• Universitetlarda bakalavr bosqichi to‘rt yarim yilgacha, magistratura bir yildan to‘rt yilgacha
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti “kasb ta’limi” kafedrasi




    Download 0,76 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/53
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,76 Mb.
    #253273
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53
    Bog'liq
    pedagogika psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollash

    Germaniyada maktab ta’limi
    . Germaniyada Evropaning boshqa 
    davlatlariga qaraganda 
    bepul oliy ta’lim olish imkoniyati ko‘proq. 
    Nodavlat 
    jamg‘armalar hamda hukumat grantlari asosida xorijliklar ham nemis 
    universitetlarida tahsil olishi mumkin. YUqorida ta’kidlaganimizdek, mahalliy 
    gimnaziyalarni bitirib, etuklik shahodatnomasi olgan yoshlar universitetlarga 
    imtihonsiz kiradi (Lekin ba’zi yo‘nalishlar, masalan, tibbiyot bo‘yicha kirish 
    imtihonlari o‘tkazilishi ham mumkin). CHel elliklar esa o‘qishga kirish uchun 
    nemis tili bo‘yicha imtihon (
    DSH - Pruefung
    )dan o‘tadi. 
    Universitetlarda bakalavr 
    bosqichi to‘rt yarim yilgacha, magistratura bir yildan to‘rt yilgacha, 
    doktorantura ikki yildan besh yilgacha. Odatda, bakalavriat va magistratura 
    talabalari o‘qish yakunida davlat imtihoni (statsprufung) topshiradi va 
    dissertatsiya himoya qiladi. Talaba o‘qish uchun qishki yoki yozgi o‘quv 
    mavsumini tanlash huquqiga ega. YOzgi mavsum aprel-sentabr, qishkisi esa 
    oktabr-mart oylarini o‘z ichiga oladi. 
    Germaniya Geydelberg, Kyoln, Freiburg, 
    Tyubingen kabi qadimiy universitetlar vatani hisoblanadi. 1386 yilda asos solingan 
    Geydelberg universiteti ko‘hna qit’aning eng nufuzli oliy ta’lim dargohlari 
    ro‘yxatiga kiritilgan. O‘rta asrlardayoq ushbu universitetga kirish 
    evropalik 
    aslzodalarning orzusi bo‘lgan. 
    Germaniyaning mo‘‘jazgina Geydelberg shahrida 
    joylashgan mazkur universitetning nufuzi hozir ham baland. Bu erdan Gegel, 
    YAspers kabi jahon tanigan olimlar, o‘nga yaqin Nobel mukofoti egalari etishib 
    chiqqan. Universitet yurisprudensiya, biologiya, kimyo, tibbiyot yo‘nalishlarida 
    kuchli kadrlar tayyorlaydi. Bu erda o‘qiydigan 25 ming talabaning 12 foizi 
    xorijliklardir. Myunxendagi 
    Lyudvig-Maksimillian 
    universiteti Evropani tibbiyot 
    bo‘yicha etuk mutaxassislar bilan ta’minlaydi. Besh asrlik tarixga ega bo‘lgan 
    ta’lim maskanida ayni paytda 44 ming talaba tahsil oladi. Kasbiy oliy maktablar 
    yoki institutlar (fachhochschulen) olmon ta’lim tizimining o‘ziga xos bo‘g‘ini 
    sifatida muhandis, iqtisodchi, dizayner, mashinasozlik, ishlab chiqarish, axborot 
    texnologiyalari va sog‘liqni saqlash yo‘nalishlarida mutaxassislar etkazib beradi. 
    Axen, Bremen, Bonn, Frankfurt, Gamburg, Kyoln, Marburg kabi universitetlarga 
    ham talabgorlar ko‘p. Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyaning 370dan oshiq oliy 
    ta’lim muassasalarida
    2 millionga yaqin talaba
    , jumladan, 246 ming xorijlik tahsil 
    olmoqda. Olmon yurti chet ellik talabalar soni bo‘yicha dunyoda AQSH va Buyuk 
    34 


    Britaniyadan keyingi o‘rinda turadi. Germaniya maktablarida kompetentlikni 
    shakllantirishda turli xil interaktiv metodlardan, masalan: 
    fidbek, jamoali o‘qish, 
    hamkorlikda o‘qitish, guruhli ishlash, intervyu, mustaqil o‘qish, men-sen-bu 
    metodi, svetofor 
    kabi ko‘plab metodlardan foydalanishadi.
    Germaniyada 
    6 ballik 
    baholash tizimi qabul qilingan.
    O‘quvchilar fanlarni eng kamida «4»ga o‘zlashtirish kerak. 

    Download 0,76 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   53




    Download 0,76 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti “kasb ta’limi” kafedrasi

    Download 0,76 Mb.
    Pdf ko'rish