|
G-7500 TIPIDAGI KOKS GAZINI AJRATISH AGREGATI
|
bet | 33/89 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 3,03 Mb. | | #265192 |
Bog'liq KvaKT ДАК Baholash mezoni (2)G-7500 TIPIDAGI KOKS GAZINI AJRATISH AGREGATI.
Bu agregat soatiga 7500m3 koks gazini ajratish mo‘ljallangan bo‘lib, ikki xil blokdan tashkil topgandir.
Dastlabki sovutish bloki.
Kriogen bloki, ya’ni past haroratgacha sovutish bloki.
Dastlabki sovutish bloki, uglerod dioksididan tozalangan, 1,3MPa bosimli koks gazini 73K dan 27K gacha sovutish uchun ishlatiladi. Bu vaqtda koks gazidan suv namligi va benzolni asosiy qismi ajratiladi va ular issiklik almashtirgichdan vaqti vaqtida chiqarib tashlanadi. Shuning bilan birga 22MPa li yuqori bosimli azot ham 27K gacha sovutiladi. Bu dastlabki sovutish bloki apparatlari oddiy po‘latdan yasalgandir va bu yerdagi issiqlik almashgichlarda kriogen blokdan chiqayotgan gazlar-koks gazini ajratishdan chiqayotgan azot va vodorod aralashmasi va har xil metan-etilen fraksiyalarning sovug‘idan foydalaniladi. 27K gacha sovutilgan koks gazi va yuqori bosimli azot kriogen blokka yuboriladi. Kriogen blok past haroratga chidamli misdan yasalgan «issiq tarmoq», «sovuq tarmoq» kabi issiqlik almashgich, qo‘shimcha va langarli issiqlik almashgich, yuvuvchi ustunsimon tarelkali minoralardan tarkib topish, ular hammasi po‘latdan yasalgan umumiy kutichaga joylashtirilib, ular orasi sovuqlikni bexuda yo‘qolishini kamaytirish uchun asbest yoki shishasimon tolalar bilan to‘ldirilgandir.
Bu blokda koks gazi asta-sekin sovutilib, 170K da undan «issiq tarmoq» issiq almashgichda ozgina-0,3 % cha miqdorda propilen (ya’ni 5-60% propilen, qolgani butilen, benzol, toluol, asitelen va hakozo), 125K da «sovuq tarmoq» issiqalmashgichda 3:4% miqdorda etilen (C2H2-3-40%, CH4-35-45%, C3H6-3-6%, CO-2-3%, O2-0,5-1,0%, H2-1,5-4%, N2-5% gacha), 100K da qo‘shimcha issiqlikalmashgichda 28-5% mikdorida metan (CH4-78-85%, C2H4-0,8% gacha, H2-4-10%, N2-2-4%, O2-1,0% gacha) to‘plamlari suyuqlikka aylanib, ajratib olinadi. Bu gazlar to‘plamlari ajratilib, chiqib ketgach, koks gazi quyidagi tartibda qoladi: N2-80-92%, H2-2-7%, CO-3-5%, CH4-1-3%, O2-0,5% gacha va bu gaz aralashmasi yuvuvchi minorada 1,1MPa bosimda, 80-85K haroratda suyuq azot bilan yuvulib, 15-17% N2 va 85-83% N2 dan iborat gaz aralashmasi olinadi va u minoraning yuqorisidan chiqishi bilan stexiometrik tarkib (75% N2 va 25% H2)gacha toza N2 bilan boyitiladi. Minoraning pastki qismidan CO to‘plami olinadi; uning tarkibi: CO-16-23%, N2-65-75%, H2-3-5%, CH4-2-6%, O2-0,4-1,0%. Bu olingan to‘plamlarning sovug‘i kriogen va dastlabki sovutish bloklari apparatlarida ishlatiladi. Shunday qilib, olingan 75% N2 va 25% H2 aralashmasi sintetik ammiak ishlab chiqarish sexiga yuboriladi. ToshKTIning «Noorganik moddalar va elektrokimyoviy ishlab chiqarish texnologiyasi» kafedrasida bu CO qo‘yilmasini toza CO komponenti o‘rnida karbidsiz usul bilan kalsiy sianamid olishda ishlatish mumkinligi isbotlangan.
Gazlarni CO va CO2 dan tozalash.
Tayanch so‘zlar: Monoetanolamin, dietanolamin, reaksiya, radikal, absorbsiya, regeneratsiya, sovitgich, kaynatgich, flegma, Xavo sovitgichi, bug.
|
| |