O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti “kasb ta’limi” kafedrasi




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/53
Sana25.05.2024
Hajmi0,76 Mb.
#253273
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
Bog'liq
pedagogika psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollash

3.Germaniyada ta’lim tizimi 
 
Germaniya – ta’lim va kasbga yo‘naltirish, ilm va ilmiy tadqiqotlar davlati. 
Ko‘plab Nobel mukofoti laureatlari, yuqori darajadagi ilmiy izlanishdagi 
yutuqlarga ega bo‘lgan, ko‘p loyihalarga moliyaviy yordam berib kelayotgan, har 
xil davlatlardan kelgan o‘quvchilarni o‘qitadigan davlatdir. Germaniya 
31 


Konstitutsiyasiga muvofiq, maktab ta’limi davlat nazoratida. Mamlakatda o‘n 
oltita federal er mavjud bo‘lsa, ularning har biri o‘zining ta’lim to‘g‘risidagi 
qonuniga ega. SHu sababli federal erlarda maktab ta’limida ayrim farqlar bor. 
Germaniya va
O‘zbekiston ta’lim tizimi taqqosi 
Germaniya ta’lim tizimi
Germaniyada uzluksiz ta’lim tizimi O‘zbekiston uzluksiz ta’lim tizimi 
1. Bolalar bog‘chasi
2. Boshlang‘ich maktab
3. Asosiy maktab
4. Real maktab
5. Gimnaziya
6. Birlashgan maktab
7. Oliy ta’lim
8. Malaka oshirish va qayta 
tayyorlash
1. Maktabgacha ta’lim
2. Umumiy o‘rta ta’lim
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim
4. Oliy ta’lim
5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim 
(Aspirantura PHD, doktorantura D of scines) 
6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni 
qayta tayyorlash
7. Maktabdan tashqari ta’lim
Germaniyada maktab ta’limi majburiy va bepul. 6 yoshdan 18 yoshgacha 
fuqarolar majburiy tartibda ta’lim olishi shart. Maktab ta’lim tizimi kuyidagi 
bosqichlarga bo‘linadi:
• boshlang‘ich (primarstufe),
• o‘rta (sekundarstufe I)
yuqori (sekundarstufeII) 
Germaniyada maktabgacha ta’lim muassasalari davlat tizimiga kirmaydi. 
Bolalar bog‘chasi xayriya jamg‘armalari, mahalliy hokimiyat hamda cherkov 
vasiyligida faoliyat yuritadi. SHu bilan birga korxona va tashkilotlar ham o‘z 
bog‘chasiga ega bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tizimi (elementarbereich) 3 
yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi. Hali aqlini tanib 
ulgurmagan bolalarda o‘z fikrini ifodalash, tengdoshlari va kattalar bilan muloqot 
qilish qobiliyatini shakllantirish, ularni boshlang‘ich ta’limga tayyorlashda 
bog‘chalarning o‘rni katta. SHu bois ham olmonlar bog‘chalarni "tafakkur 
ustaxonasi
‖ deb atashadi. Boshlang‘ich maktabga bolalar 6 yoshdan qabul qilinadi. 
O‘qish asosan 4 yil, Berlin va Brandenburgda esa 6 yil davom etadi. Dastlabki 2 
yil mobaynida o‘quvchilar baqolanmaydi. O‘qituvchilar baho o‘rniga bolaning 
individual rivojlanish holati xususida hisobot tayyorlaydi va o‘zlashtirish 
tavsifnomasi beriladi.O‘quvchilarga 3-sinfdan baho qo‘yila boshlaydi. 5-6 sinflar 
bolalarning rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda bolalar 
keyingi ta’lim turiga yo‘naltirilishi uchun kuzatuvda bo‘ladi. Bolaning 
boshlang‘ich sinflardan keyin qaysi maktab turida o‘qishni davom ettirishi 
32 


