197
rasmiy va norasmiy liderlari bilan adolatli muloqotni tashkil etish, o‘z fikrlarini jamoa fikrlari bilan
real sharoitga moslashtira olish ko‘nikmalarini yaratish.
Pedagogik takt –
o‘qituvchining professional sifati, uning
pedagogik mahoratining bir
qismidir. Pedagogik takt o‘quvchilarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tanlash yo‘llaridan biridir.
Pedagogik taktika
– o‘qituvchining professional sifati, uning mahoratining bir qismi.
Pedagogik texnika
– o‘qituvchining nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida,
balki butun kasbiy
faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir.
Pedagogik san’at
– bu qo‘l bilan tutib bo‘lmaydigan, faqat farosat bilan amalga oshiriladigan
ishdir.
Pantomimika –
bu gavda, qo‘l, oyoq harakatidir.