• «ShARQ ZIYoSI» GAZETASI HAQIDA MA’LUMOT
  • Gazeta haftada bir marta, A3 bichimda, 16 sahifadani borat,1-va 16-betlari rangli nashr etiladi. Gazeta O’zbekiston Matbuoti va Axborot agentligida 0553-raqami ro’yxatga olingan. 13
  • O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi “bank ishi” fakulтeтi




    Download 1.53 Mb.
    bet17/36
    Sana10.04.2017
    Hajmi1.53 Mb.
    #3812
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
    12. Veb-sayt: www.sharq.uz

    E-mailinfo@sharq.uz 2013 yil.

    2.2. «ShARQ» nashriyoti-matbaa akstiyadorlik kompaniyasining maxsulot ishlab chiqarish strategiyasi taxlili

    «ShARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida ishlab chiqarish bo’limi faoliyat ko’rsatadi. Nashrlarni bosmaga tayyorlash jarayonida professionalmas yondoshuvga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Bunda esa dizaynlar ishini aniq-raso takroran yaratishni va konkret ishlab chiqarish texnologik aniqligini ta’minlash nihoyatda zarurdir. Bosmaga tayyorlashning barcha bosqichlarida mutaxassislari pirovard natija uchun javob beradigan bitta kompaniyada dizaynga, bosmaga tayyorlash jarayoniga va bosmaning o’ziga buyurtma berish aslida eng maqbul va optimal tadbirdir. Shunday bo’lmagan hollarda ham biz buyurtmachi xohish-istagini inobatga olishga shay turamiz. Buyurtmachi bilan ishlash jarayonida ularning nihoyatda rang-barang talablarini qanoatlantiradigan matbaachilik mahsulotini bosmadan chiqarisha tayyorlaymiz, bosma mahsulotni yaratish uchun mavjud maketlarni optimallashtiramiz.

    Zamonaviy bosmaxonalarda matnlar kompyuterda teriladi va tahrir qilinadi. Illyustrastiyalar (badiiy bezaklar) ana shu matnga elektron qurilma — skaner yordamida kiritiladi. O’osil bo’lgan raqamli buyondan buyogiga ham ishlov berilishini, ya’ni retush va ranglar koorekstiyalanishi amalga oshirilishini talab qiladi. Tavsirlar sifavtli bosma mahsulot ishlab chiqarishga imkon beradigan holga keltirishga tayyorlagandan so’ngra tasvirlarning kompyuterda sahifalanishi amalga oshiriladi; bo’lғusi bosma mahsulot sahifalari monitor ekranida aks ettiriladi, unga matnlar, rasmlar, sxemalar, fotosuvratlar hamma-hammasi chiroyli va foydaanishga qulay bo’lishi uchun joylashtiriladi. Sahifalash dasturi va qo’shimcha yordamchi qurilmalar — skaner, printer va hokazolar bilan jihozlangan professional (personal) kompyuter esa  kundalik noshirchilik tizimi deb ataladi.

    SAHIFALASh

    Sahifalash — maketlashtirish yoki maket tayyorlash jarayonining tarkibiy qismidir. Matnli va badiiy bezakli bloklarni  maket dizaynini va so’zlarni to’ғri yozish talablarini inobatga olgan holda bichim — format maydonlariga joylashtirib chiqishni o’zida ifoda etadi.

    Nashrlar turlariga qarab har biri o’zining texnik va kompozistion xarakterdagi o’ziga xosliklariga ega bo’lgan gazeta, jurnal va kitob sahifalash usullari bir-biridan farqlanib turadi. Sahifalash noshirchilik tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi va monitor ekranida yoki printerda olingan qoғozdagi nusxasi orqali vizual — ko’zdan kechirish asnosida nazorat qilib boriladi.

    Biz istalgan har qanday maket sahifalanishi amalga oshirishga qodirmiz, jumladan:

    Jurnal / katalog/ broshyura

    Plakat / afisha / buklet

    Gazeta / kitob / vizitka / blankalar

    Buyurtmachining xohish-istagiga qarab:

    Tayyor maketni tuzatish

    Buyurtmachi ishtirokida shoshilinch sahifalash

    Matnlarni tuzatish asnosida yaxshilab qayta o’qib chiqish

    RAQAMLAShTIRISh

    Raqamlashtirish — bosma mahsulotda o’zgaruvchan raqamlarni chop etish jarayonidir. Maxsus qurilma — numetrator (raqamlovchi dastgoh) yordamida amalga oshiriladi. Tezkor matbaachilikda familiya, seriya va hokazolar singari o’zgaruvchan ma’lumotlar ustida ishlashga imkon beradi.

