-BOB. «ShARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi faoliyati holati tahlili




Download 1.53 Mb.
bet16/36
Sana10.04.2017
Hajmi1.53 Mb.
#3812
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
2-BOB. «ShARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi faoliyati holati tahlili

2.1. «ShARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining raqobatbardoshligi va marketing strategiyasi tahlili

«ShARQ» nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi tarixi sarchashmasi 1921 yilda tashkil etilgan bosmaxona va 1924 yilda tuzilgan «Sredazkniga» nashriyotidan  boshlangan. Keyinchalik esa ikkita mustaqil tuzilmaning respublikadagi barcha gazeta va jurnallarni nashr qiladigan va chop etadigan yagona nashriyot-matbaa majmuasiga birlashtirilishi amalga oshirilgan edi.

Bugungi kunda «Sharq» nafaqat O’zbekiston Respublikasida, qolaversa butun Markaziy Osiyoda birdan-bir eng yirik gazeta-jurnal kompleksi ham hisoblanadi.

1991 yilda gazeta-jurnal kompleksi va bosmxonasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Ishlar boshqarmasi huzuridagi «Sharq» nashriyot-matbaa konsterniga aylantirilgan edi.

O’zining 90 yildan oshgan uzoq tarixi mobaynida Kompaniya kichik bir bosmaxonadan O’zbekiston va xorijda millionlab kishilarni o’z mahsulotlari Bilan ta’minlashga qodir bo’lgan ulkan bir majmua darajasiga yuksalish yo’lini bosib o’tdi. Aytib o’tilgan davrda ishlab chiqarish, boshqarish va mahsulotlarni sotish texnologiyalarida salmoqli sifat o’zgarishlari ro’y berdi.

Hozirgi kunda «Sharq» zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan, gazeta va jurnallar, ham qattiq, ham yumshoq muqovada kitoblar, broshyuralar, har xil etiketkabop, turli rang tasvirli nashrlar va boshqa bosma mahsulotlar, shuningdek, xalq iste’moli mollari ishlab chiqaruvchi etakchi kompleksdir.

1999 yilda Jenevada bo’lib o’tgan, jahonning 57 mamlakatlaridan kompaniyalar ishtirok etgan xalqaro konferenstiyada Kompaniyamiz alohida

e’tirofga sazovor bo’lgan va Xalqaro Oltin Yulduz bilan taqdirlangan edi. Bundanttashqari, Kompaniya bir necha marotaba turli xalqaro forumlar va konferenstiyalarning diplom va sertifikatlarini ham qo’lga kiritgan.

2000 yil oktyabridan «Sharq» nashriyot-matbaa konserni «Sharq» nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasiga aylandi.

«Sharq» nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi tarkibida ikkita: «Andijon» nashriyoti» va «Ishlab chiqarish tijorat markazi» shu’ba aksiyadorlik jamiyati, shuningdek, davlat ulushi Kompaniya ustav fondiga o’tkazilan assotatsiyalashtirilgan «ShARQ» ziyokori»  aksiyadorlik jamiyatiga va «Umumiy ovqatlanish va savdo kombinati» mas’uliyati cheklangan jamiyati ham mavjud.

Salqam bir asrlik tarixga ega bo’lgan «Sharq» nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi quyidagilarni ham o’z ichiga oladi, jumladan:


  • originallarni nashrga tayyorlash va tahrir qilish hamda badiiy bezatish borasida o’z kasbi ustasi bo’lgan mutaxassislarning yuksak darajadagi ijodiy salohiyati;

  • eng yangi kompyuter texnologiyalari va zamonaviy matbaachilik uskunalari bilan jihozlangan qudratli poligrafiya bazasi.

Kompaniyamizning maqsadi — ham ichki bozorlarda, ham tashqi bozorlarda shakl va mazmun-mundarijasi jihatidan rang-barang va yuqori sifatli noshirchilik-matbaachilik mahsulotlariga iste’molchilarning bo’lgan talablarini qanoatlatirishdir.

