jarayon o’z manzilli muhitida ishlaydi. UNIX amaliyot tizimida jarayonni hosil
qilish yagona yo’l bilan, yani jarayonni hosil qiluvchi fork tizimli buyrug’ i
yordamida amalga oshiriladi. Bunda jarayon yagona noldan farqli butun sonli
identifikatorga ega bo’ ladi. Bu identifikator yordamida tizim jarayonni boshqa
jarayonlardan farqlaydi. Bir jarayonni yana takroran
hosil qilish talab qilinsa, u
holda jarayonning o’zi yangi jarayonni hosil qilishi talab qilinadi, u holda fork
buyrug’ i yordamida jarayonning aniq nusxasi olinadi va yangi jarayon hosil
qilinadi. Fork funksiyasi o’z ishini yakunlagandan so’ng
ikkala jarayon ham
(hosil qiluvchi va hosil bo’lgan) o’z ishini bir nuqtadan davom etliradi.
Jarayonlaming qaysi biri ota (hosil qiluvchi) yoki bolaligini (hosil bo’ lgan) fork
funksiyasi bergan ma’ lumot orqali aniqlash mumkin. UNIX amaliyot tizimi excc
funksiyalari oilasiga kiruvchi buyruqlar yordamida boshqaruvni boshqa dasturga
berishi mumkin. Bunda jarayonning mavjud ko’rinishi yangi dastur ko ’ rinishi
bilan almashtiriladi jarayon esa o’zgarishsiz qoladi. Bu holatdan eski dastur
ko’rinishiga qaytib bo’lmaydi. UNIX tizimining
bunday imkoniyati boshqa AT
larda qisman va bir muncha murakkab hal qilingan. MS DOS AT da dastui
xotiraga yuklanishi bilan ishlatiladi (birinchi dircktiva bilan) yoki ishga
tushirilmaydi (overley), bunda har bir dastur uchun uning ishchi xotirasi boshida
boshqaruvchi direktivalar hosil qiladi. Bu direktivalar
dasturdan murojaatga
javob beradi va ochilgan fayllar bilan dasturga chaqirilish vaqtida berilgan
parametrlar haqida ma’ lumotlami saqlaydi. Amaliyot tizimda jarayon otasi
ochgan hamma fayllar, katalog va boshqaruv terminaliga egalik qiladi.
Jarayon
o’z tashabbusi bilan maxsus funksiyalami, chaqiradi va normal yakunlanib
otasiga tugallanish kodini yuboradi.