    TASVIRLARNI TAYYoRLASh

    Chop etish yoki bosma jarayonida tasvirlarning nihoyatda sifatli va yaxshi chiqishini ta’minlash maqsadida tasvirlarni bosmaga tayyorlash jarayoni amalga oshiriladi. Maxsus jarayoni maxsus grafik dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Tasvirlarni bosmaga tayyorlash esa retush va ranglar korrekstiyasi, shuningdek, tasvirlarga ishlab berishga oid boshqa jarayonlarni o’z ichiga oladi.

    Retush — tavsirga tuzatishlar kiritish yoki undan qandaydir elementlarni chiqarib tashlash (yoki qo’shib qo’yish) jarayonini o’zida ifoda etadi. Misol tariqasida tavsirning keraksiz detallarini, saktaliklarini olib tashlash, kompozistiyasini o’zgartirishni aytib o’tish mumkin. Kishi terisidagi nuqsonlar, modelning kiyim-kechagidagi chang-kir singari saktaliklarni ketkazish uchun retushdan tez-tez foydalanib turiladi. Retushning texnik retush va badiiy retush singari turlari mavjud.

    Texnik retush — material kamchiliklari (chang-kir, tirnalgan, singan, qatlangan joylari) yashirishga yo’naltirilgan.

    Badiiy retush — ob’ektning shakli, o’lchamlari va boshqa xaraktekristiklariga tuzatishlar kiritishdir (fotosuvratga elementlar kiritish / chiqarib tashlash, masalan, kishilar yuzidagi ajin va burishiqlarni ketkazish mumkin).

    Tasvir orientastiyasi — tahrir dasturlari tasvirlarni istalgan har qanday burchak ostida  burib qo’yishi yoki teskari aks ettirishi mumkin.

    Boshqa bosmaxonalar uchun sahifalar ishga tushirish

    Filtrlar va maxsus effektlardan tasvirni g’ayriodatiy ko’rinishga keltirish uchun foydalaniladi. Filtr yordamda kartina — tasvir va rasm g’ayriodatiy tarzda o’zgartirib yuborilishi, usulga olinishi, hajmdor relef ko’rinishi qo’shilishi, ranglari o’zgartirilishi mumkin.

    Ranglar korrekstiyasi — origanal rangiga o’zgartirishlar kiritish jarayonidir. Ranglar korrekstiyasi yordamida tasvir ranglar balansi tabiiy ko’rinishga keltirishi (masalan, skanirlashdan avval birlamchi tasvir ranglar balansi) yoki bosmadan chiqarish uchun zarur balansga keltirishi mumkin (bunda ranglar to’liq o’zgartirilishi ham mumkin).

    Ranglar korrekstiyasi qo’llanishi sabablari esa tasvirlarning etarlicha bo’lmagan yoki ortiqcha bo’lgan kontrastligi, xiraligi, tasvirning uniqib ketganligidan iborat bo’ladi. Shuningdek, muayyan bir nashr fototasvirari va dizayni yoki materiallar mazmun-mundarijasi o’rtasida fotografiya san’atidagi fotoni bosmadan chiqarish jarayoniga o’xshash bir holda uyғunlikni vujudga kelirish uchun ham ranglar koorekstiyasi amalga oshirilishi zarur ekanligini ta’kidlab o’tish zarur. Boshqa xar qanday metodlar singari ranglar korreksiyasini buyurtmachi ijodiy niyatlari yoki xohish-istaklarini ro’yobga chiqarish vositasi sifatida qo’llash mumkin.


    Buyurtmachining xohish-istagiga ko’ra:

    • skanirlash;

    • ranglar korrekstiyasi;

    • logotiplarga rang berish;

    • kollaj;

    • retush amalga oshiriladi.

    Ranglar probasi — bosma mahsulot adadi ishlab chiqarilishi jarayonida ranglarni takroran yaratish uchun namuna bo’lib xizmat qiluvchi tasvirdir. Ranglar probasini tayyorlash — qandaydir rang tashuvchida bosma mahsulot nazorat tariqasidagi rangli tasvirini olish (masalan, bosma mahsulot asosiy adadi chop etiladigan qoQozda). Analog (rastr), yarim tusli (raqamli) va ekrandagi rang probasi singari turlarga ajratiladi.

