|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim Pdf ko'rish
|
bet | 178/181 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #250633 |
Bog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Videokonferensiya
– bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali foydalanuvchi shaxslar
bir-birlarini real vaqtda ko‘radi, eshitadi va ma’lumotlar bilan almashadi.
Yozma nutq
– texnikasi ham, yozma nutq uchun zarur bo‘lgan texnik xususiyatlar va ish
qog‘ozlariga xos bo‘lgan texnik xususiyatlar.
O‘qituvchi
– mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha ko‘zda tutilgan mazmunni tushuntirish, o‘quv
jarayoniga rahbarlik.
O‘qituvchining shaxsiy xislatlari
– bolalarni sevishi, kamtarligi, dilkashligi, mehnatsevarligi.
O‘quvchilar ongiga ta’sir
– o‘zaro fikr almashish jarayonida shakllanadigan murakkab
psixologik xususiyat bo‘lib, o‘qituvchi kommunikativ qobiliyatining universal omili hisoblanadi.
O‘qituvchi nutqining aniqligi
– o‘qituvchi nutqida murakkab jumlalar, notanish qiyin
atamalar bo‘lmasa, u ravshan, tushunarli, aniq bo‘lishi.
O‘qituvchi nutqining ta’sirchanligi
– nutqning asosiy sifatlaridan biri sanaladi va nutqdagi
to‘g‘rilik va aniqlik, mantiqiylik va tozalik tinglovchiga ta’sir etish uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi.
O‘qituvchi nutqining sofligi
– o‘zbek tilining adabiy normalariga zid, begona, kamchilik va
unsurlari bo‘lmagan, axloq talablariga to‘liq javob beradigan nutq.
O‘qituvchi nutqining mantiqiyligi
– o‘qituvchi nutqida bayon etilgan fikrlarning qismlari va
alohida fikrlarning o‘zaro mutanosibligi mantiqiyligi.
O‘qituvchi nutqining boyligi
– o‘qituvchi nutqining boyligi rang-barangligi deyilganda,
unda ishlatiladigan til vositalarining ko‘pligi hamda takrorlanganligi, tinglovchiga ko‘rsatgan ta’siri
O‘z-o‘zini tarbiyalashi
– uchun, avvalo o‘zini atroflicha chuqur o‘rganish, o‘z ishidagi yutuq
va kamchiliklarni ko‘ra olish, o‘z-o‘zini o‘rganish va boshqa kishini anglash.
O‘z-o‘zini bilish
–
o‘zini kuzatish, o‘z harakatlarini taxlil etishi, o‘z-o‘zini sinashi,
o‘rtoqlarining fikrini tushuna olish.
|
| |