Marketing xizmatining tovar ishlab chiqarish bo’yicha strukturasi




Download 1.53 Mb.
bet13/36
Sana10.04.2017
Hajmi1.53 Mb.
#3812
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Marketing xizmatining tovar ishlab chiqarish bo’yicha strukturasi

Bozorga yo’naltirilgan marketingni tashkil qilish — bunda funkstional strukturani ҳududiy bozorlar va iste’molchilar turlari bo’yicha boshqaruvchilar to’ldiradi. U asosan, sotish va ishlab chiqarish faoliyatini xorijda amalga oshiradigan firmalar tomonidan ishlatiladi.

Marketing xizmatlarini regionlar bo’yicha tashkil qilish kam sonli va qimmat bo’lmagan, aniq chegaralarga ega bo’lgan bozorlarda ishlaydigan firmalar uchun xos.

Sanab o’tilgan tashkiliy tuzilmalardan ҳar biri o’z afzallik tomonlariga ҳam, kamchiliklariga ҳam ega ekanligi ayon. Marketing xizmatining matristali strukturasi amalga oshiriladigan funkstiyalar, ishlab chiqariladigan va sotiladigan maҳsulotlar ҳamda ishlov beriladigan bozorlar nuqtai nazaridan vakolatlar va javobgarlikning eng yaxshi taqsimlanishini ta’minlashga imkon beradi.

Matristali strukturaning afzalliklari quyidagilardan iborat:

— rejalashtirish va boshqarishning zamonaviy usullarini qo’llash imkoniyati;

— talab va loyiҳa maqsadlariga yaxshiroq yo’nalganlik;

— mutaxassis-ekspertlarning operativ guruҳlarini tuzish imkoniyati, mijozlar extiyojlariga javob reakstiyasi vaqtini qisqartirish;

xarajatlarni qisqartirish, ishning samarasini oshirish;

— kadrlardan egiluvchan foydalanish.

Shu bilan birga matristali struktura o’z kamchiliklariga ҳam ega:

— funkstional bo’linmalarning menejerlari va loyiҳalarning raҳbarlari o’rtasidagi nizolarning keskinlashishi;

— doimiy aloqalar, guruҳlar barqarorligi, jamoada ishlash ko’nikmalarining yo’qligi;

— javobgarlikni belgilashning qiyinligi va qisqa muddatliligi;

— nazoratni doimiy ҳolda olib borish zarurligi.8

Firmalarning faoliyat xususiyatlari, maҳsulot (xizmat)larning turlari, bozor segmentining o’ziga xosligi va boshqalarga bog’liq ҳolda ko’pincha marketing xizmatlarining tashkiliy shakllari ҳar xil ko’rinishlarining bog’lanishi va

_____________________________

8.Golubkov Ye.P. Marketingovie issledovaniya. -M.: Finpress, 2008. 54-bet.

6-jadval




rasmda mexnat taqsimotining ikkita ko’rsatkichini (funkstiyalar va tovarlar bo’yicha) bir vaqtning o’zida qo’llashga doir misol keltirilgan.

Marketing xizmatining funkstional-tovar strukturasi

Biroq bunday murakkab strukturalar ҳam strategik rejalashtirish va boshqarishga to’liq o’tish imkonini bermaydi. Keng miqyosli vazifalarni ҳal etish uchun yanada moslashgan strukturalar talab etiladi.

Kichik korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish masalalari malakali kadrlar va vositalarning yo’qligi sababli ayniqsa dolzarb bo’lib qolmokda. Lekin shunga qaramay, bu erda marketingai qo’yidagi yo’nalishlarda tashkil etish mumkin:

Ø boshqa kichik korxonalar bilan birgalikda muayyan marketing tadbirlarini, masalan, bozorni o’rganish, reklama kompaniyalari va ҳokazolarni o’tkazish;

Ø marketing vazifalarini korxonaning eng yaxshi tayyorgarlik ko’rgan xodimiga yuklash;

Ø marketing tadbirlari (sotish tarmog’ini shakllantirish, assortimentni rivojlantirish, jamoatchilik bilan ishlash va ҳokazo)ni ishlab chiqish va joriy qilish uchun maslaҳatchilar va ekspertlarni taklif etish.