«Sharq» nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil oktyabrdagi PF-2737-son va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 oktyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni Ishlar boshqarmasi huzuridagi «Sharq» nashriyot-matbaa konsternini «Sharq» nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to’ғrisida»gi 401-son Qarori va O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulk qo’mitasining 2001 yil 13 martdagi 20k-PO buyruғiga binoan ta’sis etilgan. Mumtoz ofset nashrchilikning eng qadimiy bosma usuli bo’lishi bilan undan bugun ham keng qo’llaniladi. Ofset tekis bosma nashr turiga kiradi. Uni ko’pincha bilvosita yoki qo’shimcha chop etish turi deb ham atashadi. Zero bu jarayonda buyoq o’zini namoyon etish uchun avval egiluvchan oraliqdan o’tkazuvchi stilindrdan, rezina gazmol tasmadan, shundan keyingina qoғozga yoki shunga o’xshash matoga boradi.

Ofset chop etish sur’ati odatdagidan bir muncha past. Yana raqamli nashr tezkorlik bilan hayotga kirib kelayapti. Shunda ham ofset ayni kunlarda eng ommalashgan va talabgori ko’p nashr turidir.

Aynan shunday chop etish uslubida eng ko’p miqdordagi bosma mahsulotlar tayyorlab beriladi. Kitob va ro’znomalar, bukletlar, risola va kataloglar, plakat va taqvimlar, turfa taklifnoma va tabriknoma uchun otkritkalar, diplom, yorliq va o’ramalar shular jumlasidan.

Davrimizda ofsetcha chop etish taraqqiyoti natijasida suratlarni aslidagidek chiqarishning yuksak sifatiga, chiroyli rangli miqyosda nashr qila olishga muvaffaq bo’lindi. Ayniqsa, bugun juda ommalashib ketgan namoyish etuvchi reklama xarakteridagi bosma mahsulotlar aniq va nozik, bejirim etkazib berish hadisini oldi. Ofset usuli, yana shuni alohida ta’kidlash kerakki, ko’p va o’rtacha nusxada nashrda foyda keltiradi, yuqori samaradoarlikni ta’minlaydi. Shu bois bu kompaniyamizning yuzi, sharafi, rizq-ro’zimiz barakali bo’lishi garovi hamdir.

OFSET BOSMAXONA

Ofset bosmaxona ham ko’p tarmoqli universal boshqa bosmaxonalar kabi asbob-uskunalar, ofset uslubi uchun zarur dastgohlar bilan jihozlangan. Ularda bosma mahsulotlarni katta hajm va adadda sifatli chop etiladi.

Albatta, ofset bosmaxonada chop etish ishi bir muncha uzoq davom etadi. Buning asosiy qismi esa chop etishgacha bo’lgan jarayon – qolipga olish, uni to’ғrilamoq – moslamoqqa ketadi. Ochiғi, ancha-muncha vaqt shu o’rinda yo’qotiladi. Ammo katta nusxada chop etishni hamma bosmaxona ham amalga oshirilmaydi. Ofset uslubda esa vaqtdan bu yo’qotishlarning ham o’rnini qoplanadi. Ba’zan ofset usulda bosishning sifatidan kelib chiqib, katta adadda bo’lmasa ham shu yo’sinda chop etish ma’qul ko’riladi. Misol uchun, maxsus firma blankalari, tashrif qoғozlari, jumladan kompaniya doirasida nashrlar, Pantone kataloglari raqamli chop etish yo’li bilan sifatli, ko’ngildagidek tayyorlash imkonsiz. Xuddi shunday vaziyatlar aksariyat mijozlarimiz tannarxning qimmat bo’lib ketishiga qaramasdan ham nusxadaligidan qat’i nazar ofset bosmaxonada buyurtma berishni ma’qul ko’rishadi.

