• Saksovul (Haloxylon)
  • 3 Sho’radoshlar oilasining qishloq ho’jaligidagi ahamiyati.
  • Xilma-xilligiga qarab, ular tarkibida 16-20% shakar mavjud.
  • III. XULOSA
  • O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti




    Download 1,69 Mb.
    bet7/8
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,69 Mb.
    #228049
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Otabekova Tabassum1

    Ismaloq (Spinacia) — shoʻradoshlar (shoʻragullilar oilasi)ga mansub bir yoki ikki yillik oʻsimliklar turku-mi, sabzavot ekini. I. ikki jinsli (aksariyat, ikki uyli), sovuqqa chidamli, tez yetiladigan oʻsimlik. AQSH, Kanada, Yevrosiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda poliz I.(S. oleracea L.) turi sabzavot sifatida oʻstiriladi. Dalaga erta bahorda ekiladi. Urugʻi 3—4 kunda koʻkarib chiqadi. Unib chiqqanidan keyin

    30—45 kunda barglari isteʼmolga tayyor boʻladi (ovqatga ishlatiladi). Hosildorligi 150—300 s/ga. Choʻchqatikan (S. turkestanica Iljin) turi ekinzorlarda va togʻ yon bagʻirlaridagi oʻtloqlarda begona oʻt tarzida uchraydi. Boʻyi 60 sm, barglari patsimon qirqilgan, poyaning pastki qismidagilari bandli, qolganlari bandsiz, ketma-ket joylashgan. Mevasi — tikanli toʻpme-va. I. unib chiqqanidan keyin 30—40 kunda maysasi, 90—100 kunda urugʻi yetiladi. 8—9° sovuqqa chidamli. Tarki-bida karotin, vitamin V, V2, S, organik kislotalar boʻlib, xalq tabobatida siydik haydovchi dori sifatida hamda kamqonlik, raxit kasalliklariga qoʻllaniladi. Bargidan gidrolizlab olingan maxsus oqsil modda me-ditsinada meʼda osti bezi faoliyatini kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi, barglari bahorda, vitaminlarga boy boʻlib, undan somsa va boshqa taomlar tayyorlanadi.



    8-rasm: Ismaloq — shoʻragullilar oilasiga mansub.




    Saksovul (Haloxylon) — shoʻradoshlar oilasiga mansub buta va daraxtlar turkumi. Boʻyi 1,5—12 m, tanasining diametri 1 m gacha boradi. Guli mayda, ikki jinsli, qaramaqarshi, tangachasimon, guloldi qoʻltigʻida bittadan oʻrnashgan. Barglari uchli, rivojlanmagan, tangachasimon, gul xreil qiluvchi novdachalari qari shoxlardan oʻsib chiqadi. Saksovulning yashil novdalari organik modsa toʻplashga xizmat qiladi. Iillik yosh novdalarining koʻp qismi kuzda, ayniqsa, sovuq tushishi bilan toʻkilib ketadi, ozroq qismi esa yogʻochga aylanib saqlanib qoladi. Alr.dan gullay boshlaydi, okt.da urugʻlaydi. Osiyo (Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Xitoy, Mongoliya)da 10 turi uchraydi. Oʻzbekistonning Qizilqum choʻllarida oʻrmonlarni hosil qiluvchi asosiy turlar — oq va qora S.dir. Kora S. (N. aphyllum) — bargsiz buta yoki daraxt, bal. 4—9 (12)m gacha. Asosan, Osiyoning choʻl va chala choʻllarida, shoʻrxok yerlarda, shoʻrlangan qumlarda, taqirlarda koʻp tarqalgan. Urugʻidan koʻpayadi. Yoʻllarda ixotazorlar barpo etishda foydalaniladi. Qora Saksovul. katta daraxtzorlar hosil qiladi, oq Sdan tana va shoxshabbasining qoramtir boʻlishi, bargining tuzilishi bilan ajralib turadi. Oq Saksovul. (H.persicum) — yirik buta. Balandligi 2,5—6 m. Ildizi 10—11 m chuqurlikka boradi. Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Iroq, Saudiya Arabistoni, Gʻarbiy Xitoyning choʻl va sahrolarida oʻsadi. Oq S. qumliklarni mustahkamlash uchun ekiladi. Zaysan Si (H.ammodendron) turi Qoraqalpogʻistonning ayrim joylari (Ustyurt)da uchraydi.


    9-rasm: Saksovul — shoʻradoshlar oilasiga mansub buta va daraxtlar turkumi.


