39
Baqa muskuli 0,12
1,2
0,01
ot
nerv
6
Baqa yurak muskuli 0,082 52
-
it
silliq muskul
1-3
Shunday qilib, kaliy va xlor ionlari konsentratsiyasining gradiyenti
mavjudligi tinchlikdagi biopatensiyallar paydo bo’lishiga asosiy sabab ekan.
Hujayraga tashqi faktorlar ta’sir etsa
unda hujayra menbranasining
o’tkazuvchanligi o’zgarishi tufayli tinch biopatensial ham o’zgaradi. Bunda hosil
bo’ladigan biopatensialga
qo’zg’alish patensiali
deyiladi.
Bu patensial paydo
bo’lishining sababi biror fizik faktor (mexanik, issiqlik, elektr) ta’sirida
hujayra
menbranasining o’tkazuvchanligi yuz martalab oshadi. Natijada hujayra ichiga
musbat zaryadlangan natriy ionlari oqimi yo’qoladi, ular menbrana ikki tomonidan
potensiallar farqini kamaytiradi, bu o’z navbatida, natriy ionlarining hujayra ichiga
kirishini osonlashtiradi. Shu sababli menbrana ichki sirti
musbat zaryadlanadi va
kaliy ionlari menbrana tashqi sirtidan ajraladi. Menbrana tashqi sirti
qo’zg’atilmagan qismlariga nisbatan musbat zaryadli bo’lib qoladi. Masalan:
Kalmer gigant aksonining tinchlik potensiali – 45 mV, qo’zg’alish tufayli hujayra
ichining potensiali +40 mV, bo’ladi. Potensialning to’liq o’zgarishi
yoki harakat
potensiali 85 mV, Menbrananing natriy ionlari o’tkazuvchanligining oshishi qisqa
vaqt davom etadi, so’ngra
u kamayadi, shu vaqtda kaliy ionlarining
o’tkazuvchanligi oshadi, bu esa tinchlik potensiali tiklanishiga olib keladi.
Harakat potensiali bir joyda yo’q bo’lsada hujayraning qo’shni uchastkasini
qo’zg’atadi. Natijada potensial impulsi tola bo’ylab tarqaladi.
Harakat
potensialining davom etish vaqti 2 ms, tarqalish tezligi esa 100 m/s
Baqaning muskul tolasi harakat potensiali 110 mV, it yurak muskul tolasi
uchun 120 mV. Elektr baliqlarda ancha katta qo’zg’alish potensiali paydo bo’ladi.
Kichik bo’lsada qo’zg’alish potensiali hamma hayvonlar va o’simliklar
hujayralarida paydo bo’ladi. Biopatensiallar
mavjudligi hujayra hayotiy
faoliyatining xarakterli belgisidir. Shuning uchun tashqi elektr maydoni hujayrada
ro’y beradigan jarayonlarga ta’sir etadi.
Masalan; kalamushning kesilgan oyog’iga mikroelektrodlar qo’yilib, kichik
tok o’tkazilishi natijasida suyak va muskul tolalarining 5-7 mm ga o’sishi
kuzatiladi. Hozirgi vaqtda tibbiyot va veterinariya klinikasida yurak potensiallarini
qayd qilish usullari (EKG) va muskul to’qimalarining potensalini qayd qilish usuli
(elektrmiografiya yoki EMG) keng ishlatilmoqda. Yuqori chastotali elektr toklari
va elektromagnit maydonlardan foydalanilmoqda.