Ofset chop etishning yana bir afzalligi – unda har qanday qoғoz turli qalinlikda va o’lchamda xuddi SMUK texnologiyasi kabi buyoqlar (to’la ranagli) va panton (firma ranglarda) holatda mahsulot tayyorlash imkonini beradi. Albatta, bu uslubning cheklanishlari ham yo’q emas. Misol uchun ofset buyoqlar juda ham shaffof, tiniq, nozik qatlamlar birma-bir yiғiladi. Shu bois qora fondlarda yorqin buyoqlarning sifatli ko’rinishi borasida bir qator muammolarni bartaraf etishga to’ғri keladi. Ana shunda alohida texnologiya ishga solinadi – folievik buyoqlar yoxud UF chop etishdan foydalanishga zarurat tuғiladi. Ofset mashinalar ikki xildir: Listli va rolikli (rulonli bosishga ixtisoslashgan. Aksariyat bosmaxonalar, jumladan ofset bosmaxonada asosan listli chop etuvchi mashinalar ishlatishadi. Bunday mashinalar keng miqyosda har xil nashr mahsulotlarini chiqimsiz, iqtisod qilib chop etishga qulaydir. Rulonli ofset mashinalar esa ro’znoma va kitob nashri uchun mo’ljallangan, texnik vositalari yanada takomillashtirilgandir. Albatta, bu mashinalar qimmat turadi. Shuning uchun ham ulkan miqyosdagi ofset bosmaxonalardagina bunday mashinalar xizmatidan foydalaniladi. Listli (listovoy) chop etish mashinalari esa eng kichik tashrifnomadan tortib muhtasham – albom, katalog, bezakdor kitoblargacha qisqasi iste’molchilarni barcha talablarini qondiradi, nashr mahsulotlarini istagancha chop etishni do’ndiradi.

RAQAMLI OFSET

Ko’z ochishi bilan tezkor sur’atda taraqqiy etgan raqamli chop etish o’z navbatida yangi texnologiya raqamli ofset tuғilishiga doya bo’ldi. Bugungi kunda yuqori sifat va tezkor texnologiyaga ega bu chop etish uslubi juda ommalashdi. Raqamli ofset padyo bo’lganiga ko’p bo’lgani yo’q, shunga qaramay chop etish ishida qariyb birinchi o’rinda zabt etdi va keyingi paytda ham “ofset” ham “raqamli” chop  etishning ajralmas bir qismi sifatida barcha buyurtmalarning amalga oshiruvchisi bo’lib maydonga chiqdi. Raqamli ofset asbob-uskunalari ishonchli, ularning kuchi va imkoniyati bilan bosma mahsulotlar yuqori sifatda tayyorlanadi. Raqamli chop etishda tasvir bevosita fayldan mashinaga olinadi, quruq tonerlardan foydalanuvchi raqamli dastgohlardan raqamli ofset texnologiyasining farqi plastik va zaryadlangan qismdan iborat alohida suyuq buyoqdan iste’foda etiladi. Silindirlarning kuchli bosimi va quvvatni etkazib berish ta’sirida avval buyoq ofset stilindriga, keyin qog’ozda joy oladi. Raqamli ofset texnologiyasining muhim afzallik tomoni belgilangan nuqta chekkasigacha aniq o’lchamda ishlanadi. Shu sababli chaplanib-yoyilib ketish xavfining oldi olinadi. Raqamli ofset texnologiyasi yangi, borgan sari takomillashib boradi va buyurtmachi oldiga barcha yanayam ko’proq unumdor foydalanish imkoniyatlarini taqdim etaveradi.

“Sharq” nashriyot-matbaa akstiyadorlik komianiyasi Sizga sizning nashriy mahsulotingiz ofsetga chop etish  usuli – qulayligini taklif etadi. Bizda nashrchilik sohasida katta tajriba bor, biz nashrning barcha xillarida nozik tomonlari va yangicha ziynatlashlarni juda yaxshi bilamiz. Sizning mahsulotingizni chop etishdan tashqari, betakror dizayn, chiroyli shakl shamoyil sifatli ishlashimiz, qisqasi, mukammal nashrga tayyorlashda nima lozim bo’lsa, hammasini qoyilmaqom amalga oshirishimiz mumkin.