boshlang‘ich maktab tavsiyasi, uning o‘zlashtirishi hamda ota-onasining 
xohishlariga bog‘liq. Germaniyada 6 ballik baholash tizimi qabul qilingan. 
O‘quvchilar fanlarni eng kamida «4»ga o‘zlashtirishi kerak. Boshlang‘ich 
bosqichda bolalarga matematika, nemis tili, tabiatshunoslik, musiqa, estetika 
fanlari o‘tiladi. Bolalarning deyarli 20 % o‘qishni 
asosiy maktablarda 
(hauptschule) davom ettiradilar. Ushbu maktab asosiy umumiy ta’limni beradi. 
Asosiy maktabni muvaffaqiyatli tugallash ko‘p xollarda dual kasbiy ta’lim tizimiga 
o‘tish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va ko‘plab xunarlarni o‘rganish uchun yo‘l 
ochadi. Bu erda bolalar 9- sinfgacha o‘qitiladi. Asosiy maktablarda oliy ta’lim 
muassasalarida o‘qish niyati yo‘q bo‘lgan, biror bir kasb etagidan tutishni 
ko‘zlagan o‘quvchilar ta’lim oladi. Bu turdagi maktablarda bazaviy bilimlar 
beriladi va asosiy e’tibor amaliy mashg‘ulotlarga qaratiladi. Asosiy maktabni 
tugatgan o‘smirlar tugallanmagan o‘rta ta’lim haqida shahodatnoma oladi. Ushbu 
hujjat bilan kasb-hunar maktablari 
(berufsschule yoki proffesionalschule)
ga kirish 
mumkin. Bizdagi KXKlariga o‘xshab ketadigan mazkur maktablarda talaba 
muayyan kasb-hunar bo‘yicha bilim va tajriba oshiradi. O‘quvchilar o‘rta 
ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan 
gimnaziyada 
(gymnasium) to‘qqiz yil 5-13 
sinfgacha ta’lim oladi. Real maktabning 10-sinfini tamomlagan yoshlar esa 
gimnaziyada 3 yil o‘qiydi. Mazkur ta’lim dargohida gumanitar, tabiiy fanlar va 
xorijiy tillar chuqur o‘rgatiladi. O‘quvchilar 11 sinfdan tanlagan yo‘nalishidan 
kelib chiqib, asosiy vaqtini bir necha fanni chuqur o‘rganishga sarflaydi. 
Gimnaziya - oliy ta’limga tayyorgarlikning hal qiluvchi bosqichi. Negaki, 
gimnaziyani 
tugatganlik 
to‘g‘risidagi 
etuklik 
shahodatnomasi 
(
abitur

universitetga imtihonsiz kirish huquqini beradi. 
Ammo etuklik shahodatnomasini 
olish oson emas. O‘quvchiga ushbu hujjatni berishda uning o‘n uch yil davomidagi 
natijalari hamda 4 fan bo‘yicha yakuniy imtihon baqolari inobatga olinadi. Olmon 
zaminida oliy o‘quv yurtiga kirish uchun o‘n uch yil yaxshi natija bilan o‘qish 
kerak. Ana shundan keyingina universitet yo‘llari ochiladi. Ta’lim tizimida 
umumiy maktablar (gesamschule) ham mavjud. Unda yuqorida zikr etilgan 
maktablar dasturi o‘n yil davomida uyg‘un holda o‘qitiladi, ya’ni o‘quvchilar ham 
gumanitar, ham texnik fanlar yo‘nalishida bilim oladi. Umumiy maktab 
bitiruvchilari ham so‘nggi 3 yillik majburiy ta’limni gimnaziyada davom ettiradi. 
Birlashgan maktab boshlang‘ich maktabdan keyin o‘tiladigan maktab turlaridan 
yana biridir. Ushbu maktabda asosiy va real maktablarni bitirgandagi 
guvohnomalar beriladi. Agar unda gimnaziyaning yuqori sinflari mavjud bo‘lsa, u 
holda etuklik shahodatnomasi beriladi. Germaniyada davlatga qarashli maktablar 
bilan birga xususiy ta’lim maskanlari ham faoliyat yuritadi. Xususiy maktablar 
o‘rta ta’lim maskanlarining 2 foizini tashkil etadi. O‘quv dasturlari an’anaviy 
maktablardan farq qiluvchi xususiy maktablarni Federal ta’lim va madaniyat 
vazirligi nazorat qiladi. Xususiy maktablar sanoat, til, kosmetika, gimnastika, uy 
33 


xo‘jaligi kabi ixtisoslashgan yo‘nalishlarda ta’lim beradi. Nodavlat ta’lim 
maskanlari bir-birini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy maktablar uyushmasi 
(Bundesverband Deutscher Privatschulen)ga birlashgan. SHuningdek, nogiron va 
aqliy qobiliyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktablar ochilgan. Olmon 
maktablarida xorijlik fuqarolar ham ta’lim olishi mumkin. Xorijliklar mahalliy 
shart-sharoitga moslashishi, nemis tilini puxta o‘zlashtirishi uchun tayyorlov 
kurslari tashkil etiladi. Nemis pedagoglari iste’dodsiz o‘quvchining o‘zi yo‘q, deb 
hisoblashadi.

Download 0,76 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti “kasb ta’limi” kafedrasi

Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish