|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim Pdf ko'rish
|
bet | 175/181 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #250633 |
Bog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Pеdаgоgik mаhоrаt –
pеdаgоgik jаrаyonni bilish, uni tаshkil etа оlish, hаrаkаtgа kеltirа
оlish, pеdаgоgik jаrаyonning yuqоri sаmаrаdоrligini bеlgilоvchi shахsning ish sifаti vа хususiyat-
lаri sintеzi.
Pedagogika
(yunoncha “paidagogike” bo‘lib, “paidagogos” – bola, yetaklayman) – ijtimoiy
tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh
avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan.
Pedagogik mahorat –
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillash-
tirish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogik talab –
turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida
o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari.
Pedagog faoliyati –
Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligini (ketma-ketligini)
ta’minlaydi, bir avlod tajribasini ikkinchi avlodga o‘tkazadi, yoshlarni ijtimoiy munosabatlar tomon
yo‘llaydi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro‘yobga chiqaradi.
Polilogik nutq –
ikkidan ortiq ishtirokchilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. Polilog
hamma til xususiyatlari jihatidan dialogning o‘zidir. Faqat unda suhbatdoshlarning soni ko‘proq
bo‘ladi. So‘zlovchi o‘rtaga tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o‘z fikrlarini bildirishi
mumkin.
Pedagogik nizo
– bu pedagog va talaba, ota-ona, hamkasblar yoki rahbariyat o‘rtasida
pedagogik jarayonda yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi, o‘zaro qarama-qarshilik o‘qituvchi
bilan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik, tortishuv va mojarodir.
Pedagogik muloqot madaniyati
–
muloqot jarayonida bosiq, samimiylik kayfiyatida bo‘lish,
suxbatdoshni eshitish madaniyati, savollar bera olish, suhbatdoshni fikrini eshitish va taxlil qila
olish, boshqalar bilan ilk munosabatni o‘rnatish malakasi, boshqalarni tushunish malakasi, vaziyat
jarayonida anglay bilish malakasi.
|
| |