• : Qand lavlagi
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti




    Download 1,69 Mb.
    bet6/8
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #228049
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Otabekova Tabassum1

    Qizilcha (Burak) - ovqatga ishlatiladi, tarkibida 82,2% su v, 1,8% azotli moddalar, 14,4% uglevod, 0,7% kletchatka. S, V, RR vitaminlar, organik kislotalar va boshqalar bor. Gekta-ridan 500 s gacha hosil olinadi.
    Xashaki lavlagi - molga beriladigan sersuv oziq 100 kg ildnzmevasi tarkibida 12,4, bargida 9,3 oziq birligi, sigirlar sutini ko‘paytiradigan, oson hazm bo‘luvchi uglevod va pektin moddalar bor.
    Uning «pushkinskaya ploskaya» navi eng teznishar hisoblanadi. Lekin bu nav safati va saqlanishi jihatidan «gribovskaya ploskaya», «polyarnaya ploskaya» deb ataladigan tezpishar navlarga teng kelolmaydn. Lavlagining o‘rtapishar navlari qatoriga «nesravnennaya» va «bordo» navlari kiradi. «Podzimka» nav esa kuzda ekilib undan kelgusi yili hosil olishga mo‘ljallangan.
    O‘zbekiston sharoitida lavlagi martning oxiri va apryelning boshlarida eqiladi. Bu muddatda ekilgan lavlagidan mo‘l hosil olish mumkin. Kechki lavlagi urug‘lari ekishdan oldin ivitilib undiriladi, so‘ngra sug‘orilgan nam tuproqqa ekilishi shart. Uning urug‘lari qator oralari 50-60 sm dan bo‘lgani holda qo‘shqator qilib eqiladi. Qo‘shqator orasi 15 sm, har bir satordagi ekin oralig‘i 5 sm dan oshmasligi kerak. Urug‘lar tuproq nami kamroq bo‘lganda chuqurroq (4-5 sm), nam tuproqli yerlarda 2-3 sm chuqurlikka ko‘miladi.
    Lavlagini parvarish qilishdagi muhim tadbir yagana qilishdir. Odatda lavlagining bitta urug‘idan bir necha o‘simlik unib chiqadi. Uning keyinchalnk avj olib o‘sishini ta’minlash uchun nihollar paydo bo‘lgan davrda darhol ortiqcha tunlari olib tashlanadi. Lavlagi to‘plarida ikkita barg hosil bo‘lganda birinchi marta yagana qilinib, keyinchalik bu ish yana 2-3 marta takrorlanadi. So‘nggi yaganalashdan so‘ng har 10 sm masofada bittadan o‘simlik qoldiriladi. Keyingi yaganalashlarda yolib olingan o‘simliklarni ovqatga (ko‘kat sho‘rva) qo‘shib ishlatish ham mumkin. Har galgi yaganalash paytida begona o‘tlar ham yolib tashlandi. Uning 400 dan ortiq turi kattalashadi.
    Qand lavlagi qimmatli sabzavot o‘simligi bo‘lib, uni asosan qand ishlab chiqarish uchun eqiladi. Ildizmevasi tarkibida 16-22 prosent qand bo‘ladi. Qand inson hayoti uchun muhim ahamiyatga ega. Qand lavlagini qand zavodida qayta ishlash mahalida, hosil bo‘ladigan chiqindisi tarkibida qand moddasi bo‘ladi. Qandi olingandan qolgan turli va chiqindilari to‘yimli oziq sifatida chorva mollariga beriladi. Qand lavlagi va boshqa ildizmevalarning hosili yig‘ib terib olingandan keyingi chiqindilari - barglar, ildizmevalarning tubi va uchki qismi yangiligicha, quritilgan va siloslangan holda mollarga beriladi. Qand lavlagining o‘zi ham sershira oziq sifatida chorvachilikda foydalaniladi.