Shu bilan birga nashrdan keyingi ishlov berishlar, har qanaqa sayqallash xizmatlarini ham taklif etamiz.

Hozirgi zamonda ofset noshirchilikni eng ommaviy, qulay texnologiyasidir va nashr mahsulotlarining eng ko’p nusxada sifatli chop etishda ishonchi,

sinalgan yo’lidir.

OFSET ChOP ETISh TEXNOLOGIYaSI

Ofset chop etish usuli ham o’zida bosish jarayonining tadrijini namoyish etadi: quyilgan buyoq nashr ko’rinishiga kelishi uchun ofset silindir oralig’idan asosiy jarayon kechadi. Ofset chop etishning prinsipi tasvir avval maxsus ko’rinishida ishlov beruvchi plastinkaga olib boriladi, keyin esa ofset silindir yordamida bevosita tarqatuvchiga uzatiladi. To’la rangli tasvir to’rt asosiy rangdan iboratdir: havorang, sariq, qirmizi va qora. So’nggisida laklangan holatda bo’lishi ham mumkin.

Ofset chop etish mumtoz (klassik) usul deb ham atashadi, u ayni paytda nashrchilikning eng keng tarqalgan turi bo’lib turibdi. Shubhasiz, bu uning afzalligi bilan izohlanadi.

OFSET ChOP ETISh AFZALLIGI

Birinchi navbatda bu yuqori sifatga erishilganlik bilan belgilanadi. Ofsetda istalgan qoғoz navi yoxud karton bo’lsin, unda nashr mahsuloti sifatli tayyorlashga erishiladi. Ranglar va yarimtonlar a’lo darajada

singdira olinadi. Chop etishning ofset uslubida buyoq kuchli bosim bilan elastik rezina tasma yuzasida uzatiladi, shundan keyingina har qanday material chop etish uchun hozirlanadi. Ofset uslubida xuddi 1–2–3 tipik buyoqlariday SMUK (lotincha qisqartma) buyoqlarida yoki Pantone chop etish imkoni bor va to’la to’rt xil rangda ishni amalga oshiradi. Qolaversa, kerak bo’lsa, qo’shimcha ravishda “oltin”, “kumush” simon ranglardan, suv va yoyiluvchan yoki UF-lak kabi turli laklardan ham foydalaniladi. Takomillashgan ofset texnologiya yordamida kitob, gazeta, taqvim, buklet, risola, katalog, yondaftar kabi kattadan kichik turli-tuman poligrafik mahsulotlar sifatli nashr etish mumkin. Ofset chop etishning boshqa bir afzalligi qoғoz tanlamaydi, istalgan tur qoғoz: ofset, gazeta melovan, karton, dizayinga moslanuvchan turlar, hatto vinildan foydalanish imkoni bor. Qoғozning qalinligi 45 g-m dan 250-300 g-m gacha bo’lishi mumkin.

Ofset uslubning afzalliklari quyidagilardan iborat:



  • yuqori sifat;

  • katta nusxada qisqa fursatda ishlab chiqarish;

  • qoғozlarning turli navlaridan foydalanish, tanlov imkoni va kenga miqyosda chop etishdan keyingi yumushlarni ado etish;

  • Odadni ko’paytirish xisobiga mehnat tannarxini arzonlashtirish.

OFSET ChOP ETISh USULLARI

Tayyorlash jarayoni uzoq davom etadi. Bu o’z ichiga bir necha jarayonlarni oladi: avval original maket – elektron ko’rinishda kompyuterda tayyorlanadi, keyin esa foto shakli ustida ishlanadi. Navbatdagi etapda fotoformalar yoritiladi va bir shakl-shamoyil formaga olish uchun dastgohlar tayyorlanadi. Tayyorgarlik ishlari – mehnat xarajatlari butun buyurtmaning adadiga boғliq bo’lganidek va albatta tabiiy sur’atda qanchalik mahsulot nusxasi ortgani sari uning tan narxi arzonlashadi:



  • Kam nusxadagi, foyda keltirmaydigan chop etishlarda bungacha bo’lgan ter to’kishlarni nazardan qochirmaslik kerak, ya’ni nashrgacha tayyorlash ishlari tannarxni oshiradi.

