bakalavr (16-sinf) diplomiga ega bo‘ladi. Bunday sinflarga ega bo‘lgan texnologik
maktablar Isroil yoki chet el univesitetlari bilan shartnomaga ega bo‘lib, shu
universitetlarning diplomlarini berishadi. Isroil davlatida texnologik (kasb-hunar)
ta’limga juda katta e’tibor qaratilgan va turli -tuman ko‘rinishdagi o‘quv
muassasalarida amalga oshiriladi. Bular jumlasiga texnologik maktablar, kollejlar,
pedagogik markazlar va boshqalar kiradi. Ularning aksariyati ishlab chiqarish yoki
firmalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, mutaxassislik yo‘nalishlariga ega. Masalan:
elektronika, kompyuter, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, kimyo, grajdan dengiz floti
va boshqalar. Hozir Isroil davlatida joriy qilinayotgan ta’lim texnologiyasi ko‘ra
sinflarda o‘quvchilarni o‘zlashtirish darajasiga qarab tabahalarga ajratib o‘qitiladi.
Ta’lim barcha fanlar bo‘yicha hayot va tabiat bilan bog‘lagan holda olib boriladi.
Fanlarning uzviy bog‘lanishi doimo ko‘zga tashlanib turdi. Oliy ta’lim tizimi uch
bosqichli:
1. Bakalavriatura - 4 yil,
2. Magistratura - 2 yil,
3. Doktorantura - 3 yil.
Bakalavr va magistr uchun o‘qish Isroilda, doktorantura asosan evropa va
AQSH da amalga oshiriladi. Isroil davlatida malaka oshirishga asosan ikki guruh
omillar ta’sir qiladi:
1. Ijtimoiy-madaniy omillar:
a) jamiyatni ko‘p madaniyatliligi (turli davlatlardan kelgan repatriantlar o‘ziga xos
madaniyatga ega); b) turli din vakillarining yirik qatlamlarining borligi (iudeylar,
musulmonlar, xristianlar va ularning turli oqimlari); v) turli yillardagi
repatriantlarning katta oqimi (50-, 70-, va 90- yillar). 2. Pedagogik omillar: a)
texnologik ta’limga o‘tish; b) o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishiga
yo‘naltirilgan ta’lim (ayniqsa o‘rta va texnologik ta’limda); v) o‘quv yurtlarini
kompyuterlashtirish davlat dasturi va uning juda yuqori suratlarda amalga
oshirilishi; g) mutaxassislarni tayyorlashdagi ko‘p bosqichlilik. Ushbu faktorlar
malaka oshirishning mazmunini tashkil etadi va uning samaradorligini, malaka
oshirish kelajagini aniqlashda hisobga olinadi. Bu dastur Vazirlik va
munitsipialitetlar darajasida boshqariladi. Mutaxassis (bakalavr, magistr, doktor)
istagan ko‘rinishdagi o‘quv yurtida pedagog sifatida ishlashi uchun albatta bir yil
o‘qib pedagogik faoliyat ko‘rsatish huquqini olishi kerak. Bu o‘qish
universitetlarning pedagogik fakultetlarida, pedagogik kollej va markazlarda
amalga oshiriladi.