|
O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti
|
bet | 2/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,69 Mb. | | #228049 |
Bog'liq Otabekova Tabassum1II. Asosiy qism
Orol dengizining qurigan maydoniga saksovul ekish ishlarida 1 ming 560 kishi ishtirok etgan. Bu ishlarga 462 texnika va 2 samolyot jalb qilingan.
18 fevral holatiga ko‘ra, Orol dengizining qurigan 917,2 ming gektar yer maydoni ekishga tayyorlangan. Uning 363 ming gektariga saksovul urug‘i ekilgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tuzilgan tezkor shtab tomonidan taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra, tayyor urug‘ni idishlarga joylashtirish, ekish maydonlarini tayyorlash, ekish va boshqa tadbirlarda jami 1 ming 560 kishi ishtirok etgan. Bu ishlarga 462 texnika va 2 samolyot jalb qilingan.
Samolyot yordamida 266 ming gektar maydonga saksovul urug‘i sepilgan bo‘lsa, traktor yordamida 96,5 ming gektar yerga ekilgan. Bugungi kungacha 1 ming 321 tonnadan ortiq saksovul urug‘i yig‘ilgan. Uning 260 ming kilogrammdan ortig‘i mahalliy aholi tomonidan yig‘ilib, ularga mehnat haqi o‘z vaqtida berib kelinmoqda. Hozirgi kunga qadar 4 milliard so‘mdan ortiq pul mahalliy urug‘ yig‘uvchilar mehnatiga to‘langan.
Orolning qurigan maydonidagi saksovullar orasiga yovvoyi hayvonlar va chorva uchun ozuqabop ekinlar ham ekilmoqda. Dengizning qurigan maydonlarida 40 ta artezian qudug‘i qaziladigan bo‘ldi. Chuchuk suv chiqyapti. Bu kelajakda chorvachilikni rivojlantirish imkonini beradi, degani.
Joriy yilda dengizning qurigan maydonida 500 ming gektar «yashil qoplama» barpo etish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevraldagi «Orol dengizi tubidagi suvi qurigan hududlarda «yashil qoplamalar» — himoya o‘rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, ko‘tarilayotgan qum, tuz va chang zarrachalarining salbiy ta’sirini kamaytirish, ushbu hududlarda cho‘l o‘simliklaridan himoya o‘rmonzorlari barpo qilishni samarali tashkil etish hamda global iqlim o‘zgarishlari, Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi va aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida 2019 yilda amalga oshiriladigan tadbirlar uchun 100 milliard so‘m ajratildi.
Ushbu qarorda belgilanishicha, bahor mavsumida 200 ming gektar, kuzda esa 300 ming gektar «yashil qoplama"lar tashkil qilinadi. Umuman, ushbu himoya o‘rmonzorlarining 50 ming gektari ko‘chatdan, 450 ming gektari urug‘dan barpo qilinadi.
Darhaqiqat, ushbu ekologik ofatdan eng ko‘p Mo‘ynoq xalqi aziyat chekib kelmoqda. Ayniqsa, iyul-avgust oylarida nihoyatda katta chang-to‘zon havoga ko‘tariladi. Himoya o‘rmonlari barpo qilinsa, ushbu muammolar barham topadi.
Ayni paytda Orolda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarda barcha viloyatlardan kelgan hasharchilar faol ishtirok etmoqda. Hasharchilar uchun sharoitni yaxshilash maqsadida vagon uylar olib kelingan. Tashkil qilingan 13 ta otryadda aloqa vositalari o‘rnatilgan. Ishchilar vaqti-vaqti bilan almashib ishlamoqda.
|
| |