• Tomtoq gulyonbargchali
  • Olabuta eshakshoʻra (Atriplex L.)
  • Lavlagi (Beta)
  • To'mtoq gulyonbargchali baliqko'z – (Klimokaptera tupopritsvetnichkovaya)




    Download 1,69 Mb.
    bet5/8
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #228049
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Otabekova Tabassum1

    To'mtoq gulyonbargchali baliqko'z – (Klimokaptera tupopritsvetnichkovaya)
    Kamyoblik darajasi: Qizilqum va Mirzocho'lda tarqalgan kamyob endemik tur.
    Qisqacha tavsifi. Bir yillik, o't o'simlik, bo'yi 5-30 sm, asosidan shohlangan, yoshligida tukli, keyinroq tuksizlanadi. Barglari etli, qalami, uchi to'mtoq. Guloldi bargi kichikroq, gulyonbargchalardan uzun. Gulyonbargchalari tuhumsimon, o'rtasidan pastrog'ida qanotchalari bor. Changdon bo'rtmasi pufaksimon. Iyul-sentyabrda gullab, mevasi etiladi.
    Tarqalishi: Sirdaryo viloyati: Mirzacho'lda tarqalgan. O'zbekistondan tashqari Qozog'istonda ham tarqalgan.
    O'sish sharoiti. Sho'rhok tuproqlarda o'sadi.


    4-rasm: To'mtoq gulyonbargchali


    Soni: Kichik-kichik jamaolar hosil qilib o'sadi.
    Ko'payishi: Urug'i orqali ko'payadi.
    O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari: Erlarning dehqonchilik uchun o'zlashtirilishi va mol boqilishi tufayli qisqarib ketgan.
    Madaniylashtirilishi: Ma'lumotlar yo'q.
    Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi.
    Olabuta eshakshoʻra (Atriplex L.) — shoʻradoshlarga mansub bir yillik oʻtsimon yoki yarim buta oʻsimliklar turkumi. Oʻzbekistonda Olabutaning maydagul Olabuta (A.mierantha C.A.Mey.), tatar Olabutasi (A.tatarika L.), yelpigʻichsimon Olabuta (A.fl abellum Bgge.) turlari uchraydi. Poyasi tik, shoxlanib oʻsadi, boʻyi 1 m yoki undan ortiq. Barglari bandli, unsimon, kumushrang gʻubor bilan qoplangan, pastdagilari doirasimon shaklda, yuqoridagilari esa uzunchoq — nashtarsimon. Toʻpguli boshoqsimon. Mevasi — tekis yumaloq xaltacha. Urugʻi yasmiqsimon, qora, yaltiroq, kattaligi 1 — 1,5 mm. Iyuldan sent.gacha gullaydi va meva tugadi. Bir oʻsimlik 100 mingga yaqin urugʻ beradi, toʻkilgan urugʻlari bahorda yana unib chiqadi. Begona oʻt sifatida yoʻl yoqasida, ekin-zorlar orasida va tashlandiq yerlarda oʻsadi.
    Kurash choralari: almashlab ekish, kultivatsiya; urugʻlarni saralab ekish, gerbitsidlardan ekish vaqtida kotoraya, prometrin yoki kotofor qoʻllaniladi.
    Lavlagi (Beta) - sho‘radoshlar (sho‘ragullilar oilasi)ga mansub bir, ikki va ko‘p yillik o‘simlik 10 turi ma’lum. O‘zbekistonda 5 turi uchraydi. Ekma lavlagi ikki yillik o‘simlik biripchi yili ildiz va barg chisaradi, ikkinchi yili ildilmevasidan gulpoya rivojlanib urug‘ hosil bo‘ladi. Guli ikki jinsli, mayda hasharot va shamol yordamida chetdan changlanadi, mevasi yengoqcha. Ekma lavlagining qizilcha (Burak), xashaki va qand lavlagi xillari bor. Qand lavlagi - eng muhim texnika ekini. Ildizmevasi deyarli to‘g‘ri konus shaklnda, vazni 300-600 g va undan ortiq. Tarkibida 20% gacha saxaroza, 4-5% kletchatka, 1-1,5% azotli moddalar va boshqalar bor. Gektaridan o‘rtacha 300-500 s hosil beradi. Qand lavlagidan shakar olish vaqtida melassa va lavlagi turi (jom) hosil bo‘ladi, Bular molga beriladi.

    Download 1,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    To'mtoq gulyonbargchali baliqko'z – (Klimokaptera tupopritsvetnichkovaya)

    Download 1,69 Mb.