|
TARBIYA” MAVZUSINING MAZMUN MOHIYATIBog'liq pedagogika psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollashTARBIYA” MAVZUSINING MAZMUN MOHIYATI
Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasi ta’limi tizimi
2.Chet ellarda kasbga yo‘naltirish ishlari haqida umumiy ma’lumot.
3.AQSH da kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
haqida. 4.Germaniyada ta’lim tizimi
1.Chet ellarda kasbga yo‘naltirish ishlari haqida umumiy ma’lumot
.
O‘zbekiston jahon andozalariga mos keladigan ko‘p bosqichli ta’lim tizimiga
o‘tmoqda. Ta’lim texnologiyalari jahon andozalariga mos keladimi, ilg‘or
tajribalar ta’lim texnologiyalariga kirib bormoqdami? - degan savol hammamiz
uchun o‘ta muhimdir. Biz foydalanadigan ta’lim texnologiyalari shaxsni
rivojlanishiga, mustaqil ishlashga o‘rgatishi zarur. Chet el tajribalarini o‘rganib,
ularni sharoitimizga moslab tatbiq qilish kerak. Bu borada bir qator chet el
tajribalari, xususan Isroil davlati tajribalari bilan tanishish maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Isroil davlatida ta’lim
5 yoshdan 18 yoshgacha davlat byudjeti hisobiga
amalga oshirilib, uch bosqichdan iborat (maktabga 6 yoshdan qabul qilinadi): a)
boshlang‘ich ta’lim (1-4 sinflar), b) o‘rta ta’lim (5-9 sinflar), Bu bosqichlar
yakunida butun Isroil bo‘yicha bir kunda bitirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
Natijalari asosida o‘quvchilar o‘zi tanlagan maktab yoki texnologik maktablarda
o‘qishni davom ettiradi. v) texnologik ta’lim (10-12 sinflar). O‘quvchilar bu
bosqichda kasbiy bilim oladilar va universitetlarga kirish huquqini beruvchi
attestat uchun imtihon topshirib borishadi. (Attestatga imtihon topshirish juda
murakkab jarayondir.) Har yili 12-sinfni tugatgan o‘quvchilarning o‘rtacha 20-40
% attestat oladilar. SHundan keyingi barcha toifadagi ta’lim xizmatlari pullik. O‘n
sakiz yoshga kirgan o‘g‘il - qizlar majburiy armiya xizmatiga chaqiriladi. Armiya
xizmatidan keyin attestati borlarning deyarli hammasi universitetga o‘qishga
kiradi. Attestat olmaganlar texnologik maktablarda o‘qishni davom ettirishi yoki
olgan kasbi bo‘yicha ishlashi mumkin.
Attestati yo‘qlar texnologik maktablarning 13-14 sinflarida o‘qiydi, lekin
istagan sinfdan so‘ng kichik texnik, texnik hujjati bilan o‘qishni yakunlashi
mumkin. 15-16 sinflarda o‘qishni davom ettirganlar kichik injener (15-sinf) va
|
| |