘ulotni, ish jarayonini nazorat qiluvchi,
kuzatuvchi. (Kouching – imtihonlarga yoki sport bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish).
|
| |