Agar sizga katta nusxada nashr mahsluotlari tayorlash zaruriyati tuғilsa, “Sharq” nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi hamisha sifatli xizmat ko’rsatishiga tayyor.

LISTLI ChOP ETISh

Ofset tekis chop etish usullaridan biridir. Bu uslub esa hozirgi nashrchilik bozorida etakchi o’rinda turadi.

Boshqa chop etish uslublariga solishtirganda listli ofset buyurtmachilar uchun qulay bo’lgan ko’pgina afzalliklarga ega.

Bular quyidagilardan iborat:


  1. Yuqori sifatda keng assortimentli nashr-matbaa mahsulotlarini chop qilish imkoniyati.

  2. Nashr mahsulotlarini boshqalariga solishtirganda eng arzon tannarxda tayyorlab beradi.

  3. Har tomonlama keng miqyosda ranglilik imkoniyati.

  4. Nim rang suratlarni sifatli fotosurat darajasida chiqarib berish imkoniyati.

  5. Chop qilinadigan materiallar keng, har tomonlama bo’lishi.

  6. Buyurtmachilar uchun bosma mahsulotlarni turli-tuman o’lchovini tanlash imkoniyatining kengligi.

Listli ofset chop etish jarayoni quyidagicha kechadi: listli qoғozlar o’zi sozlaydi va avval stapel listli qoғozlarni yuklab o’zi taktlaydi, maxsus mexanizm stapel stolida sari ko’tiradi, shunday bir darajagacha aralashtirib turadiki, tepa qismda turgan varaqlarni ilib olib, sozlangan stol orqali uzatilganlarni forgeyfer qabul qilib oladi. Forgeyferning xizmati varaqlarni tezlik bilan bosish sekstiyasi stilindrlarida aylanish uchun haydab berish, qabul qilingan varaq – sahifalarni navbatdagi stilindrlarga uzatishdan iborat. Ana shunday olib uzatish sistemasi orqali stilindrlarga bosma varaqlarni harakatga keltirishning davomiy jarayoni amalga oshirib boriladi.

Listli ofsetda bosish uchun har bir sekseya mashinalari bir-biridan farq qiladi. Ya’ni tarkibiy qismlariga ko’ra bosma, ofset, formli stilindrlarda ish amalga oshiriladi. Bu jarayonda buyoqlar bir sekstiyadan ikkinchisiga o’tadi va birin-ketin yiғilib, namli aralashma holida formli stilindrlarda o’rnashadi.

Oxirgi bosish stilindrida sahifalar zanjirli transporterning koretkalarida (mashinaning harakatlanuvchi qismi) bosish uchun uzatiladi, qabul qilish tuzilmasiga chiqadi, chop etilgach esa nihoyat bu jarayondan ozod bo’lib, bir muddat to’xtab turadi-da, stapelda pastga tushiriladi.

Bosma chop etish mashinalari katta miqdordagi konstruktiv ishni amalga oshirib, chop etishning oxirigi yumushlari ham nihoyasiga etkazilgach, qo’shimcha pardozlash, olib ketishga tayyorlashlar boshlanadi: laklash sekstiyasi, quritish tuzilmasi, nam tortib ketmasligiga qarshi apparatning ishlari shular jumlasidan.

Ko’pgina listli ofset mashinalarida maxsus raqamlab boradigan uskuna ham mavjud.

