191
FOYDALANILGAN ATAMALAR
Axloq
(lotincha ,”morolis” ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-
harakatini tartibga soluvchi , muayyan jamiyat tomonidan tan olinga va rioya qilinishi zarur bo‘lgan
xulq-atvor qoyidalari, mezonlari yig‘indisi.
Akademik qobiliyatlar
– matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa
shu kabi fanlarga xos qobiliyatlardir.
Advanced
– bu ayni paytda ta’lim va tarbiya ishlarida yaxshi natijalarga erishish imkonini
beradigan samarali tajriba bo‘lib, nisbatan kam vaqt va kuch sarflash.
Anglash (tushunish) qobilivati
– o‘qituvchining ziyrakligi va uddaburonligi, voqea va
hodisalami chuqur idrok etib, ularga adolatli munosabatda bo‘lishi.
Avtoritar uslub –
o‘qituvchilar o‘z o‘quvchilariga nisbatan aniq munosabat va tanlab olish
bilan ajralib turadi. Bunday o‘qituvchilar ko‘pincha ta’qiqlarni, cheklovlarni qo‘llaydilar, salbiy
baholarni haddan tashqari suiste’mol qiladilar.
Anafora –
atamasi yunonchadan so‘zma-so‘z “tarjima qilish”, “ko‘tarilish” deb tarjima
qilinib, bitta boshlanish, bayt, bayt yoki yarim bayt boshida ba’zi so‘zlarni yoki tovushlarni
takrorlash bilan tavsiflanadigan uslubiy nutq figuralaridan biri.
Bilish qobiliyati
– fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatdir.
Didaktik o‘yin –
o‘rganilayotgan obyekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida
o‘quvchining bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi.
Diqqatni taqsimlash qobiliyati
– o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari hajmi,
kuchi, idora qilina olishi ham taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir.
Didaktik qobiliyat –
o‘quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta’lim va tarbiyaviy
qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o‘zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir.
Deklamatsiya
(lot. declamatio – notiqlik mashqi) – badiiy oʻqish, notiqlik san’atining muhim
turlaridan biri. XVII-XVIII asr gʻarb mumtoz teatrida deklamatsiya tushunchasi aktyorlik ijro
vositalarini umumlashtirgan.
Dialogik nutq
–
ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-axborot
almashinuvidan iborat
.
Diapazon
– tovush hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi ohang bilan belgilanadi.
Diapazon qisqarishi nutqning bir ohanli bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. Bir ohangda gapirish
axborotni idrok qilishni susaytiradi, uyquni keltiradi.
Diksiya
– tilning fonetik normalariga muvofiq tovushlarning aniq talaffuzi deb nomlanadi.
Ekspressiv diksiya aktyorlik, qo‘shiqchilar va notiqlarning eng muhim xususiyatidir. Hamda aniq
talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi nutqining o‘quvchilar tomonidan to‘g‘ri tushuni-
lishini ta’minlashi.
Demokratik uslub –
o‘quvchilar va o‘qituvchi o‘rtasida do‘stona tushunishni yaratish,
bolalarda faqat ijobiy his-tuyg‘ularni uyg‘otish, o‘ziga ishonchni rivojlantiradi, shuningdek, birga-
likdagi faoliyatda qadriyatlarni tushunish.
Edvayzer
(advisor)-fransuzcha – avisen – o‘ylamoq) – tinglovchilarning individual holda
bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarini bajarishda maslahatchi rolini bajaradi.