O’zbekiston Respublikasi kompaniyalarining xizmatlar sohasining tahlili




Download 1.53 Mb.
bet14/36
Sana10.04.2017
Hajmi1.53 Mb.
#3812
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
1.3. O’zbekiston Respublikasi kompaniyalarining xizmatlar sohasining tahlili

Korxonada xizmat ko’rsatish sohasida ham marketingni rivojlantirish iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy sharti va omilidir. Bunga erishish uchun mamlakatimizda raqobat va biznes muhiti yaratilgan bo’lishi lozim. Bu esa ushbu faoliyatga ta’sir etuvchi omillar bo’lib maydonga chiqadi.

Raqobat muhiti xo’jaliq yurituvchi sub’ektlar, ayniqsa tadbirkorlik sub’ektlari huquqiy tengligining ta’minlanganligi, tabaqalanmagan bir xil iqtisodiy erkinlikning joriy qilinganligi, ular faoliyatiga turli ma’muriy davlat idoralari aralashuvi bartaraf etilishiga qaratilgan qonunlar va me’yoriy hujjatlarning yaratilganligi va ular amal qilinayotgan holatdir.

Beznes muhiti beznesning barcha turlari bilan shug’ullanuvchi sub’ektlarga o’z foydasini ko’paytirishga qaratilgan, hamma uchun bir xil shart-sharoitlar yaratilgan erkin faoliyatni ta’minlaydigan holatning mavjudligidir.

Xizmat ko’rsatish sohasida marketing samaradorligini baholash va tahlil qilish uchun ularni ifodalovchi quyidagi ko’rsatkichlar tizimi ishlab chiqilishi taqozo etiladi:

-umumiy mehnat unumdorligi;

-xarajatlarning daromadlarga nisbatan ulushi;

-rentabellik ko’rsatkichi daromadga nisbatan;

-rentabellik ko’rsatkichi xarajatlarga nisbatan;

-har bir xodimga to’g’ri keladigan foyda summasi.

Ushbu ko’rsatkichlarning kompleks tahlili xizmat ko’rsatish sohasida samaradorlikni oshirishning konsteptual yo’nalishlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ammo mazkur ko’rsatkichlarning barchasini hisobotlar orqali to’plash imkoni bo’lmaydi, chunki xizmat ko’rsatuvchi sub’ektlarning ko’pchiligi yuridik shaxs maqomiga ega emaslar.

Barcha ko’rsatkichlarni bir xil o’lchamga keltirib olib, ular uchun yagona quyidagi kompleks ko’rsatkichni aniqlash mumkin:



Bunda: Kk – samaradorlikni ifodalovchi kompleks ko’rsatkich;

∑ - jamlash belgisi;

n – ko’rsatkichlarning umumiy soni;

i – bitta ko’rsatkichning tartib soni;

Ri – rentabellikni ifodalovchi alohida ko’rsatkichlar.

Bularga asosan, xizmat ko’rsatuvchi korxonalarning kuchli tomonlarini mehnatga haq to’lash tizimini isloh qilish mumkin (mehnatga haq to’lashning shartnoma asosida yo’lga qo’yilganligi). Bu esa xodimlarning yuqori malakaga ega ekanliklari bilan belgilanadi.

Shuningdek, bunday korxonaning zaif tomonlari aylanma mablag’larning etishmasligi hamda asbob-uskunalar parkini yangilash zarurati; mahsulotning yangi turlarini tez fursatda o’zlashtirishga yordam beradigan kiyimlarni modellashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlari mavjud emasligi; samarali sotuv tarmog’ining yo’qligi; kuchsiz marketing; reklamaning yo’qligi; kreditorlik va debitorlik qarzlarining o’sishi; marketing sohasida menejerlar malakasining etishmasligi – mahsulotning bozorda kuchsiz harakati; kompyuterlashtirish va avtomatlashtirishning past darajada ekanligidan iborat bo’ladi.



Xizmat ko’rsatish korxonalarida marketing omillari korxona faoliyati xususiyatlari va uning ichki imkoniyatlari va tashqi shart sharoitlaridan kelib chiqadi. Bu erda marketing va boshqa hamma oraliq faoliyat turlarining qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun yagona yo’naltiriladigan jarayonga birlashadi.