RULONLI ChOP ETISh

Ofsetda chop etishda chiqarilayotgan mahsulotlarning adadiga ko’ra, listli va rolikli (rulonli) mashinalarda chop etish belgilanadi. Shunda listli mashinalar qatorida rolikli mashina tanlanishining o’ziga yarasha sabab va afzalliklari bor. Bunday mashinalarda chop etish bichimi bevosita rulonli qoғozlarning bichimiga boғliq bo’ladi. Rulonli mashinalar juda qimmat turadi. Shu bois ham ular xizmatdan aksariyat hollarda ko’p nusxali mahsulotlar chiqaruvchi yirik bosmaxonalar foydalanadi. Yana ta’kidlaymiz, rulonli ofset mashinalarning unumdorligi juda ham yuksak, biroq shunga yarasha quvvat-kuch ham sarflashadi. Asbob-uskunalari ham qimmat. Ular kuchidan iqtisod qilinib, foyda ko’rish uchun juda katta nusxadagi nashr mahsulotlari ishlab chiqarishga jalb etish zaruriyatdir.

Rulonli ofset mashinalarning listlilaridan farqi faqatgina buyoqda va chop etish konstrukstiyasida bo’lib qolmasdan materiallarning transportirovkasiga javob beradigan ko’p qismli unsurlarida hamdir. Qoғoz tasmaning ishlashi listli mashinalarnikidan takomillashgan bo’lib, rulonli mashinalar unumdorligi bir necha hissa yuqori. Rulonli mashinalar yana shunday intensiv tizim asosida ishlaydiki, chop etishdan keyingi yumushlar ham ado etiladi, jumladan bu mashinalar oson, tez qotirish, qurutish layoqatiga ega bo’lib, qariyb tayyor mahsulot chiqaradi.

Falstovkalash apparatlarida esa qog’oz tasmada kesilib bo’klanadi. Natijada, amalda qariyib tayyor (misol uchun gazeta mahsulotlarini olishingiz mumkin) bosma mahsulotlar, hech bo’lmaganda oraliq holatda etkazib berishga muvaffaq bo’linadi. Axborot elektron vositalari nihoyatda keng tarqalishiga qaramasdan, ommaviy axborot vositasi sifatida gazetalar o’z ahamiyati hali-hanuz saqlab qolmoqda. Ammo gazetalar shakllari, mazmun-mundarijasi va konstepstiyalari o’zgarishlarga uchradi.

Quyidagilarni bunga misol tariqasida ayti bo’tish mumkin:



  • murakkab rangli tasvirlar bilan bezatish va sahifalash;

  • nashr etish vaqtiga boғliq holda gazetalar hajmi (sahifalari soni);

  • nashrga qo’shimcha tariqasida kiritiladigan, ammo alohida chop etiladigani lovalar.

Mazmun-mundarijaga nisbatan quyidagilar niaytish o’tish mumkin:

  • kundalik gazetalar rastionallashuvi, ya’ni har qaysi nashr konkret sohalardagi voqealar ko’rib chiqiladigan birqan chavariantlarda chop etiladi;

  • hammintaqaviy, hammintaqalararo reklama beruvchilaruchun reklama nashrlar kelib qo’shilishi;

  • ko’ngil ochar ermaklar va ta’lim berish vositalari (adabiyi lovalar) mavjudligi.

Ana shu talablar ishlab chiqarishda gazetalar quyidagilardan tarkib topishidan kelib chiqqan holda bajariladi:

  • mintaqalar arova mintaqaviy bloklardan tarkib topgan asosiy (bazaviy) qism. Bazaviy qism sarala bajratish liniyasiga bevosita ulangan bosma agregatida ishlab chiqariladi;

  • asosiy nashr bosmadan chiqarilishida navavl chop etiladigan va falstovkalanadigan (odat daoldingi ishs menasida), keyin esayi Qiladigan va zar urpaytda komplektlash liniyasiga uzatiladigan ilovalar (buqism «tahririyat ilovasi» deb hamataladi;

  • asosan hamkor korxonalar etkazib beriladigan turlib ichimdagi qismlarni o’ziga ifoda etuchi maxsus ilovalar (masalan, ofset va botiq bosma mahsulotlari).

