|
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim Pdf ko'rish
|
bet | 173/181 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #250633 |
Bog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Nutqning ifodaliligi
–
eng avvalo, so‘zlovchi matnga qaramay, mustaqil holatda so‘zlay
bilishi fikrni aniq, lo‘nda ifodalay olishi.
Nutq texnikasi
–
nutq texnikasi deyilganda nutqni tinglovchi yoki o‘quvchiga yetkazishda
qo‘llaniladigan vositalar tushuniladi.
Nafosat tarbiyasi
(estetik tarbiya – lotincha “estezio” go‘zallikni his qilaman) – o‘quvchi-
larni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go‘zalliklarini anglash, idrok
etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat
uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Nafas olish
– odam va har bir boshqa tirik organizm tashqi muhitdan kislorod qabul qilib,
karbonat angidrid gazini chiqarib turishi nafas olish deb ataladi.
Nostandart testlar –
o‘zining mazmuni, tuzilishi va qo‘llanish maqsadiga ko‘ra muayyan
darajada farq qiladi. Ya’ni o‘quvchilarni izlanishga undashi bilan ahamiyatlidir. Bunday testlarga
rasmlarga qarab javob berish, xaritadan foydalanib javobini topish, testni yechish uchun diagramma
va slaydlardan foydalanish kiradi.
Obro‘ orttira olish qobiliyati
– o‘quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir ko‘rsatish
va shu asosda obro‘ orttira olishdir.
Odob
– deganda rasm-taomil, xulq-odatlar yig‘indisi, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi bilan
turmush sharoitining alohida tarzi, an’analari asosida odamlar o‘rtasida paydo bo‘lgan muomala
munosabatlarining xususiyatlari tushuniladi.
Og‘zaki nutq
– texnikasiga tovush, bug‘in, so‘zlar, uni shakllarini talaffuz etishni yaxshilash
va boshqalar.
Perseptiv qobiliyat –
bu o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish,
psixologik kuzatuvchanlik, o‘quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog‘liq nozik
tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir.
|
| |