61
nurlari, rentgen struktur analiz, rentgen nurlariingn
davolash va diagnostikda
qo’llanilishi.
Lyuminissensiya, uning turlari va asosiy fizik xarakteristikalari.
Lyuminissensiya qonuniyatlari.
Optik kvant generatorlar (OKG), lazerlar, ularni olish , fizik xossalari
va biologik ta’siri, tibbiyot va veterinariyada lazer nurlarining ahamiyati (ko’z
jarrohligi, aktiv nuqtalarga ta’siri. Atom yadrosi uning tuzilishi. Yadroning fizik
xarakteristikasi . Yadroning bog’lanish energiyasi. Massa defekti. Radioaktivlik,
uning turlari va asosiy qonuni, yarim yemirilish davri. Radioaktiv nurlarni qayd
qilish usullari. Rentgen va radioaktiv nurlarning tirik organizmga ta’siri.
Radioaktiv nurlar va genetika. Belgili atom va uning medisina va veterinariyada
qo’llanishi. q/x da radioaktiv nurlar. Radioativ nurlardan himoyalanish.
Dozimetriya. Dozimetrik asboblar. Biosferada radioaktiv
nurlar va ularning
ekologik ta’siri.
Tayanch tushunchalar:
rentgenastruktur analiz, rentgenadiagnostika,
flyurografiya , rentgonografiya, rentgenotomografiya, lyuminissent analiz,
siljish
qonuni lazeroterapiya, elektron qobiqlar, atomning nurlanishi, lyuminasiya, siljish
qonuni, rentgen nurlari, lazer , spektral seriyalar, massa soni, massa defekti,
bog’lanish energiyasi.
massaning atom birligi, radioaktivlik, yarim yemirilish
davri, termoyadro reaksiyalari.
Atom bo’linmas zarracha ekanligini eramizdan oldingi olimlar (Demokrit,
Epikur, Lukresiy) aytib o’tgan edi. O’rta asrda fan rivoji deyarli bo’lmaydi, faqat
XVIII asrdagina atom haqidagi ta’limot yana qaytadan rivojlandi (Lavuaze,
Lomonosov, Dalton). Bu vaqtda atomning ichki tuzilishi haqida hali gap bormas
edi. Atom tuzilishi haqidagi ta’limot 1869 yil D.I.Mendelevning davriy sistemasi
e’lon qilingandan so’ng yangi bosqichga kirdi. XIX asrda elektron atom
tarkibidagi zarrachalardan biri ekanligi tajribada tasdiqlandi,
faqatgina XX asr
boshida atomning ichki tuzilishi haqidagi masala o’rtaga qo’yildi. Birinchi bor bu
masalani 1903 yil Dj.Tomson amalga oshirishga urindi. Uning moduli bo’yicha,
atom uzluksiz musbat zaryadlangan shardan iborat bo’lib uning ichida o’zining
muvozanati atrofida tebranib turuvchi elektronlar joylashgan musbat va manfiy
zaryadlar yig’indilari bir-biriga teng bo’lib, shu sababli atom normal holda
neytraldir. Atom radiusi 10
-10
m bo’lgan shardir.
Atom tuzilishi haqidagi ta’limotda Rezerfordning
-zarrachalarning
moddada sochilish bo’yicha olib borgan tajribasi muhim rol o’ynaydi.
-
zarrachalar radioaktiv yemirilish paytida hosil bo’ladi. Musbat zaryadlangan
bo’lib zaryadi 2e va masasi 7300 m
ga teng, tezligi 10
7
m/s
Rezerford tajribada qalinligi 1 mkm bo’lgan
oltin falgadan
-
zarrachalarning o’tishini kuzatdi. Natijada asosiy
- zarrachalar ozroq
yo’nalishidan og’gan holda o’tib ketadi, lekin ba’zi (20000 dan 1 tasi)
-
zarrachalar o’z yo’nalishidan keskin buralib ketadi (hattoki 180
0
) elektronlar
massasi juda kichik bo’lgani uchun bunday og’dirishga qodir emas va demak
qandaydir og’ir musbat zaryad ta’sirida shunday hol bo’lishi kerak.
Ana shu
62
tajriba natijalariga asoslangan holda 1911 yil Rezerford atomning planetar
modelini taklif qildi. Bu modelga binoan zaryadi Ze bo’lgan musbat
yadro(o’lchashi 10
-14
– 10
-15
) atrofida yopiq orbita bo’ylab elektronlar aylanadi.
Atom neytral bo’lgani uchun yadro zaryadi, elektronlar zaryadlari yig’indisiga
tengdir. Atomning butun massasi 99.94% yadroda mujassamlangan. Z – kimiyoviy
element tartib nomeri.
Bu ta’limot klassik fizika qonunlariga mos kelmadi. Klassik elek-
trodinamikaga binoan elektron yadro atrofida 10
6
m/s
tezlik bilan aylanib
(tezlanishi 10
22
m/s
2
) aylanish chastotasiga mos elektromagnit to’lqinlar
chiqarishi kerak . Bu esa energiyaning kamayishiga olib keladi va elektron
yadroga tushishi kerak. Elektron yadroga yaqinlashgan sari uning chastotasi oshib
boradi. Bu esa atom tutash spektrli nurlanish chiqarishi kerakligini ko’rsatadi.
Demak klassik fizika atomning planetar modelini tushuntirib bera olmaydi,
chunki
1.
Atom turg’un sistema
2.
Atom tutash emas, chiziqli spektor nurlaydi.
Turli xil gazlarning spektorini o’rganish shuni ko’rsatdiki, har qanday gaz
ma’lum chiziqli spektorni berar ekan. Spektral chiziqlarni gruppa (seriya)larga
taqsimlash mumkin ekan. Biror seriyaga tegishli spektr o’zaro ma’lum
qonuniyatlar bilan joylashgan. Shvesariyalik olim Balmer vodorod atomini
o’rgandi va ularning chastotasi quyidagi formula bilan aniqlanishini ko’rsatdi.
2
2
1
2
1
n
R
(5.1)
Bunda R- Ridberg doimiysi bo’lib, qiymati
1
15
10
29
,
3
c
R
,
n = 3.4.5…
Bunga