Gazetani jo’natishga tayyorlash dashi asosiy qiyinchilik va murakkablik asosiy qism va turli ilovalardann muayyan nashrni aniq-rasova tez saralab jamla bolishdir. Ko’p hollarda nashr variantlariga bo Qliqravishda ilovalar bir-biridan farq qiladi. Adad segmentlash ibborishga qaratilgan tendenstiya kuchayib bormoqda. Yuklab jo’natish muayn muddatiga qarab nashr krnkret variantlari miqdorini tayyorlash vazifasi qo’yilmoqda (masalan, yuklash joyi jaturgan transport). Ayni mahalda bosma nashrlarni tarqatishning turli yo’llari (asosan chakana sotish yoki obuna bo’yicha pochta orqali yoki kur’eryordami datar qatish) ham bosma mahsulotlarni turlicha o’ramalashni talab qishini inobatga olish kerak bo’ladi. Axborot elektron vositalarini hoyatda keng tarqalishiga qaramasdan, ommaviy axborot vositasi sifatida gazetalar o’za hamiyati hali-hanuz saqlab qolmoqda. Ammo gazetalar shakllari, mazmun-mundarijasi va konstepstiyalari o’zgarishlarga uchradi. Quyidagilarni bunga misol tariqasida:

  • murakkab rangli tasvirlar bilan bezatish va sahifalash;

  • nashr etish vaqtiga bog’liq holda gazetalar hajmi (sahifalari soni);

  • nashrga qo’shimcha tariqasida kiritiladigan, ammo alohida chop etiladigani lovalar.

Mazmun-mundarijaga nisbatan quyidagilar qaytish o’tish mumkin:

  • kundalik gazetalar rasionallashuvi, ya’ni har qaysi nashr konkret sohalardagi voqealar ko’rib chiqiladigan birqancha variantlarda chop etiladi;

  • hammintaqaviy, ham mintaqalararo reklama beruvchilar uchun reklama nashrlar kelib qo’shilishi;

  • ko’ngil ochar ermaklar va ta’lim berish vositalari (adabiyi lovalar) mavjudligi.

Ana shu talablar ishlab chiqarishda gazetalar quyidagilardan tarkib topishidan kelib chiqqan holda bajariladi:

  • mintaqalar arova mintaqaviy bloklardan tarkib topgan asosiy (bazaviy) qism. Bazaviy qism sarala bajratish liniyasiga bevosita ulangan bosma agregatida ishlab chiqariladi;

  • asosiy nashr bosmadan chiqarilishida navavl chop etiladigan va falstovkalanadigan (odat daoldingi ishs menasida), keyin esayi Qiladigan va zar urpaytda komplektlash liniyasiga uzatiladigan ilovalar (buqism «tahririyat ilovasi» deb hamataladi;

  • asosan hamkor korxonalar etkazib beriladigan turlib ichimdagi qismlarni o’ziga ifoda etuchi maxsus ilovalar (masalan, ofset va botiq bosma mahsulotlari).

Gazetani jo’natishga tayyorlash dashi asosiy qiyinchilik va murakkablik asosiy qism va turli ilovalardann muayyan nashrni aniq-rasova tez saralab jamla bolishdir. Ko’p hollarda nashr variantlariga bo Qliqravishda ilovalar bir-biridan farq qiladi. Adad segmentlash ibborishga qaratilgan tendenstiya kuchayib bormoqda. Yuklab jo’natish muayn muddatiga qarab nashr krnkret variantlari miqdorini tayyorlash vazifasi qo’yilmoqda (masalan, yuklash joyi jaturgan transport). Ayni mahalda bosma nashrlarni tarqatishning turli yo’llari (asosan chakana sotish yoki obuna bo’yicha pochta orqali yoki kur’eryordami datar qatish) ham bosma mahsulotlarni turlicha o’ramalashni talab qishini inobatga olish kerak bo’ladi.12
_________________



Download 1.53 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Download 1.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. «ShARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi faoliyati holati tahlili

Download 1.53 Mb.