Lektor – nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiruvchi
Leksika – (yunoncha, nutq lexis – soʻzga oid, lugʻaviy) – tildagi barcha soʻzlar va iboralar
yigʻindisi, tilning lugʻat tarkibi.
Liberal uslub –
bu uslub mas’uliyatsizlik, tashabbussizlik, qabul qilingan harakatlar va
qarorlarda nomuvofiqlik, qiyin vaziyatlarda qat’iylik yo‘qligi bilan ajralib turadi.
Mahsuldor – ijodkorlikda belgilangan har qanday muammo muvaffaqiyatli hal qilinadi; ijod
qilishga layoqatli bo‘lgan o‘qituvchilarning asosiy qismida bu jihatlar namoyon bo‘ladi.
Ma’rifat – shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soluvchi huquqiy me’yorlari singdirish, ta’lim-tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va
umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar
tizimi.
Metod – yunoncha tarjimasi “tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li” kabi ma’nolarni
anglatadi.
Moderator – qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, tinglovchilarning mustaqil
fikrlash va ishlash qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi.
Ma’lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi.
Bizning ta’limda ushbu faoliyatlarning hammasini o‘qituvchi bajaradi va pedagog yoki o‘qituvchi
deb yuritiladi.
Mentor – ustoz, o‘rgatuvchi (yakka va guruhli tartibda).
195
Motivatsiya – inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj,
shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki
turtki hisoblanadi. Inson faoliyatini boshqarishda uning axloqiy mayllaridan foydalanish.