    5-rasm.qand-lavlagi


    Qand lavlagi to‘yimliligi jihatidan boshqa ildizmevalar va tugunak mevalardan yoqori turadi. Qand lavlagi serhosil o‘simlik bir gektar yerdan o‘rtacha 25-30 tonna kand lavlagi hosili olish mumkin. Ayrim ilg‘or xo‘jaliklar 50 tonna va undan ham ortiq lavlagi hosili yetishtirmoqdalar. Qand lavlagi va boshqa ildizmevalilar ikki yillik o‘simlik bo‘lib, urug‘idan birinchi yili ildizmeva, keyingi yili esa urug‘ beradi. Ildizmevali o‘simliklarda ildizmevalarning shakli bir xil bo‘lishiga qaramay, ularning tuzilishi bir-biriga o‘xshaydi. Qand lavlagi va boshqa ildizmevalar uch qismdan: bosh, bo‘yin va haqiqiy ildizdan iborat (5 rasm). Bosh qismida barg va poya kurtaklari bor. Shu kurtaklardan gul poya rivojlanadi. Undan pastroqda bo‘yin qismi joylashgan bo‘lib, unda barg va yon ildizlar bo‘lmaydi. Haqiqiy ildizi uning pastki konussimon qismidir. Uning qaramaqarshi tomonida bo‘ylama egati bo‘lib, ulardan yen ildizlar o‘sib chiqadi. Ildizmevaning bosh qismida barglar joylashgan bo‘lib, lavlagida barg bandi va barg shapalog‘i bo‘ladi. Bargning usti sillik yoki burtiklidir. Sabzida esa barglari patsimon qirqilgan bo‘ladi Qand lavlagi va osh lavlagida gullar poya bo‘ylab barg qo‘ltig‘ida joylashadi, mevasi yeng‘oqqa o‘xshash yog‘ochlangan qalin qobiqli bo‘ladi. Yetilgan mevalar sarg‘ayadi. Sabzining to‘pguli soyabonga o‘xshash bo‘ladi.
    O‘simliklarni o‘stirish uchun kerakli sharoitlar. Maktab maydonchasida ko‘proq osh lavlagi ustida tajriba o‘tkaziladi, boshqa ildizmevalilar esa kolleksiya maydonsida o‘stiriladi. Ildizmevalilar sovuqqa chidamli, ikki yillik o‘simlikdir. Shuning uchun ular erta bahorda eqiladi. Ularning urug‘lari +4+6° issiqliqda una boshlaydi, maysalar -2-3° sovuqqa chidaydi.
    Ildizmevalari tuproq harorati 15-25° bo‘lganda yaxshi o‘sadi. Sabzi va lavlagi issiqqa chidamlidir. Ildizmevalilar yorug‘sevar o‘simli'k bo‘lib, kunning uzun bo‘lishini xoxlaydi. Soyada o‘stirilsa yoki qalin ekilsa, ularning xosili keskin kamayadi. Ayniqsa lavlagi va sabzining yosh o‘simliklari yorug‘likni ko‘p talab qiladi. Snuning uchun ildizmevalarni begona o‘tlardan saqlash va qalin bo‘lsa, yaganalash lozim. Ildizmevali o‘simliklar namlikka talabchan bo‘ladi. Sabzi va lavlagi o‘simliklari qurg‘oqchilikka chidamli, lekin unib chiqayotganda tuproqda nam yetarli bo‘lishini talab qiladi. Lavlagi va sabzining ildizlari 2 m chuqurlikka va 1,5 m atrofga tarqaladi. Boshqa ildizmevalilarning ham ildizlari yaxshi taraqqiy etadi. Faqat rediskaning ildizi kamroq rivojlanadi. Ildizlari tuproqda rivojlanishi tufayli ular unumdor, yumshoq havo va suvni yaxshi o‘tkazadigan tuproqlarni xoxlaydi.
    Ildizmevalilar hosilini yig‘ish va saqlash. Qand lavlagi ildizmevalari yetilganda, ya’ni uning tarkibida qand moddasi ko‘p to‘planganda , mashinalar yordamida yig‘ib olinadi. Qand lavlagi yetilganda uning barglari och yashil rangga kiradi, qisman sarg‘ayadi, ayrim barglari quriydi, qator oralaridagi barglar qo‘shilib ketadi. Lavlagi hosilini yig‘ish avgust oyining oxiridan boshlanib, oqtyabr oyining oxirigacha davom etadi. Xashaki lavlagini esa avgust va sentyabr oyida kovlab yig‘ib olish mumkin.


