O’ zbekiston Respublikasi kompaniyalarida xizmat ko’rsatish sohasi va marketing strategiyasining o’ziga xos xususiyatlari




Download 1.53 Mb.
bet12/36
Sana10.04.2017
Hajmi1.53 Mb.
#3812
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
1.2. O’ zbekiston Respublikasi kompaniyalarida xizmat ko’rsatish sohasi va marketing strategiyasining o’ziga xos xususiyatlari

Kompaniya xizmatlarining tuzilishi ishlab chiqarish xarakteriga bog’liq bo’ladi. Ommaviy oqimli ishlab chiqarishda tovarlar ko’plab ishlab chiqariladi, materiallar esa bir me’yorda va nisbatan yirik miqdorlarda iste’mol qilinadi. Turkumli ishlab chiqarishda ishlab chiqariladigan tovarlar va iste’mol qilinadigan moddiy resurslar nomenklaturasining ular nisbiy miqdori kamayishi bilan ortadi. Bu narsa tovarlarni sotish va moddiy ta’minot jarayonini murakkablashtiradi. Individual xarakterdagi ishlab chiqarish korxonalarida marketingni tashkil etish o’ziga xosdir. Bu erda tovarlarni ishlab chiqarish va materiallarni iste’mol qilish bir martali bo’lgani uchun iste’mol muddati bilan materialni va tayyor maҳsulotni keltirish muddati bilan mos keltirish qiyin.

Kompaniya xizmatlari tuzilishiga realizastiya va iste’mol qilinadigan tovarlar nomenklaturasi va xarakteri ҳam ta’sir etadi. Realizastiya va iste’mol qilinadigan tovarlar nomenklaturasi va ular sifatiga qo’yiladigan talablar ortishi bilan marketing xizmatlarining jarayoni murakkablashadi. Radio-texnik sanoat korxonalari turli yuqori sifatli tovarlar ishlab chiqaradi va iste’mol qiladi (lekin ҳar biridan juda kam miqdorda), bu narsa marketing faoliyatini murakkablashtiradi.

Chet el amaliyoti shuni ko’rsatadiki, tashkil qilinadigan marketing xizmatlari tuzilishi amal qiluvchi tizimning egiluvchanligini, mustaҳkamligini ta’minlashi kerak. Bu shartlar qarorlarini operativ qabul qilish, ularni amalga oshirish, boshqaruv xizmatlarining tashkiliy tuzilishi va, xususan, maqsadli ish guruҳlarining shakllanishida nazorat qilinishi kerak.

Xizmat ko’rsatishni tashkiliy tuzilmalarining operativligi, egiluvchanligi va moslanuvchanligi aloҳida bo’linmalar kompensastiyasi, majburiyatlari, ҳuquqlarining reglamentastiyasi, shuningdek, firmaning uzoq muddatli marketing strategiyasi bilan ta’minlanadi. Marketing xizmatlarining tashkiliy tuzilishida firma umumiy boshqaruvi funkstional xizmatlari bilan marketing xizmatlari orasida to’g’ri va teskari, «aks» aloqani ta’minlash muҳim, odatda tuzilma sodda bo’lsa, muvofiqlashtiruvchi va markaziy boshqaruv xizmatlari soni shuncha kam, boshqarish tizimi shunchalik mustaҳkam va yutuqqa erishish eҳtimoli shuncha yuqori bo’ladi.

Tashkiliy tuzilishda tuzilmaning ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlar assortimentini spestifikastiyaga mos kelish; tashkiliy tuzilmaning sotish bozori qaytimi ҳajmi va ularning tavsiflariga mos kelishi; firma tashkiliy tuzilmasining bozorni segmentlashni chuqurlashtirishga yo’naltirilganligi, aloҳida iste’molchilar guruhiga differenstiastiyalashgan yondashishni qo’llash ҳisobga olinadi. Bular masalalarni ҳal etishga yordam beradi. Shunday sifat va tavsifli tovarlarni sotishni tezlashtirish maqsadida natijaviy iste’molchilar guruҳlari bo’yicha xizmatlar shakllanadi. Boshqaruv ishlab chiqarish bo’limlarining bunday tashkil etilishi maqsadli bozorlar bo’yicha xizmatlar yaratishni ko’zda tutadi.

Firma marketingining holati va sifati marketing xizmati qanday tashkil qilingani va qanchalik samarali ishlayotganiga bevosita bog’liq. Jaҳondagi deyarli ҳamma yirik va o’rta firmalar mustaqil marketing xizmatiga ega, zero, yirik firmalarda u marketing bo’yicha viste-prezident tomonidan boshqariladi. Katta bo’lmagan firmalarda marketing iqtisodiy xizmat mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.