Korxonada marketingni tashkil etish jarayonining bevosita o’zi, odatda, bir nechta bosqichga bo’linadi:

1. Korxonaga diagnoz qo’yish bosqichi (korxona potenstialini taҳlil qilish, ichki va tashqi muҳit va mavjud muammolar ҳaqidagi axborot, marketingni tashkil etish ҳaqida gipotezalarni tuzish).

2. Taҳlil bosqichi (bozor ҳolati, raqobatchilarning xatti-ҳarakati, tovar taklifi va talab rivojlanish istiqbollarining taҳlili).

3. Tashkiliy bosqich (korxonaning marketing xizmati ҳaqidagi Nizomni ishlab chiqish, marketing xizmatini kadrlar bilan ta’minlash bo’yicha tadbirlar tuzish, korxonaning marketing konstepstiyasini ishlab chiqish).

4. Uslubiy bosqich (marketingning axborot tizimini yaratish; tovar, narx, taqsimot, reklama siyosatlarini amalga oshirishning aniq uslublarini ishlab chiqish).

5. Joriy etish bosqichi (maqsad, strategiya, tadbir va marketing xarajatlarini asoslash, marketingning nazorat tizimini shakllantirish, korxonada marketing faoliyatini muvofiqlashtiruvchi ҳujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash).

6. O’rgatish bosqichi (marketing xizmati mutaxassislarini, boshqaruv xodimlarini marketingga o’qitish, stajirovkalarni o’tkazish).9

Marketing xizmatining kadrlar tarkibi quyidagi darajalarga ega bo’lishi mumkin: boshqarishning strategik darajasi (bosh direktorning marketing bo’yicha o’rinbosari, marketing-direktor), boshqarishning o’rta darajasi (maҳsulot bo’yicha menejer; bozor, mintaqa, viloyat bo’yicha menejer; sotish, taqsimot kanallari bo’yicha menejer; iste’molchilar bilan ishlash bo’yicha menejer; reklama bo’yicha menejer; jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha menejer), operativ-ijro etuvchi (savdo agenti, vakil, promouter, reklama agenti, marketing bo’yicha menejerning assistenti, sotuvchilar), texnik (o’qitish bo’yicha menejer, marketing nazoratchisi),

___________________________________

9. Qosimova M.S., Abduxalilova L.T. "Marketing tadkikotlari" fani bo'yicha o'quv-uslubiy ta'lim texnologiyasi. Uslubiy qo'llanma. "Iqtisodiy ta'limdagi o'qitish texnologiyasi" seriyasidan. T.: TDIU, 2006. 192 bet.

yordamchi (marketing tadqiqotlari bo’yicha menejer, marketingning iqtisodchi-analitigi, intervyuer, axborotga kompyuterda ishlov berish bo’yicha mutaxassis).

Marketingni boshqarishning oliy strategik darajasi korxonadagi marketing bo’linmasi ishining bevosita raҳbariyati tomonidan amalga oshiriladi.

Marketingni boshqarishning o’rta darajasi ҳar xil yo’nalishdagi menejerlardan iborat bo’lib, marketing rejasini ishlash funkstiyasini bajarishda, ya’ni tovarlar bo’yicha va sotilishlar ҳajmining prognozlarini tuzishda, reklama kompaniyalarini o’tkazish, bozor axborotini to’plash va taklil kilishda, tovarni bozorga siljitishda va kokazolarda tadbirlarni amalga oshiradi.

Korxonada marketingni boshkarishning texnik darajasi xodimlarni marketing faoliyatining usullariga o’rgatadi, shuningdek, marketing tadbirlarining o’tkazilishini nazorat kiladi (marketing xarajatlari, tovarlar sotilishining rejalari va xokazolar ustidan).

Marketing tadkikotlarini amalga oshiradi va marketingning ichki auditini tashkil kiladi (bozor ulushi, foyda, assortiment jixatdan va maksadli bozorlar bo’yicha rentabellik, korxona maxsulotiga iste’molchilarning munosabatini taklil kilish va xokazo).

Marketing tizimi faoliyatining o’ziga xos tomoni va asosiy shart-sharoiti,

shuningdek strategiyasi va taktikasining shakllanishi marketing tadqiqotlari bilan belgilanadi. Amerika Marketing Uyushmasi mar­keting tadqiqotlari deganda moddiy boyliklar va xizmatlar oldi-sotdisidagi bitishuvlar bilan bog’lik; bo’lgan ma’lumotlarni muntazam to’plash, yozib borish va taxlil etishni tushunadi.

F. Kotler fikricha, marketing tadqiqotlari — bu moddiy boyliklar va xizmatlar muomalasi soxasida qarorlar qabul qilish va ularni nazorat qilish jarayonlarini takomillashtirish maqsadida muntazam xolda muammolarni taxlil etish, asosiy qoidalarni yaratish va ma’lumotlarni jamg’arishdir. Marketing tadqiqotlari tushunchasini boshqa mualliflar xam shu tarzda talqin qiladilar. Masalan, V. B. Ventst mar­keting tadqiqotlari raxbariyatning bozor masalalari bo’yicha qarorlari tayanadigan axborotlarni izlash va taxlil etishdan iborat deb qaraydi. Bu karorlar maxsulot, narxlar strategiyasi, maxsulot sotishni ja-dallashtirish va taxsimot masalalarini qamraydi. P. E. Grin va D. S. Tull marketing tadkikrtlarini marketing soxasida bir xillashtirish va qaror bilan bog’liqbo’lgan axborotlarni muntazam izlash tarzida izoxlaydi.

Yuqorida keltirilgan ta’riflardan shunday xulosaga kelish mumkinki, birinchidan, bozorni boshqarish soxasida optimal qapop xamisha bozor jarayonlarining rivojlanishi yo’nalishlari va qonuniyatlarini, shu­ningdek, marketing soxasidagi faoliyatga bozor ko’rsatishi    extimoli    bo’lgan     javob     ta’sirlarini tashkil etish asosida qabul qilinadi. Ikkinchidan, marketing tadqiqotlari tarkibi uning maqsad va vazifalari bilan belgilanadi, o’zaro bog’liq bo’gan ikki tomon bo’lishini taqozo etadi: anik, bir bozorni tadqiq etish xamda bozorga chiqish va u erda mustaxkam o’rin egallash uchun firmaning o’z imkoniyatlarini tadqiq etish (6-jadval). Uchinchidan, marketing tadqiqotlarining maqsadi xam asosiy olti savolga va ular bilan bog’liq nega?— degan savolga javob olishdan iboratdir.  Bu  savollar quyidagicha:

 1.  Nimani qancha va qachon ishlab chiqarish kerak?

 2.  Maxsulotni qaysi bozorda joylashtirish kerak?

 3.  Iste’molchilarning ilgarigi maxsulotlar va bo­zorga yangi kiritilayotgan maxsulotlarni qabul qilishlarini oldindan qanday ko’ra bilish mumkin?

 4.  Maxsulot   sotishni   jonlantirishni   qaerda   va qanday boshlamoq lozim?

 5.  Taqsimot yo’llarini qanday kqilib to’g’ri tanlash

mumkin?

 6.  Marketing     tadqiqotlariga  sarflagan  xarajatlarning    samaradorligini baxolashda qaysi mezonlarni qabul qilish mumkin?

Yuqorida keltirilgan taxlili usullari strategik rejalashtirish jarayonini takomillashtirganligiga qaramay, ularni qo’llashda ma’lum bir cheklovlar mavjud. Matristali taxlilni joriy etish ko’p vaqt talab etadi. Shuningdek, matristalar joriy biznes funkstiyalarini o’rganish, biroq kelajakda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar nazoratdan chetga qolib ketadi. Mazkur usullarga tayangan kompaniyalarga bozor ҳissasini oshirish va yangi biznes soҳalarini egallashga intilishlari tavsiya etiladi. vaҳolanki, diversifikastiya yo’lidan borgan aksariyat kompaniyalar yangi soҳalarni boshqarishda o’quv etmaganligi sababli o’z bizneslarini tor doirada rivojlantirishni ma’qul deb topmoqdalar.

