• Maligin baliqkozi – (Klimakoptera Maligina)
  • 3-rasm: Maligin baliqkozi
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti




    Download 1,69 Mb.
    bet4/8
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #228049
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Otabekova Tabassum1

    O'tkirbarg balіko'z - (Klimakoptera ostrolistnaya)
    O'zbekistonning janubiy qismida kichikmaydonda saqlanib qolgan endem o'simlik. Qisqacha tavsifi. Bo'yi 10-15sm, asosidan shohlagan, bir yillik o't o'simlikning pastki qismi qalin, yuqori qismi esa siyraklashgan, uzun, ko'p hujayrali, chalkash, yarim yotiq tuklar bilan qoplangan. Shohchalari va barglari ketma-ket joylashgan, poyadagi barglarining bandi poyasiga yopishgan. Barglari o'tli, qalami yarim silindrsimon, uchi o'tkir, bargining uchi G'uj tukli. Gullari yakka, ro'vaksimon to'pgulga yig'ilg'gan. Guloldi bargi etli, uchi o'tkir, yonbargcha va gul qo'rg'onlardan uzunrog'i. Gulqo'rg'oni 5 bargchali, uzunligi 6 mm, mevalagan paytida yuqori qismi tukli qanotchalar hosil qiladi. Changchisi 5 ta. Tumshuqchasi bigizsimon, gulqo'rgoni qisqa. Urug'i yotiq joylashgan.
    Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: O'zbekistonning janubida Sherobod vodiysidagi Maydon qishg'log'i atroflarida tarqalgan.
    O'sish sharoiti: Ochiq ola jinsli yerlarda o'sadi.


    Soni: Kam uchraydi, yakka-yakka holda o'sadi.
    Ko'payishi: Urug'idan ko'payadi.
    O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari: Ola jinsli yerlarda o'sishi va u o'sgan erlarda chorva mollarining boqilishi uning kamayishiga sabab bo'lmoqda.
    Madaniylashtirilishi. Madaniylashtirilmagan.
    2-rasm: O'tkirbarg balіko'z

    O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. Ola jinsli yerlarda o'sishi va u o'sgan erlarda chorva mollarining boqilishi uning kamayishiga sabab bo'lmoqda.


    Madaniylashtirilishi: Madaniylashtirilmagan.
    Muhofaza choralari.Mahsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan. Chorva mollarini boqishni (ayniqsa o'simlikning urug'i etilgan davrda) cheklash lozim.
    Maligin baliqko'zi – (Klimakoptera Maligina)
    Kamyoblik darajasi: Mirzocho'lda tarqalgan kamyob endemik tur.
    Qisqacha tavsifi. Bir yillik, o't o'simlik, bo'yi 30-35 sm, yoshligida uzun, ingichka, chalkash tukli, keyinchalik tuksizlana boshlaydi. Barglari etli, qalami, uchi to'mtoq. Guloldi barglari poyaning pastida gulyon bargchalardan uzun, yuqorisida ulardan qisqa. Gulyonbargchalari gulqo'rg'onidan qisqa, tuxumsimon. Gulqo'rg'on bo'laklari nashtarsimon, tuksiz, mevasi etilishi bilan yarmidan pastida qanotchalar paydo bo'ladi. Changdonining uzunligi 1,5 mm, yarmigacha bo'lingan, uchidagi bo'rtmasi pufaksimon. Urug'chisi gulqo'rg'onidan uzun. Iyun-sentyabr oylarida gullab, mevasi etiladi.

    3-rasm: Maligin baliqko'zi


    Tarqalishi: Endemik Sirdaryo vohasida (Mirzacho'lda) tarqalgan (Sirdaryo viloyati).
    O'sish sharoiti: Sho'rhok tuproqlarda o'sadi.
    Soni: Siyrak holda o'sadi. Soni aniqlanmagan.
    Ko'payishi: Urug'idan ko'payadi. O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari.Bu tur tarqalgan joylarda dehqonchilik qilinishi va mol boqilishi tufayli kamayib ketgan.
    Madaniylashtirilishi: Ma'lumotlar yo'q.
    Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi.

    Download 1,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti

    Download 1,69 Mb.