    Saksovulning xalq xoʻjaligida ahamiyati katta. Undan, asosan, oʻtin (yoqilgʻi), qoʻylar va tuyalar uchun toʻyimli ozuqa, qumlarni mustahkamlovchi, shamolni toʻsuvchi vosita sifatida foydalaniladi. S oʻrmonlari tuproqni eroziyadan saqlashda muhim oʻrinda turadi. S. 50—60 y. yashaydi. Asosan, urugʻidan koʻpayadi va 5—7yili normal urugʻlay boshlaydi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda S oʻrmonlari 22 mln. ga atrofida. Oʻzbekistonda S. oʻrmonlari 1229 ming ga, shundan oq S. 976 ming ga, qora S. 253 ming ga ni egallaydi.
    Oʻzbekistonda choʻl va yaylovlarga ekish uchun 1991 yilda chiqarilgan Nortuya navi iqlimnlashtirilgan. Soʻnggi yillarda S.ni koʻpaytirish maqsadida bir qator oʻrmon xoʻjaliklari tashkil etilib, sunʼiy saksovulzorlar barpo qilinmoqda.
    Orol dengizining 200 ming gektar qurigan o`rnida saksovulzor va cherkezzorlar paydo bo`ldi
    Qoraqalpog`istondagi ekologik vaziyatni sog`lomlashtirish, mintaqada atrof-muxit muxofazasini kuchaytirish maqsadida BMT, Jaxon banki va boshqa xalqaro tashkilotlar ishtirokida tadbirlar amalga oshirilmoqda.
    Jumladan, Orol dengizining suvi qurib qolgan 200 ming gektardan ziyod xududida saksovul, cherkez va qandim kabi cho`l o`simliklari ekilib, ishonchli ximoya zonasi yaratildi. Bu, o`z navbatida, dengiz tubidagi tuzli chang to`zoni atmosferaga ko`tarilishining oldini oladi. Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi tomonidan amalga oshirilayotgan ekologik loyixalar xisobidan akvatoriyasi 120 ming gektar bo`lgan suv xavzalari yaratildi. Janubiy Qoraqalpog`iston to`qayzorlari qisqarishining oldini olish, mintaqada ekologik xolatni barqarorlashtirish, biologik xilma-xillikni asrash maqsadida BMT Taraqqiyot dasturi va Global Ekologik jamg`armasining «Qoraqalpog`istondagi Amudaryo soxilida to`qayzorlarni saqlab qolish va muxofaza etiladigan xududlar tizimlarini mustaxkamlash» loyixasiga ko`ra, «Baday-to`qay» davlat qo`riqxonasi xududida «Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati» tashkil etildi. Natijada qo`riqxona xududi 6 ming 462 gektardan 11 ming 568 gektarga kengaytirildi.

    11-rasm: Quyi Amudaryo bo’yida saksovullar ko’paytirish.


    Sho’radoshlar oilasi qishloq xo’jaligidagi ahamiyati.
    Sho`radoshlarning xo`jalikdagi ahamiyati. Bu oila vakillarining xususiyatlaridan biri ularning tarkibida natriy xlorid,kaliy karbonat, kaliy sulfat va natriy sulfat tuzlari ko`p bo`lishidir. Yana bu o`simliklarda saponinlar, ozgina efir moyi, anabazin va salsalin alkaloidlari, urug`larida moylar, yer ustki qismida organik kislotalar va fermentlar bo`ladi. Bularning iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli bo`lganlaridan biri lavlagidir. Lavlagi sabzavot o`simligi sifatida eramizdan 4000 yil burun ekila boshlagani ma`lum. Xozirgi kunda lavlagi qand sanoatining asosiy xom ashyosidir, shuningdek ovqatga ishlatiladi,mollarga yediriladi. Saksavullardan yoqilg`i, yosh shoxlardan yem-xashak sifatida foydalaniladi. Sassiq sho`ra tarkibida bo`yoq moddalari bor.
    3 Sho’radoshlar oilasining qishloq ho’jaligidagi ahamiyati.
    Sho’radoshlar oilasining qishloq ho’jaligidagi ahamiyati nihoyetda katta hisoblanadi. Jumladan so’nggi yillarda sodir bo’layotgan voqelar tufayli ularga bo’lgan e’tibor nihoyatda ortdi. Chunki atmosferda aniqlanayotgan chang zarrachalari bo boshqa hodisalar buning yaqqol misolidir. Jumladan qishloq ho’jaligida hamoziq-ovqat va chorva mollari uchun ham ishlatiladi va hokazolar. Bularning oila vakillaridan qand olishda ham foydalaniladi.
    hakar lavlagi asosan oziq-ovqat sanoatining ehtiyojlari uchun etishtiriladi
    Endi madaniyat oziq-ovqat sanoatida va qishloq xo'jaligida - chorva uchun ozuqa sifatida keng qo'llaniladi. U deyarli hamma joyda etishtiriladi, ekin maydonining katta qismi Evropa va Shimoliy Amerikada joylashgan

