65
m
- so’nishning chiziqli koeffisiyenti, ko’pchilik hollarda
m
-ning o’rniga
so’nishning massa koeffisiyenti
m
ishlatiladi.
M
(5.8)
Bunda
-
zichlik
Tibbiyotda rentgen nurlari asosan tashxis qo’yish maqsadlarida ishlatiladi.
Buning uchun energiya 60-120 KeV bo’lgan fotonlar to’plamidan foydalaniladi.
Bu holda
m
= K λ
3
Z
3
(5.9)
Rentgen nurlarining yutilishi modda atomining qaysi birikmada bo’lishiga
bog’liq emas. Shuning uchun so’nishning massa koeffisiyentini taqqoslash
mumkin. Masalan, suyak uchun Ca (PO
4
)
2
-
o
va
H
2
O
suv uchun
сув
va ular nisbati
68
0
сув
ga teng bo’ladi.
Demak, organizm turli qismlarida yutilishi turlicha bo’lgani uchun ichki
organlarning ham soyasini suratda ko’rishimiz mumkin. Bu rentgenotashxis bo’lib-
suratini olish mumkin yoki lyuminissent ekranda tasvirini ko’rish mumkin. Agarda
tekshiruvchi organ va atrofdagi to’qimalar bir xil yutish qobiliyatiga ega bo’lsa,
maxsus kontrast modda yutilib suratga olinadi. Flyurografiya ham rentgen nurlar
yordamida suratga olishdir. Davolash maqsadida rentgen nurlaridan o’simtalarni
kuydirishda ishlatiladi.
Rentgenli tomografiya va uning mashina varianti – kompyuterli tomografiya
metodlari rentgenografiyaning qiziqarli va istiqbolli variantlari hisoblanadi. Oddiy
rentgenogramma tananing katta qismini egallaydi va har xil organ va to’qimalar
bir-biriga soya tushiradi, tomografiyada esa qatlamma-qatlam rentgen tasvirini
olish mumkin. Mana shundan tomografiya nomi kelib chiqqan. Bundan foydalanib
hattoki miyaning kulrang va oq moddalarini farqlay olish, hamda kichik
o’simtalarni ko’rish mumkin.
Birinchi Nobel mukofoti 1901 yilda Rentgenga berilgan bo’lsa, kompyuterli
rentgen tomografiyasi ishlab chiqqanlari uchun 1979 yilda Xaunsfild va Mak
Kormak Nobel mukofotiga sazovor bo’ldilar.