|
Konsultant
– maslahat berish, tushuntirish, qo‘shimcha ma’lumot berish.
Kommunikativ kompetentlik Pdf ko'rish
| bet | 168/181 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 6,92 Mb. | | #250633 |
Bog'liq 65682317b2659 O\'QUV QO\'LLANMA SUNGISI 2003 doc 15 03 2Konsultant
– maslahat berish, tushuntirish, qo‘shimcha ma’lumot berish.
Kommunikativ kompetentlik
– ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan,
talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta’sir ko‘rsata olish.
Kreativlik, ijodiylik
(lot.creation – yaratuvchanlik, ijodkorlik) qandaydir yangi, betakror
narsa yarata olish layoqati, badiiy shakl yaratish, fikrlash, g‘oya va yechimga olib keluvchi aqliy
jarayon: shaxsning yangi g‘oyalarni yaratish va qabul qilishga tayyorligini tavsiflovchi ijodiy
qobiliyat.
Кo‘nikma
– o‘qituvchining kasbiy faoliyati jarayonida hosil qilin gan tajriba va bilimlar
asosida bajariladigan ishning mukammal usuli.
“
Kompetentlik” (ingl. “competence” – “qobiliyat”)
– faoliyatda nazariy bilimlardan
samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish
demakdir.
Kasbiy kompetentlik
– mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay
olinishi.
Kreativ kompetentlik
– pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish,
o‘zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;
Kasbiga xos bilimlari
– ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyatini bilishi, pedagogik va
psixologik bilim asoslarini egallashi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga asosan psixologik
imkoniyatlarini anglashi, tarbiyaviy ta’sir etishning samarali usullaridan oqilona foydalana olishi,
ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan faoliyat mazmunini puxta bilishi.
194
Kasbiga xos xislatlari
– milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlar, milliy an’ana va urf-
odatlarning asl mohiyatini tushunishi, kuzatuvchanligi, pedagogik qobiliyatga egaligi, o‘zini qo‘lga
ola bilishi, o‘zini anglay olishi, pedagogik takt, nutq madaniyati.
|
| |