    6-rasm: Ildizmevalilar hosili


    Lavlagi kovlab olishdan 6-7 kun ilgari sug‘oriladi. Ildizmevalar kovlanadi, ular tuproqdan ajratib olinadi va poyalarini 1 sm qoldirib kesiladi. Mollarga oziq uchun mo‘ljallanib qirqilgan, saralangan ildizmevalar ikki tomoni nishab qilib quuiladi, usti 2025 sm qalinlikda tuproq bilan ko‘miladi. Lavlagi tomlarining kengligi 2- 2,5 m, balandligi 1 -1,3 m bo‘lishi kerak. Uzunasiga har 5 m dan tirkish qoldiriladi
    Lavlagi o‘ralarda ham saqlanadi. Buning uchun kengligi va chuqurligi 70-80 sm, uzunligi keragicha bo‘lgan o‘ra kovlanadi. O‘raning tubiga taxta yoki poxol to‘shaladi, lavlagi qatorlab terib chiqiladi va ustini taxta bilan bekitilib, 50 sm qalinlikda tuproq tashlanadi. Ildizmevalarni oddiy yerto‘la yoki maxsus omborlarda ham saqlasa bo‘ladi. Bunda lavlagi ustma ust taxlanadi va harorati 0-1°C bo‘lgan xonalarda saqlanadi.
    Qand lavlagi qazib olish hususiyatlari. Qand lavlagini qazib olish va uni qand zavodlarining qabul punktlariga tashish ekinni yetishtirish texnologik siklining yakunlovchi bosqichidir. Qazishni boshlash va qazish usulini to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyatga ega. Qoratuproq zonasida va Janubiy tumanlar sharoitlarida qand

    7-rasm: Qand lavlagi.


    Lavlagini qazib olishni sentyabrning ikkinchi yarmi oktyabrning boshlaridan boshlab 20-25 kunda tugatish lozim. Qazish usulini tanlash mavjud texnika vositalariga, daladan qabul punktigacha bo‘lgan masofa va aniq kavlab olish sharoitlariga bog‘liq.

    Qand lavlagining ildizmevasi va bargini kavlash mashinalaridan belgilangan joygacha tashib keltirish xarakteriga qarab ikki xil: bevosita va bilvosita (potok)qazib olish usuli mavjud.


    Yuqorigi markaziy tortqi chap ko‘tarish richagida skoba bilan mahkamlanadi. Qand lavlagini kavlab olishdan oldin (10-15 kun avval) qator oralar yumshatib chiqiladi. U lavlagini ish sifatini pasaitirmay yuqori tezliklarda kombayn yordamida kavlab yig‘ib olish imkonini beradi, odatda kombaynlarning ishlashini qiyinlashtiruvchi begona o‘tlarni yo‘qotadi va hosilning oshishi hamda lavlagi ildizmevasida shakar moddasining oshishi uchun qulay sharoit vujudga keltiradi.
    Kavlashdan oldin 23 ta iskana yoki strelkasimon panjalar bilan jihozlangan chopiq kultivatorlari bilan tuproq quruq bo‘lganda 8 sm va me’yorida yoki himoya zonasi 20-15 sm bo‘lgan yumshoq tuproqda 8-12 sm chuqurlida yumshatiladi. Tuproq juda qurigan qattiq va palak o‘sib ketganda Silos, qilish tugagach, shibbalangan massa poxod va tuproq qatlami bilan yopiladi. Ildizmeva yig‘ish mashinasi uchun bitta paykalning o‘zida salak yig‘ish mashinasi bir o‘tishdan ortiq yurmaydi, chunki qatorlar yaxshi ko‘rinmasliti oqibatida ildizmeva yig‘ish mashinasining g‘ildiraklari ildizmevalarni shikastlantirishi mumkin. Asosiy paykaldagi qand lavlagi ham QS-66 yoki RKS-6 ildizmeva yig‘ish mashinasi yordamida kavlab olinadi. Qand lavlagi yig‘ish mashinalarini shunday rostlash kerakki, bunda kavlanmay qolgan lavlagi ysrofi 1% dan, tuproq yuzasida qolib ketgan lavlagi 25% dan oshmasin. Lavlagi ko‘k massasining iflosligi ko‘pi bilan 3%, palaqiagi tuproq massasi esa ko‘pi bilan 1 % bo‘lishi kerak.

    Download 1,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti

    Download 1,69 Mb.