    Analog ranglar probasi

    Ranglar probasi maxsus uskuna yorlamida amalga oshiriladi. Analog ranglar probasi uchun birlamchi material sifatida ranglar ajratilgan plenkalar xizmat qiladi. Maxsus tasvir tashuvchida ranglar probasi amalga oshirilayotganda navbati bilan CMYK ranglari bo’yoqlari kiritiladi. Analog ranglar probasi raqamli ranglar probasiga qaraganda unchalik moslashuvchan emas, shuningdek, konkret matbaachilik ishlab chiqarishi bosmasining har qanday o’ziga xos jihatlarini inobatga olishga imkon bermaydi. Biroq, amaliyot aynan ana shu ranglar probasini qo’llash uning nihoyatda ishonarli va chidamli bo’lishini ta’minlab berishini isbotlamoqda. Analog ranglar probasini amalga oshirayotganda ana probani ishga solayotgan konkret kishining professionalligi — o’z ishining ustasi bo’lishi, uning xatti-harakatlari aniq-rasoligi va to’g’riligi, asbob-uskunalar aniq-rasoligi muhim rol o’ynaydi.

    Raqamli ranglar probasi

    Ranglar prpobasi komplekslari tarkibida ana shu maqsadlar uchun maxsus ishlab chiqarilgan bosma qurilmalari yordamida ham, sifatli surilmali printerlar (masalan, Epson Stylis Pro)dan foydalangan holda amalga oshiriladi. Raqamli ranglar probasi konkret matbaachilik ishlab chiqarishinin har qanday o’ziga xos eihatlarini inobatga olishga imkon beradi.

    Ekranda ranglar probasi

    Bu holda kompyuter ekranidagi «suvratcha» tasvir namunasi bo’lib xizmat qiladi. Ekranda ranglar probasining asosiy afzalligi uning tezkor amalga oshirilishi va uncha qimmatga tushmasligidir. Biroq bunday tizimlardan foydalanish uchun matbaachi (pechatnik) maxsus ko’nikma va mahoratga ega bo’lishi lozim, negaki qoғozda bosmadan chiqarilgan tavsir va montirdagi tasvirni inson turlicha idroq etadi va ko’radi.

    SKANIRLASh

    Skanirlash – qog’oz manbalar (fotosurat, jurnal, kitob va hokazo) yoki plenkadan maxsus qurilma - skanir yordamida raqamli tasvir olishdir.

    Tavsir skanirlanishi sifatiga ko’plab omillar ta’sir o’tkazadi: skanirning texnik imkoniyatlari, birlamchi materilning sifati darajasi va boshqalar. Mabodo original — asl nusxa aniq-raso, xira, sifati yomon bo’lsa, hatto eng zamonaviy qurilmadan foydalanib bo’lsa-da, yuqori sifatli tasvir — nusxa olib bo’lmaydi. Raqamli tasvir olish ko’pincha qo’shimcha ishlov berishga — retush va ranglar korekstiyasi amalga oshirilishiga ehtiyoj tug’diradi.

    Axborot elektron vositalarini hoyatda keng tarqalishiga qaramasdan, ommaviy axborot vositasi sifatida gazetalar o’za hamiyati hali-hanuz saqlab qolmoqda. Ammo gazetalar shakllari, mazmun-mundarijasi va konstepstiyalari o’zgarishlarga uchradi. Quyidagilarni bunga misol tariqasida ayti bo’tish mumkin:


    • murakkab rangli tasvirlar bilan bezatish va sahifalash;

    • nashr etish vaqtiga boғliq holda gazetalar hajmi (sahifalari soni);

    • nashrga qo’shimcha tariqasida kiritiladigan, ammo alohida chop etiladigani lovalar.

    Mazmun-mundarijaga nisbatan quyidagilar niaytish o’tish mumkin:

    • kundalik gazetalar rastionallashuvi, ya’ni har qaysi nashr konkret sohalardagi voqealar ko’rib chiqiladigan birqan chavariantlarda chop etiladi;

    • hammintaqaviy, hammintaqalararo reklama beruvchilaruchun reklama nashrlar kelib qo’shilishi;

    • ko’ngil ochar ermaklar va ta’lim berish vositalari (adabiyi lovalar) mavjudligi.

    Ana shu talablar ishlab chiqarishda gazetalar quyidagilardan tarkib topishidan kelib chiqqan holda bajariladi:

    • mintaqalar arova mintaqaviy bloklardan tarkib topgan asosiy (bazaviy) qism. Bazaviy qism sarala bajratish liniyasiga bevosita ulangan bosma agregatida ishlab chiqariladi;

    • asosiy nashr bosmadan chiqarilishida navavl chop etiladigan va falstovkalanadigan (odat daoldingi ishs menasida), keyin esayi Qiladigan va zar urpaytda komplektlash liniyasiga uzatiladigan ilovalar (buqism «tahririyat ilovasi» deb hamataladi;

    • asosan hamkor korxonalar etkazib beriladigan turlib ichimdagi qismlarni o’ziga ifoda etuchi maxsus ilovalar (masalan, ofset va botiq bosma mahsulotlari).