    Qand lavlagi ildiz ekinlari katta, oq, konus shaklidagi yoki biroz tekislangan. Turlar ozgina keng tarqalgan bo'lib, ular sumka, nok yoki silindrga o'xshaydi. Xilma-xilligiga qarab, ular tarkibida 16-20% shakar mavjud. O'simlikning ildiz tizimi juda rivojlangan, ildiz ildizi tuproqqa 1-1,5 m ga tushadi.
    Albatta bular orasdia qishloq ho’jaligida ahamiayti nihoyatda katta bo’lgan cherkez o’simligining bargi va mevasidan olinadigan dori tibbiyotda qon bosimini pasaytirish uchun ishlatiladi. Va itsigakdan olinadigan anabazin moddasi zaharli hashorotlarga qarshi kurashda keng qo’llaniladi.



    Hozirgi kunda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash konvensiyasi kotibiyati koʻmagida “Markaziy Osiyoda qum, chang boʻronlari va qurgʻoqchilikka qarshi qurashish mintaqaviy loyihasi”da qatnashmoqda. — deydi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Hojimurod Tolipov. — Ushbu loyiha doirasida Oʻzbekistonda mazkur muammolarning salbiy taʼsirini kamaytirish hamda salohiyatini oshirish boʻyicha 2022–2024-yillarga moʻljallangan milliy harakatlar rejasi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda tez-tez kuchli shamol va qum boʻronlari kuzatilyapti. Janubiy Qizilqumda 1 yilda 1 metr kenglikdan oʻrtacha 41– 45 kub metr qum koʻchib oʻtishi aniqlangan. Muammoni ihota daraxtzorlari va oʻrmonzorlarini yanada koʻpaytirish yoʻli bilan hal qilish mumkin. Maʼlumot oʻrnida shuni taʼkidlash joizki, joriy yilda Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 465 ming gektar maydonda, Xorazm viloyatida 8 ming gektar, Buxoro viloyatida 66 ming gektar va Navoiy viloyatida 40 ming gektar maydonda madaniy oʻrmonzorlar barpo etildi. aksovulning poyasi qimmatbaho yoqilg‘i, bir yillik novdalari va mevalari chorva mollari uchun ozuqa hisoblanadi. Bundan tashqari, saksovullar ko‘chma qumlami mustahkamlashda keng qo‘llaniladi. Sho‘radoshlarning aksariyat turlari gipsli va sho‘rli cho‘l o‘tloq- laridagi asosiy yem-xashak o‘sim- liklari qatoriga kiradi. Masalan, te- resken, izen, sho‘rak, donasho6r turkumlariga oid o‘simliklar tuyalar va qorako‘l qo‘ylari uchun to‘yimli ozuqadir. Cherkezning bargi va mevasidan olinadigan dori tibbiyot- da qon bos m li pasaytMsh uchun ishlatiladi. Itsigakdan olinadigan za- harli modda - anabazin qishloq xo‘jaligiga zarar keltiruvchi hasharotlarga qarshi kurashda qo‘llanadi.

    Ismaloq – qadimiy sabzavotlardan biri hisoblanadi
    Ismaloq haqiqatdan ham ko’katlar emas, balki sabzavotlar turkumiga kirar ekan. Ilk marotaba ismaloq eramizdan avvalgi VI asrda tilga olingan bo’lib, uni Persiyada iste’mol qilishgan. Undan 1 500 yil o’tib, u Xitoyga, so’ng esa Yevropaga kirib kelgan. O’zining foydali xususiyatlari sabab u qirollarning eng sevimli yeguligiga aylangan.
    Ismaloq nimasi bilan foydali?
    Ismaloq superfud yegulik sanaladi: u o’zida ko’pgina vitamin va minerallarni, antioksidantlarni saqlaydi. Unda yog’ miqdorining juda ozligi sabab ham, parhez tutuvchi ayollarni quvontiradi. 100 gramm ismaloq 25 kKaalni tashkil qilib o’zida 2,8 gramm oqsillarni, 0,8 gramm yog’larni и 1,6 gramm uglevodlarni saqlaydi.

