198
takrori, so‘z takrori, sintagma yoki birikma takrori, misra yoki gap takrori, bayt takrori va boshqalar
ritmik asosga quriladi.
Spekter
– kuzatish, tahlil qilish va xulosalarni bayon qilish.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun –
2020-yil, 23-sentabrda qabul qilingan. 11-bob 75-moddadan
iborat.
Trener –
o‘quvchilarning ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar o‘tkazuvchi maxsus
tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassis.
Texnologik kompetentlik
– kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg‘or
texnologiyalarni
o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.
Talant
– biror faoliyatni muaffaqiyatli mustaqil va mukammal bajarishni ta’minlaydigan
noyob qobiliyatlar birikmasidir.
Tashkilotchilik malakalari
– o‘quvchilar jamoasini uyushtira bilishi, turli ziddiyatli vaziyat-
larda ham o‘quvchilar
jamoasini boshqarishi, amaliy muammolarni hal etishda uddaburonligini
namoyish eta olishi.