• Topshirdi: Otabekova.T
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti




    Download 1,69 Mb.
    bet1/8
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #228049
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Otabekova Tabassum1

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    Jizzax davlat pedagogika universiteti

    Tabiy fanlar fakulteti Biologiya yònalishi

    902_22guruh talabasi Otabekova Tabassumning

    Botanika fanidan tayyorlagan

    KURS ISHI


    Mavzu: Cho'llarda tarqalgan sho'radoshlar oilasining ahamiyati

    Topshirdi: Otabekova.T

    Qabul qildi: Shaymatov.S




    Baholash: _________



    Jizzah-2024
    REJA:
    I. Kirish……………………………………………………………………..3
    II. Asosiy qism………………………………………………………….…..5
    1 Sho’radoshlar oilasi haqida umumiy ma’lumot…………………………...7
    2 Sho’radoshlar oilasiga mansub o’simliklar……………………………….10
    3 Sho’radoshlar oilasi qishloq xo’jaligidagi ahamiyati……………………..27
    III.Xulosa……………………………………………………………………32
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar…………………...………………………...33

    KIRISH.
    Sho’radoshlar oilasiga ya’ni umumiy qilib aytganda so’nggi yillarda sodir bo’layotgan voqea-hodisalar, turli xil oqibatlar, tabiat hodisalar tufayli ularning ayrimlari foydali bo’lsa ham ko’pchiligi zararli hisoblanadi. Chunonchi bizning o’lkamizda asosiy biologic muommolardan biri bu Orol dengizining suv sathi yildan-yilga kamayib shu yaqin yillarda deyarli qurib bitgan. Bu o’z navbatida Orol dengizidagi baliqchilik fermalariga kuchli zarar yetkazgan, shu bilan birga Amudaryo suvining ko’p yillar davomida ortiqcha sarflanib kelishi va yangidan yangi yerlarni o’zlashtirilishi oqibatida Orol dengiziga suv yetib bormaganligi tufayli shu hodisalr ro’y bertgan. Bu ham o’z navbatida so’nggi yillarda turli xil chanlanishlarga sabab bo’ldi. Orol dengiziga yaqin hududlar jumladan Nukus va Urganch shaharkariga ta’siri namayon bo’ldi. Bir necha yillar oldin sodir bo’lgan qum bo’roni o’z ifodasini kasb etmoqda. Jumladan shu yilgi qum bo’ronining asosiy qismini tuzli chanlar tasghkil qilardi, shu yilning o’zida hosilchilikka judayam katta zarar yetkazdi. Bu ham o’z navbatida mahsulotlarning tan narxi oshishiga olin keladi. Hozirgi kunda sayyoramizda inson faoliyatining salbiy ta’siri natijasida atrof muhitda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Jumladan, iqlim o‘zgarishlari, turli xildagi tabiiy ofatlar yer sayyorasining barcha kengliklarida sezilmoqda. Oqibatda o’rmon bilan qoplangan maydonlar qisqarmoqda, atmosfera, suv va litosfera ifloslanmoqda.
    Tabiiy muhit holatining inson ta’sirida o‘zgarishi, jonli va jonsiz komponentlarga kuchli antropogen ta’sir mahalliy, mintaqaviy va umumjahon ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Jumladan, shu kabi ta’sirlar natijasida mintaqadagi ekologik inkirozning eng xavfli nuqtasi hisoblangan "Orol muammosi” vujudga keldi.
    Bu haqda quyidagi ma’lumotlar fikrimizni isbotlaydi. Oxirgi 40-45 yil davomida Orol dengizi sathi 22 metrga pasayib ketdi, akvatoriya maydoni 4 martadan ziyodga kamaydi, suv hajmi 10 baravargacha (1064 kub km dan 70 kub km) kamaydi, suv tarkibidagi tuz miqdori 112 g/l gacha, Orolning sharqiy qismida esa 280 g/l gacha yetdi. Orol dengizi deyarli "o’lik” dengizga aylandi. Qurib qolgan tubi maydoni 4,2 mln. gektarni tashkil etib, tutash hududlarga chang, qum-tuzli aerozollarini tarqatish manbaiga aylandi. Bu yerda har yili atmosfera havosiga 80 dan 100 mln. tonnagacha chang ko‘tariladi. Shu bilan bir vaqtda, Amudaryo va Sirdaryoning deltalarida yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llashish sur’atlari o‘sib bormoqda.
    Orol va Orolbo‘yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo‘nalishlar ya’ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e’tibor qaratildi. Sog‘liqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko‘tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun’iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo‘li bilan "Yashil kamar” hosil qilish; uchinchidan, dengizni o‘zini sahlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko‘p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko‘chishi, chang ko‘tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.
    Tabiatimizni asrash, uni muhofaza qilish, tabiatdan oqilona foydalanish va jamiyatda ekologik madaniyat va ekologik ongni rivojlantirish nafaqat tabiatni muhofaza qilish organlari ishi, balki shu zaminda yashayotgan har bir insonning ona Vatanimizga, uning tabiatiga bo‘lgan farzandlik burchidir.
    Shuning uchun so’nggi yillarda saksovullar ya’ni umumiy qilib aytganda cho’l o’simliklariga bo’lgan e’tibor nihoyatda ortdi. Buing yaqqol misoli tariqasida Sho’radoshlar oilasiga mansub o’simliklar haqida ma’lumot berib o’taman.
    Bo‘shab qolgan dengiz o‘rnidan ko‘tarilayotgan zaharli tuzlar, qum va chang-to‘zon insonlar salomatligi, o‘simlik va hayvonot dunyosiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
    O‘zbekiston hukumati Orolbo‘yi fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, hudud atrofida bioxilma-xillikni ta'minlash uchun bir qancha ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, hozirda Orol dengizining qurigan qismida saksovulzorlar barpo etilmoqda. Shuningdek, Orol muammosiga yirik xalqaro tashkilotlar e'tiborini qaratgan holda, hududga ko‘proq e’tibor qaratiladi.



    Download 1,69 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti

    Download 1,69 Mb.