    Ismaloq ko’rish qobilyatini yaxshilab, terini taranglashtiradi, immunitetni ko’taradi, asab tizimi va xotirani mustahkamlaydi, stressdan chiqishga yordam beradi va qon bosimini ham me’yorlashtiradi. Nafaqat yegulik, balki tabiiy bo’yoq hamdir


    Tayyorlash jarayonida ismaloq o’zining yorqin rangini o’zgartirmasligi, undan bo’yoq sifatida foydalanish uchun ayni muddaodir. Ismaloqni go’sht qiymalagichdan chiqaring, suvini siqib oling va qarabsizki tabiiy bo’yoq tayyor!
    Bu sharbat yordamida sariyog’ni, smetana va qaymoqni, muzqaymoq, quymoqlarni ham bo’yash mumkin. Chuchvara va mantilarga bu sharbatdan solib, yangicha ko’rinishdagi taom tayyorlashingiz va hammani hayratda qoldirishingiz hech gap emas !
    III. XULOSA:

    Bu oila vakillarining xususiyatlaridan biri ularning tarkibida natriy xlorid,kaliy karbonat, kaliy sulfat va natriy sulfat tuzlari ko`p bo`lishidir. Yana bu o`simliklarda saponinlar, ozgina efir moyi, anabazin va salsalin alkaloidlari, urug`larida moylar, yer ustki qismida organik kislotalar va fermentlar bo`ladi. Bularning iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli bo`lganlaridan biri lavlagidir. Lavlagi sabzavot o`simligi sifatida eramizdan 4000 yil burun ekila boshlagani ma`lum. Xozirgi kunda lavlagi qand sanoatining asosiy xom ashyosidir, shuningdek ovqatga ishlatiladi,mollarga yediriladi. Saksavullardan yoqilg`i, yosh shoxlardan yem-xashak sifatida foydalaniladi. Sassiq sho`ra tarkibida bo`yoq moddalari bor. Bu o’simliklar ko’pincha etdor sersuv bo’ladi. Barglari oddiy, yonbargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi o’rnashgan. Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo’qolib ketgan bo’lishi mumkin. Gullar mayda, yashil yoki rangsiz, to’g’ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, bazan ayrim jinsli, boshoqsimon yoki shingil simon to’kilga o’rnashgan. Tugunchasi bir uyli va bir urug’ kurtakli. Mevasi asosan yong’oqcha. Sho’radoshlarga mansub ismaloq turkumining O’zbekistonda ikki turi o’sadi. Ulardan biri rezavor ismoloq bo’lib u zirovor o’simliklar qatorida ekiladi, poya va barglari ovqatga ishlatiladi. Ikkinchisi Turkiston ismalog’i. Bu oilaning o’ziga xos-xususiyatlaridan biri bu gulqo’rqog’ini oddiy gulkosachasimon bo’lishi ya’ni ko’pchilik vakillarida yo’qligi o’ziga xos xususiyat bo’libgina qolmay saksovul o’simligida 5 ta gulqo’rg’on bargchalardan qanotchalar hosil bo’lishi, va chorva mollari va qorako’l tuyalari uchun to’yimli ozuqa bo’lishi bilan boshqa o’simliklar oilalaridan ajralib turadi. Darxaqiqat cho’l sharoitidagi izen, teresken, donasho’r kabi o’simliklar gapimning tasdig’i sifatida chorva mollari uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi. So’ngi yillarda Orol dengizi qurishi oqibatida cho’l o’simliklariga bo’lgan e’tibor nihoyatda ortdi. Chunki cho’l o’simliklari Orol dengizidan ko’tariladigan chanlarni o’zida ushkab qolish hususiyatiga ega hisoblanadi. Qnd lavlagidan shakar oladigan korxona o’zimizning viloyatda ham bir qanchalari bor hisoblanadi. Jumladan Hazorasp hududidagi Shakar ishlab chiqarishga mo’ljallangan korxona bumimg yaqqol dalili hisoblanadi. U joydan chiqarilayotgan keraksuiz deb hisoblanadigan lavlagi o’simliklarining oxirgi mahsulotlari qoramollar uchun silos sifatida ishlab chiqarilib aholiga ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Bundan ko’rinib turibdiki Qand lavlagining hech bir joyi axlatga chiqarilmaydi shuning uchun ham so’nggi yillarda lavlagi eksporti 2-3 barobarga ortdi. Bu o’z navbatida lavlagi mahsulotlarting tan narxi oz miqdorda pasayishiga olib keldi. Bu albatta yaxshi holat shu jumladan aytib o’tishim joizki qoramolchilik fernalarining ham oshishi sho’radoshlar oilasiga bo’lgan ehtiyojni yanada ortishiga sabab bo’ladi. Biz atrof muhitimizda o’zimiz bilmagan holatda judayam ko’p holatlarda duch kelamiz.




    Download 1,69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 1,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi jizzax davlat pedagogika universiteti

    Download 1,69 Mb.