Bir qancha xususiyatlari bo’yicha bir-biriga o’xshash turli tovarlar yig’indisiga tovarlar assortimenti deyiladi. Masalan, uy xo’jaligini jixozlash uchun ishlatiladigan stol, stul, krovat, shkaf va shunga o’xshash mebel tovarlar assortimenti, oyoqqa kiyish uchun mo’ljallangan tufli, etik, tapochka va boshqalar poyafzal assortimentini tashkil etadi. Tovarlar assortimenti shakllanishi prinstipiga qarab ikki guruxga bo’linadi: ishlab chiqarish va savdo assortimenti. Ulgurji savdo tashkilotlarida ishlab chiqarish assortimenti savdo assortimentiga aytiladi. Masalan, rangli metallurgiya ministerligiga sanoat korxonalaridan kelgan latundan yasalgan idishlar xo’jalik magaziniga, alyuminiydan qilingan pardoz-andoz qilingan buyumlari attorlik magaziniga melxiorlan tayyorlangan qoshiq, vilka, pichoqlar zargarlik magaziniga jo’natiladi. Yoki yengil sanoat korxonalaridan keladigan ust kiyim va poyabzallar o’lchamiga qarab rayon univermag va «Bolalar dunyosi» magazinlariga yuboriladi. Kunora savdoning zimmasiga chakana savdo korxonalaridan etishmagan tovarlarni topib yetkazib berish vazifasi yuklatilgan. Shu sababli savdo sestemasidagi tovar zaxirasining asosiy qismi ulgurji savdo korxonalarida joylashtirilmoqda. Mamlakatimizda davlat savdosi va matbuot kooperastiyasida rag’banlantirish va boshqarishni takomillashtirishda ulgurji savdoda korxonalarning faoliyatiga baho berish chog’ida tuzilgan shartnomalarga muvofiq tovarlar etkazib berish yuzasidan olingan majburiyatlarning bajarilishi asosiy ko’rsatkichlar qatorida xisobga olinadi. Chakana savdo korxonalarida tovar assortimenti xar xil bo’lmasligi uchun ohirgi vaqtlarda ba’zi tovarlar guruxlari bo’yicha ulgurji chakana birlashmalari tashkil qilinmoqda. Tovarlar assortimentining hajmiga qarab oddiy va murakkab assortimentlik tovarlarga bo’linadi. Oddiy assortimentlik tovarlarning turlari ko’p bo’lmaydi. Ko’pincha madaniy xo’jalik mollarini assortimenti oddiy bo’ladi. Masalan, xolodilniklar katta-kichikligi va elektro lampalar quvvati bo’yicha 12 turga bo’linadi xolos. Sovun, bolg’a, daftar va shunga o’xshashlarning turi bundan ham kam. Murakkab assortimentlik tovarlar morfologik ko’rsatkichlari bo’yicha ko’p turlarg bo’linadi. Masalan poyafzallar katta-kichikligiga qarab 43 turga, birgina erkaklar tayyor kiyimi o’lchamiga qarab 15 turga bo’linadi. Bundan tashqari poyafzallar va kiyimlar va materiallar fasoni pardozi va ishlatilishi sharoitiga qarab har xil qilib chiqariladi. Tikuv kiyimlarining assortimenti kengligi 2500 ga etishi mumkin. Trikotaj buyumlarning preyskurantida 600 dan ortiq kiyim-kechak turlari uchraydi. Xali to’laroqqondirish maqsadida bunday tovarlardan ixtisoslashtirilgan magazinlarda sotilishi tavsiya qilingan. Mutaxassislarning xisobiga ko’ra bunday tovarlar yirik universal yoki ixtisoslashtirilgan magazinlarda sotilganda xaridorlar vaqti 20-25 % cha tejar ekan. Tovarlar tuzilishi murakkabligi bo’yicha 3 guruhga bo’linadi: maishiy texnik murakkab, oddiy va sodda tovarlar. Texnik murakkab maishiy tovarlar murakkab tuzilishdagi uchun sotishda maxsus bilish talab qilinadi. Bularga uy-xo’jalik, mashina va asboblari, foto kino, telefon va radio elektron apparatlar, transport vositalari, soatlar, cholg’u asboblari, yozuv