|
MAVZU: PNEVMOYURITMALAR BILAN BIRGA ISHLOVCHI AVTOMATLASHTIRSHNING PNEVMOTIZIM QURILMALARI
| bet | 80/129 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 15,26 Mb. | | #111081 |
Bog'liq ATV fanidan O`QUV-USLUBIY MAJMUA 2015MAVZU: PNEVMOYURITMALAR BILAN BIRGA ISHLOVCHI AVTOMATLASHTIRSHNING PNEVMOTIZIM QURILMALARI.
Pnevmatik qurilmalar mashinasozlikda texnologik jihozlarni avtomatlashtirsh va mexanizatsiyalashtirshning effektiv vositalari bo`lib hisoblanadi.
Bu ularning o`ziga hos prinsipial afzalliklaridan kelib chiqadi. Ushbu afzalliklar detallarni qisish va qayd etish jarayonini bajarishda, chiziqli o`lchamlarini nazorat qilishda, detallarni qirrasi bo`ylab burishda, yig`uv jarayonini bajarishda, yuklarni transportlarda tashish, detall va instrument asosiy ishlov berish sirtini tozalashda, sanoat robortlari harakatini amalga oshirishda namoyon bo`ladi. Pnevmatik qurilmalarning bunday prinsipial afzalliklariga quyidagilar kiradi:
-
Tuzilishi va hizmat ko`rsatishining soddaligi;
-
Yuqori buzilmay ishlash hususiyati mavjudligi;
-
Harorat, namlik va changlikning keng diapazonida ishlash ishlash hususiyatini saqlab qolishi;
-
Alohida pnevmatik qurilmalar uchun 10…20.000 soatga etadigan katta ishlash vaqti;
-
Chiziqli harakat uchun 15m/s, aylanuvchi harakat uchun 20.000 ayl/daq. ga etadigan ijro mexanizmlar siljishining yuqori tezligi;
-
Energiyatashuvchi (siqilgan havo)ni uzoq masofalarga uzatishini oddiyligi;
-
Energiya ishlab chiqarishni markazlashgan manbai (odatda zavodning compressor tarmog`i);
-
Mexanizmning shikastlanishsiz to`xtash va tormozlanish imkoniyati.
Pnevmatik qurilmalar quyidagi kamchiliklarga ega:
-
Boshqaruvchi signallarni uzatish tezligining yuqori emasligi;
-
Yuklama tebranganda ishchi organlarning ravon siljishini ta’minlashning qiyinligi;
-
Siqilgan havoni ishlab chiqish narhining birmuncha qimmmatligi.
Stanoksozlikda va umuman mashinasozlikda pnevmatik texnika bosimning uch xil sathida ishkatiladi: yuqori sath (0.2 … 1.0MPa), o`rta sath (0.1 … 0.25MPa) va quyi sath (0.001 … 0.01MPa).
Mashinasozlikda ishlab chiqarish jarayonlarini to`liq avtomatlashtrirish uchun pnevmatik servodvigatellardan tashqari boshqa qurilmalar ham ishlatiladi. Bunday qurilmalarga avvalo turli tuzilishga ega pnevmogidravlik va pnevmoelektrik o`zgartirgichlarni kiritish kiritish kerak.
Pnevmoyo`naltiruvchi qurilmalarga pnevmotaqsimlagichlar, teskari pnevmoklapanlar, tez gaz chiqaruvhci pnevmoklapanlar, ish jarayonini ketma-ket bajarishni boshqaradigan pnevmoklapanlar, vaqtli ushlab turishni boshqaruvchi pnevmoklapanlar, shuningdek, pnevmatik mantiqiy elementlar.
Pnevmotaqsimlagichlar siqilgan havo oqimlarini yo`nalishini ikki yoki undan ko`proq tashqi liniyalarga o`zgartirish uchun ishlatiladi. Tashqi pnevmoliniyalar deganda turli havo o`tkazgichlarni, shu qatori atmosfera bilan bog`livchi oddiy tirqishni tushinish kerak.
Pnevmotaqsimlagichlar bilan boshqarishning turlicha ko`rinishlari mavjud:
-
Tugma,richag yoki pedalning ta’siri orqali operator tomonidan boshqarish;
-
Turtkich va rolik ta’sirida harakatlanuvchi tugun tomonidan mexanik boshqarish;
-
Elektromagnitli boshqarish;
-
Pnevmatik boshqarish(bosimni oshirish yoki kamaytirsh yo`li bilan);
-
Elektropnevmatik boshqarish(oraliq masofani oshirish yoki kamaytirsh yo`li bilan).
Pnevmogidravlik va pnevmoelektrik o`zgartirgichlarning turli ko`rinishlariga quyidagilar ta’aluqli:
-
Ishchi gidravlik suyuqlikning siqilgan havo bosimini o`zgarishsiz uzatish uchun mo`ljallangan pnevmosiquvchi;
-
Ishchi gidravlik suyuqlikning siqilgan havosi energiyasini bosimning boshqa qiymati bilan uzatishga mo`ljallangan pnevmogidroo`zgartirgichlar;
-
Gidrotizimni davomiy ishlashi uchun ishchi suyuqlikni oshirishga mo`ljallangan pnevmogidronasoslar;
-
Pnevmogidroakkumilyatorlar;
-
Pnevmatik tizimda bosimni yoki bosimlar farqining berilgan sathiga etganda elektr signal berishga mo`ljallangan bosim relesi;
-
Bosim indikatorlari.
Havoning siqilishi o`zgaruvchan yuklama sharoitida ishlovchi mexanizmlarni loyihalashda hisobga olinishi zarur bo`lgan mavjud omil bo`lib hisoblanadi, masalan, parmalash va frezerlashga uzatish qurilmalarida. Odatda havoning siqilishi gidravlik tezlik rostlagichlarni uzatish pnevmoyuritmaga ulash yo`li bilan kompensatsiyalanadi(o`rni to`ldiriladi). Bu quyidagi rasmda keltirlgan.
Rasm. Pnevmoyuritma tezligini gidravlik rostlash sxemasi.
1- ishchi pnevmosilindr; 2 - ishchi pnevmosilindr shtoki; 3 – shtok-turtkich; 4 – rostlovchi drossel; 5 – qaytish kanali; 6 – gidrosilindr.
Yuritma o`z ichiga ishchi suyuqlik(moy)ning yopiq aylanishiga ega gidrosilindr 6 va moy sarfini rostlashga hizmat qiluvchi qaytish kanali 5 dagi rostlovchi drossel 4 ni, shtok-turtkich 3, shtok 2 va ishchi pnevmosilindr 1 ni oladi.
|
| |