professional va pedogogik malakasini oshirish va birorta xobbi bilan shug‘illanish
uchun bir yil to‘liq ish xaqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi, ya’ni sabatiklga
chiqadi (AQSH sistemasi). Bu vaqtda u boshqa joyda ishlashga haqqi yo‘q.
Pedagog sabatikl davrida albatta malakasini oshirish uchun kurslar eshitadi,
individual va guruhlarda maslahatlar oladi, kutubxanalarda va Internet to‘rida
mustaqil ravishda malakasini oshiradi. 2. Universitet professorlaridan tashqari
barcha toifadagi o‘quv yurtlarining pedagoglari joriy malaka oshirishlardan o‘tib
turishi kerak. Buning uchun xafta metodik kun beriladi. Metodik kunda malaka
oshirish uchun 2 soatga ekvivalent qo‘shimcha xaq to‘lanadi. Bu kunda u o‘zining
professional va pedagogik malakasini oshirish uchun kurslarga qatnashi kerak.
Kurslarga har xafta yoki soatlar (mablag‘) yig‘ilganda birdaniga qatnashi mumkin.
Kurslar natijasida pedagog kredit to‘playdi. Minimal kredit yoki kredit birligi 112
soatga teng. Pedagog 112 soatlik kreditlardan ikkitasini yiqqandan so‘ng malaka
oshirgan hisoblanib, maoshiga 1,6 % qo‘shiladi. Bu jarayon o‘suvchi koeffitsient
bilan uzluksiz davom etadi va maoshni 30 % gacha oshishiga imkon beradi.
Malaka oshirish uchun imkoniyatlar juda katta bo‘lib, u malakali mutaxassislar,
texnika resurslari va moliyaviy jihatdan ta’minlangan. Ta’limga, ajratilgan
mablag‘lar juda katta bo‘lib, davlat byudjetining 11 % va munitsipialitetlarning
40% gacha byudjetini tashkil qiladi. Bundan tashqari chet ellardagi homiylar CHet
el ta’lim texnologiyalarini o‘rganish, ularni tanqidiy tahlil qilish va ular bilan o‘z
tajribalarimizni boyitish «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunni va «Kadrlar tayyorlash
bo‘yicha milliy dastur»ni amalga oshirishda o‘ta muhimdir. Jahonning etakchi
mamlakatlarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish doimiy tadbir sifatida e’tirof
etiladi va maxsus fan sifatida o‘quv yurtlarida o‘qitiladi. Lekin kasbiy faoliyatga
yo‘llash tizimi hozircha etarli darajada samara berayotgani yo‘q. Buning asosiy
sababi tizim tarkibidagi nuqsonlar bo‘lmay, balki o‘quvchilarni kasbga
yo‘naltirishning ijtimoiy determinizatsiyasidir. Masalan,