elektron hisoblash, xisob xo’jalik mashinalari, gaz plita va boshqalar misol bo’la oladi. Sodda tuzilishdagi tovarlar deb, oddiy asbob-uskunalar yordamida chiqindilarda va mahalliy xom-ashyodan ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan mayda-chuyda madaniy va xo’jalik mollariga aytiladi. Masalan, mayda galanteriya va konstelyariya tovarlari o’yinchoqlar, ovchilik anjomlari, yodgorliklar, uy-ro’zg’or buyumlari shular jumlasidandir. Bulardan boshqa qolgan barcha tovarlar esa oddiy tuzilishdagi tovarlar guruhini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish va savdo assortimenti 3 ta ko’rsatkich bo’yicha baholash mumkin: kenglik, to’liqlik va tarkibiy tuzilishi. Assortimentning kengligi tovar turlarining sonini ko’rsatadi. Xalq iste’moli toarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat korxonalari keng assortimentda tovarlar ishlab chiqaradilar. Og’ir va mahalliy sanoat korxonalari ishlab chiqargan tovarlarning assortmenti tor bo’ladi. Shunga o’xshash ixtisoslashtirilgan va universal magazinlarda tovarlar assortimenti keng va kundalik ehtiyoj mollari magazinlarda toarlar assotimenti tor bo’ladi. Har bir magazinlarda maxsus «Tovarlar assortimentining ro’yhati» tasdiqlanadi. Tovarlarni ishlab chiqarish assortimentini shakllantirishda planlashtirish ishlari ikki xil kenglikda olib boriladi: guruhiy va mufassal. Talabnoma tuzishda ttovarlar guruhiy buyurtma va shartnomalar tuzishda mufassal assortiment shaklida ko’rsatiladi. Tovarlarning mufassal assortimenti kengligi tovarlarning mufassal assortimentini deb UTning oxirgi bosqichiga turkumlangan tovarlar yig’indisiga aytiladi. Buyurtma burilayotganda tovar etkazib berish to’g’risida shartnomalar tuzilayotganda tovarlarning o’lchami, rangi, pardozlari boshqa xususiyatlari batafsil ko’rsatilishi kerak. Tovarlarning mufassal assortimenti qanchalik keng bo’lsa iste’molchilarning noziq ehtiyojlarini qondirishga sharoit shunchalik keng bo’ladi, ammo xaddan oshiq kenglikdagi mufassal assortiment hisob-kitob ishlarini murakkablashtiradi, sotish jarayonida ko’p joy talab qiladi va shunday tovarlarni remont qilish muhkulroq bo’ladi. Hozirgi vaqtda sanoat 250 xil kir yuvish va 150 xil tozalash vositalari ishlab chiqaradi. Chakana korxonalardagi iroqi sovunlar turi 300dan, sintetik kir yuvish vositalari200dan, velosepedlar 90dan, radio priyomniklar turi 50dan, televizorlar turi45dan, magnitofon , xolodilnik va elektr uskunalar turi 35dan, magnitafon xolodilnik va xakozo. Marketing mutaxassislari shuni anik anglaydilarki iste’molchilar uchun maxsulot uramasi maxsulotning uzini aks ettiradi. Iste’molchilar uramaning shakli, rangi, yozuvlari, maxsulot belgisini kurib turib, instinktiv ravishda uni maxsulot imidji sifatida tasavvur etadilar. Marketing mutaxassislari uchun asosiy maksad kadoklashni asosiy sotuv kuroliga aylantirish va rakobatda shu orkali ustnlikka erishishdir. Shu sababli jaxonda kadoklash maksadlariga ajratilgan mablag mikdori oshib bormokda xamda maxsulot uramasini rejalashtirish axamiyatiga urgu berilmokda. Maxsulot uramasining juda kup funkstiyalari mavjuddir. Maxsulotni ximoya kilish, tashish, tarkatish, kurgazmaga kuyish singari vazifalardan tashkari kuyidagi funkstiyalarni xam bajaradi:

  • raqobatchi maxsulotlar ichidan ajralib turadi,

  • maxsulot belgisi va maxsulotni tanib olish xamda kayta-kayta sotib olishda muxim axamiyatga ega;

  • maxsulotni jalb etuvchi xususiyatlarini yanada oshirish;

  • maxsulot xususiyatlari xakida axborot berish

  • maxsulotning turi, ta’mi, xajmi va boshka xususiyatlarini aniklab keladi;

  • maxsulotni yanada kulayrok kilish, ochish va yopish, tashish va saklashni osonlashtirish;

Maxsulot uramasi iste’molchiga tuliq urama ichidagi maxsulot xaqida axborot berishi va iste’molchida maxsulot to’g’risida ijobiy fikr paydo etishi zarur. Bunda esa qadoqlash dizayni puxta rejalashtirilgan bo’lishi kerakdir. Maxsulotning qadoqlanish turi va shakli iste’molchilarning maxsulotni qabul kilish darajasiga ta’sir etgani singari maxsulot uramasining grafikasi xam maxsulotni xarid qilinish

darajasiga ta’sir etishi mumkin. O’rama grafikasi firmaning uziga xos bozor poziyasini aks ettirishi darkor.

Iste’molchi e’tiborini yaxshi va xar tomonlama tayyorlangan grafika bilan jalb etish juda murakkab masaladir. Bunda kuyidagi masalalarga e’tibor berish kerak:


  • Xarid jarayonida bizning grafika rakobatchi maxsulotlarga nisbatan iste’molchi e’tiborini kanchalik kuprok jalb eta oladi?

  • Bizning urama rakobatchilarnikidan nimasi bilan ajralib turadi?

  • Grafika maxsulotning iste’molchi uchun kiymatini kanday tarzda aks ettirayapti?

  • Grafika orkali iste’molchilarga yana kanday ma’lumotlarni etkazish mumkin?

Aksariyat xollarda, supermarketlar peshtaxtalari yoki bozor rastalari turli bir xil kategoriyadagi maxsulotlar bilan tulgan buladi, ular orasidan kerakli markadagi maxsulotni tanlab olishda, albatta, grafika katta rol uynaydi. Birok, juda yaxshi grafika yomon sifatli maxsulotni kutkarib koladi degan fikrga bormaslik kerak. Grafika maxsulotning muvaffakiyatiga kuchli ta’sir etuvchi omillardan biri deb kabul etilishi zarur. Grafika ikki xildagi ma’lumotlarni etkazadi: axborot beruvchi va emostional. Axborot beruvchi ma’lumotlar kuyidagilardir:

  • savdo belgisi

  • maxsulot nomi

  • maxsulot tavsifi

  • maxsulot xususiyatlari

  • maxsulot foydaliligi

  • targibot (promoshn) xabarlari

  • foydalanish buyicha tavsiyalar

  • boshqa maxsulotlar xaqida ma’lumot

  • kaloriyaviy tarkibi xakida ma’lumot

  • ogoxlantirishlar

  • tarkibi, xajmi va ogirligi

Grafikaning emostional tomoni inson tafakkuriga ta’sir etuvchi belgilar, masalan, rasmlar, yozuvlar uslubi, simvollar, rang, fon, illustrasiyalardan iborat buladi. Inson ukiy oladigan kismi ma’lumot beradi, koldan kismi – rang, shakli, belgilar va nakshlar

Maxsulot xakida ma’lumotlarni etkazish va u xakdagi imidjni shakllantirishda rasmlar va fotorasmlardan foydalanish juda muximdir. Ular maxsulotni aniklab, foydalanish jarayonini aks ettirib, iste’molchida ruxiy tafakkurni va ijobiy munosabatni shakllantirib keladi. Uramadagi foto va boshka rasmlar kuyidagi funkstiyalarni bajaradi:



  • maxsulotlar urtasidagi farkni anglatish

  • maxsulot funkstiyalarini aks ettirish, masalan, maxsulotni kadam-bakadam yigish instruksiyalari

  • xis-tuygu uygotish, masalan gullar rasmi

  • maxsulotdan foydalanish kanaka natijaga olib kelishini kursatish

  • xis-tuyguga erishilgan xolatni aks etirrish, masalan, tezlik yoki bayram ruxini aks ettirish.