    Gazetani jo’natishga tayyorlash dashi asosiy qiyinchilik va murakkablik asosiy qism va turli ilovalardann muayyan nashrni aniq-rasova tez saralab jamla bolishdir. Ko’p hollarda nashr variantlariga bo Qliqravishda ilovalar bir-biridan farq qiladi. Adad segmentlash ibborishga qaratilgan tendenstiya kuchayib bormoqda. Yuklab jo’natish muayn muddatiga qarab nashr krnkret variantlari miqdorini tayyorlash vazifasi qo’yilmoqda (masalan, yuklash joyi jaturgan transport). Ayni mahalda bosma nashrlarni tarqatishning turli yo’llari (asosan chakana sotish yoki obuna bo’yicha pochta orqali yoki kur’eryordami datar qatish) ham bosma mahsulotlarni turlicha o’ramalashni talab qishini inobatga olish kerak bo’ladi.

    «ShARQ ZIYoSI» GAZETASI HAQIDA MA’LUMOT


    Gazetaning 1-soni 2008 yil 10 oktyabrda nashr etildi. O’tgan qisqa davrichida gazeta o’z muxlislarini topa oldi.

    Xalqimizga ma’rifat ulashishni o’zining birinchigaldagi vazifasi etib belgilagan gazetaning butun faoliyati ma’naviy va ma’rifiy yo’nalishga qaratilgandir.

    Shuning uchun ham uning sahifalarida xalqimizning ko’p ming yillik o’tmishi va ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy va moddiy meroslarimiz haqidagi xilma-xilma qolalarga keng o’rin beriladi.

    Xalqimizning Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, O’tkir Hoshimov, Xudoyberdi To’xtaboev, Muhammad Ali, To’lan Nizom, Tohir Malik, Uchqun Nazarov, Abduqahor Ibroimov, Oydin Hojieva, Anvar Obidjon, Oxunjon Hakim, Sirojiddin Sayid, Iqbol Mirzo, Erkin Usmonov, Luqmon Bo’rixon kabi sevimli yozuvchi va shoirlari asarlaridan parchalar, ularning fikr-mulohazalari yoritilgan maqolalar «ShARQ ziyosi» gazetasida berib boriladi.

    ShARQ mumtoz she’riyati, o’ arbada biyotina moyandalari, haqidagi materiallar ham gazetxonlar uchun qiziqarli va foydali bo’lishi shubhasiz.

    Bundan tashqari, «ShARQ ziyosi» gazetasi dunyo va yurtimizdagi eng so’nggi yangiliklar, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim sohasidagi isloqotlarni ham muntaza myoritib boradi. Unda sport xabarlariga ham keng ajratiladi. Dam olish vaqtlarini ko’ngilli o’tkazishlari uchun skanvord, icha kuzdi hajviyalar, latifalar, sport xabarlari, munajjimlar bashorati, skanvordlar doimo berib boriladi.

    Gazeta tashkil etilgan davrdan shukungacha «ShARQ» nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi uning muassasasi hisoblanadi. Tahririyat kompaniya ko’magini doimo hisqilib turadi.

    Hozir gazeta bosh muharriri vazifasini Qodirjon Qayumov bajarib kelmoqda. Jamoada Ғayrat Shirinov (mas’ul kotib), Norsafar Imomov, Maqsuda Husanova, Sultonbek Qayumov, Sarvinoz Abduxodjaeva, Nigora Murodovadani borati jodiy guruh gazetaning har bir sonini mazmunli, o’qishli va dizayn jihatdan rang-barang qilish uchun izlanmoqdalar.



    Gazeta haftada bir marta, A3 bichimda, 16 sahifadani borat,1-va 16-betlari rangli nashr etiladi. Gazeta O’zbekiston Matbuoti va Axborot agentligida 0553-raqami ro’yxatga olingan.13

    _____________________

    13.Veb-sayt: www.sharq.uz E-mail: info@sharq.uz 2013 yil.



    Download 1.53 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




    Download 1.53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekisтon respublikasi oliy va o’rтa maхsus тa’lim vazirligi тoshkenт davlaт iqтisodiyoт universiтeтi “bank ishi” fakulтeтi

    Download 1.53 Mb.