Marketing xizmati — bu maxsus tarkibiy bo’linmalardir, ularning asosiy vazifasi bo’lib marketing maqsadlari va funkstiyalarini bajarish ҳisoblanadi.

Marketing xizmatlari boshqaruvning ikki pog’onasidan iborat bo’lishi mumkin: markaziy marketing boshqarmalari (yoki bo’limlari) va operativ bo’limlar (yoki sektorlar).

Marketing xizmatining asosiy vazifalari:

1. Bozorlar va ularning rivojlanish istiqbollarini kompleks o’rganish.

2. Tovarlar va xizmatlarda qoniqmagan eҳtiyojlarni aniqlash.

3. Ishlab chiqarishni iste’molchilar talablariga moslashtirish.

4. Raqobatchilarning faoliyatini, ularning xaridorlarga ta’sir etish strategiya va taktikasini o’rganish.

5. Talabni shakllantirish va sotishni rag’batlantirish (TAShSOR).

6. Tovarlarning barqaror sotilishi uchun sharoitlarni ta’minlash.

7. Ishlab chiqarish, ilmiy-tekshiruv va loyiҳa-konstruktorlik ishlarining bozor yo’nalishini muvofiqlashtirish.

Marketing xizmatini tashkil qilishning etakchi tamoyillari bo’lib quyidagilar ҳisoblanadi:

«Firma marketing uchun emas, marketing firma uchun»;

«Marketing — firmaning umumiy ishi»;

«Iste’molchiga iloji boricha yaqinroq bo’lish».

Kampaniyada xizmat kursatish raҳbari va uning xodimlari foyda keltiruvchi bozorlarni topa bilishi, bozor vaziyatini taҳlil qilishi, yangi tovarlarni chiqarish ҳaqida tavsiyalarni tayyorlashi, bozorning istiqbolini aniqlashi, marketing strategiyasi, taktikasi va dasturini ishlab chiqishi, tovarga, uning assortimentiga qo’yiladigan asosiy talablarni ishlab chiqishi, korxonaning narx va sotish siyosatini aniqlashi va ularning amalga oshirilishini nazorat qila olishi kerak.

Jaҳon amaliyotida korxona, tashkilot, firmalarda marketing xizmatini tashkil qilishning ettita asosiy tipi farqlanadi. Ular bilan bog’liq ҳolda struktura tuziladi: to’rtta sof va uchta aralash.

Funkstional tashkiliy struktura marketing faoliyatini tashkil qilishning eng keng tarqalgan shaklidir, chunki u o’rganilgan va ishlab chiqilgan birinchi struktura edi. Funkstional tashkiliy struktura ta’minot, sotish, siljitish, taqsimlash va boshqa soҳalar bo’yicha mas’uliyatni taqsimlashni ko’zda tutadi. Marketingning turli funkstiyalari bo’yicha mutaxassislar ularning faoliyatini tartibga soluvchi raҳbarga buysunadilar . Bu struktura tovarlarning nisbatan cheklangan nomenklaturasini ishlab chiqaruvchi, barqaror tashqi sharoitlarda ishlovchi va o’zining faoliyat ko’rsatishini ta’minlash uchun odatdagi boshqaruvchilik vazifalarni ҳal qilishni talab qiladi.

Mazkur struktura tovar nomenklaturasi keng bo’lgan, iste’molchilik va texnologik eҳtiyojlar tez o’zgaradigan muҳitda ҳarakat qiladigan, shuningdek, xalqaro miqyoslarda bir vaqtning o’zida bir nechta bozorlarda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari va qonunchiligi ҳar xil bo’lgan davlatlarda o’z faoliyatini amalga oshiradigan tashkilotlar uchun to’g’ri kelmaydi.

4-jadval


Marketing xizmatining funksnional strukturasi

Tovar ishlab chiqarish bo’yicha tashkil qilish funkstional tashkil qilishning o’rnini olmaydi, balki uni boshqaruvning yana bir bosqichi bilan to’ldiradi. Tovar tashkiliy strukturasining afzalliklari shundan iboratki, u firmalarga ҳar bir tovar bo’yicha bozor talablariga yaxshiroq moslashishga va ishlab chiqarish texnologiyalari ҳar xil, ҳayotiy davri qisqa, innovastion talablar yuqori bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga imkon beradi.

Tovarli tashkil qilishni tovar nomenklaturasi keng bo’lgan firmalar ishlatadi. Marketing xizmatlarining tovarli tashkil qilinishi xorijiy firmalar amaliyotida ayniqsa keng tarqalgan.

5-jadval



Download 1.53 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Download 1.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’ zbekiston Respublikasi kompaniyalarida xizmat ko’rsatish sohasi va marketing strategiyasining o’ziga xos xususiyatlari

Download 1.53 Mb.