Oziq-ovkaq maxsulotlari o’ramasida foto rasmlarni ishlatishning afzalligi yuqoridir. Yuqori sifatli foto rasm o’ramada aks ettiriladigan oziq-ovqat maxsulotini juda ishtaxali tarzda aks ettirishi mumkin. Biroq, o’ta ideallashtirishdan saqlanish zarurdir. Kichik maxsulotlar, masalan shirinliklar, saqich va tabletkalar illyustrasiylalar va chizmalar orqali aks ettirilishi maksadga muvofiqdir. Maxsulotlar sifati deganda-maxsulotni tashkil qilgan barcha xossalari, ya’ni ko’rsatma bo’yicha uni iste’molga loyiqligi tushiniladi. Maxsulotlarning asosiy sifat ko’rsatkichlariga uning iste’mollik qiymati, iste’molga tayyorlash va uni yaxshi saqlanishi kiradi. Savdo praktikasi ya’ni tajribasida maxsulot sifatli bo’lishi uchun uning sifat ko’rsatkichlari normativ xujjatlarga mos kelishi lozim. Maxsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillar: oziq-ovqat maxsulotlari asosan biologik ob’ektlar xisoblanadi (bug’doy, sabzavotlar, mevalar) yoki biologik kelib chiqqandir, ya’ni xosil bo’lgandir (go’sht, sut) O’simlik maxsulotlarining sifatini urug’ini yaxshiligidan, er va ob-havo sharoitlariga bog’liq. Iste’mol maxsulot sifatiga ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar, transportda tashish va saqlash sharoitlariga bog’liqdir. Nam maxsulotlarini pishirish uchun un va non uchun yumshoq bug’doy kerak bo’lganidek, makaron maxsulotlari uchun makaron uni va qattiq bug’doy kerak bo’ladi. Yuqori sifatli maxsulot ishlab chiqarish uchun, xom ashyo ham normativ xujjatlari talabiga mos kelishi lozim.

Tovarlarni tashish maxsus trasportlarda va belgilangan srokda olib borish lozim. Maxsus bo’lmagan transportda tovarlarni tashish nafaqat uni sifatini balki uni buzilishiga olib kelishi mumkin. Maxsulotlar sifatiga asosiy ta’sir uni saqlash muddati va sharoitlari ko’rsatadi. Saqlash muddatiga va saqlash joyiga rioya uqilmasligi qatiyan man etiladi.

Texnik analiz, mikroskopirovanie, fotometriya, xromotografiya, spektral analizdir. Texnik analiz oddiy priborlar asosida yordamchi asboblar tarozi, elaklar, mashtab, lineyka, shablonlar yordamida amalga oshiriladi.Bu usulni massa og’irlikni, kattalikni, qalinlik kabi o’lchamlar bilan tovar sifati aniqlanadi. Mikrokopirovanie usulida oddiy mikroskoplar yordamida ming barobar kattalashtirish bilan va elektron, skanirovka qiladigan elektron mikroskoplar, 20 ming barobar kattalashtirib beradigan mikroskoplardan foydalaniladi. Bulardan kraxmal ko’rinishi, mikroorganizmlar, materiya strukturalarini, oqsil molekulalari tuzilishini va boshqa sifat ko’rsatkichlarini aniqlash mumkin.

Fotometriya usuli bir qancha metodlarni o’z ichiga oladi va ular o’tkazish, yutish va qaytarish (tarqatish) usullariga asoslangan. Bu o’lchashlar bilan nur chiqaruvchi moddani: spektrofotmetriya, fotoxolorometriya, flyurometriya, mefelometriya va turdipimetriyalar bilan aniqlashimiz mumkin. Bu usullar bilan kam miqdodagi moddani tarkibini va xokazolarni aniqlashga imkon beradi.

Xramotografiya usuli bilan aminokislotalarni, yog’ kislotalarni, aromatik va buyovchi moddalarni aniqlashimiz mumkin.

Spektrial analiz mineral elementlarning sifatini va miqdorini aniqlash imkonini beradi. Bu metod analiz qilinayotgan moddamiz spektor parlarini aniqlaydi.

Kimyoviy va biokimyoviy analiz metodlari.

Bu metod har-xil kimyoviy jarayonlar va o’zgarishlar, kimyoviy reaktiv va fermentlar ishtirokida kejagina o’rganishga asoslangan.

Kimyoviyo moddalar bilan maxsulot tarkibidagi suv, oqsil, shakar, aminakislotalar, vitaminlar, mineral elementlarni aniqlashimiz mumkin.

Yuiokimyoviy metodlar bilan yangi uzilgan meva va sabzavotlarni nafas olishini, fermentlarni aktivligini va boshqa sifat ko’rsatkichlarni aniqlaydi.11

______________________________________________

11. Bagiev G.L., Tarasevich V.M., Ann X. Marketing. - M.: Ekonomika, 2001 y. 78 bet.





Download 1.53 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Download 1.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston Respublikasi kompaniyalarining xizmatlar sohasining tahlili

Download 1.53 Mb.