Ҳar bir biznes sub’ekti puxta ishlangan marketing rejasiga ega bo’lishi zarurdir. Marketing rejasi ma’lum bir maҳsulot yoki markani rivojlantirish masalasiga yo’naltirilgan bo’ladi. Marketing rejasi ma’lum bir maҳsulot yoki markani rivojlantirish masalasiga yo’naltirilgan bo’ladi. Marketing rejasini quyidagicha bo’limlardan iborat bo’lishi kerak: qiskacha mazmuni, joriy marketing vaziyati, xavf va imkoniyatlar, maqsadlar va muammolar, marketing strategiyasi, faoliyat dasturi, byudjet va nazorat bo’limlari.

Marketing auditi. Bozorlar, maҳsulotlar, raqobat va taqsimot strukturalarining joriy ҳolati ҳaqida ma’lumot beriladi. Bozorni tavsiflashda bozor ta’rifi, asosiy bozor segmentlari, bozor o’lchamlari va potenstial bozorlar ҳaqidagi ma’lumot keltiriladi. Maxsulot tavsifida asosiy mavjud maxsulotlarning sotilishi ҳajmalari, narx keltiradigan foydasi ҳaqidagi ma’lumot beriladi. Raqobat qismida esa asosiy raqobatchilar va ularning marketing miks strategiyalari tavsiflanadi. Taqsimot qismida esa taqsimot kanallari va undagi o’zgarishlar yoritiladi.

SWOT taxlil. Maҳsulot duch keladigan xavf va imkoniyatlar ҳamda korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlari aks ettiriladi.

Maqsad va muammolar. SWOT taҳliliga asosan maqsadlar aniqlashtiriladi va boshka muammolarni echish yo’llari ko’rsatiladi.

Marketing strategiyasi. Maҳsulot uchun maxsul marketing strategiyasi ishlab chiqiladi. Marketing strategiyasi maqsadlarga erishish yo’lining mantiqiy tavsifidir.

Marketing miks. Tanlangan strategiyaga muvofiq maҳsulot, narx, targ’ibot va taqsimot qanday bo’lishi kerakligi aniqlanadi.

Faoliyat dasturi. Quyidagi savollarga javob izlash kerakdir: Nima qilinishi kerak? Qachon qilinishi kerak? Kim mas’ul qilib tayinlanadi?qancha mablag’ sarflanadi?

Byudjet. Xar bir faoliyatga sarflanadigan mablag’ summasi taҳlil etiladi. Sarf-xarajatlarning keltiradigan samarasi ҳam yoritiladi.

Nazorat. Marketing rejasining oxirida reja bajarilishini nazorat etish jarayoni tavsiflanadi. Bajarilgan ishlar natijasida ma’lum bir mezonlar asosida baҳolanadi.

Marketing strategiyasining mavjud bo’lishi muvaffaqiyat yuz foiz garantiyalangan degani emas. Chunki bir xil strategiyani qo’llashning yo’l va usullari son-sanoqsizdir. Asosiy yo’nalish aniq bo’lgandan keyin, firmalar marketing kompleksiga tegishli spestifik qarorlar ishlab chiqishi kerak. Shunday spestifikalar marketing taktikasi deb ataladi. Strategiya qanchalik puxta va to’g’ri bo’lmasin, agar taktika aniq ishlab chiqilmasa, strategik rejalashtirish o’z ma’nosini yo’qotadi. Taktika marketing rejasining asosiy qismini tashkil etadi. Marketing rejasida ҳar bir marketing miks elementiga tegishli detallashtirilgan bosqichma-bosqich siyosat aks ettiriladi.

Maҳsulot borasidagi taktika maҳsulot assortimenti xususiyatlari va dizayn ko’rinishini o’z ichiga oladi. Taqsimot taktikasiga qaysi chakana va ulgurji savdo agentlarini tanlash va ularni rag’batlantirish programmalari kiradi. Promoshn strategiyasi maҳsulot qaysi usulda targ’ib qilinishini yoritadi. Narx taktikasi chakana savdoda narx qanday bo’lishi va chegirmalar miqdori va boshqa masalalarni o’z ichiga oladi.10

_________________________________

10.www.gov.uz





Download 1.53 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Download 1.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketing xizmatining tovar ishlab chiqarish bo’yicha strukturasi

Download 1.53 Mb.