O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti “kasb ta’limi” kafedrasi




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/53
Sana25.05.2024
Hajmi0,76 Mb.
#253273
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Bog'liq
pedagogika psixologiya fanini oqitishda didaktik oyinli talim texnologiyalarini qollash

Fransiyada
asli kelib 
chiqishi ziyoli bo‘lgan shaxslar odatda farzandlarining umumiy ta’lim litseyida 
ta’lim olishini ma’qul deb bilishadi, ishchi yoki xizmatchilarning farzandlari esa 
texnologik va kasbiy yo‘nalishdagi litseylarda ta’lim oladilar. 
 
Dunyodagi mavjud maktablarda kasbiy yo‘naltirishni tashkil etishda yangi 
ijtimoiy voqeliklar inobatga olinadi, o‘quvchi shaxsining samarali rivojlanishini 
ta’minlovchi yo‘llar izlanadi. Kasbga yo‘naltirish jarayonida nafaqat o‘quvchilar 
bilimni boyitish, balki eng avvalo mushohada qila olish qobiliyati va tanqidiy 
qarashlarga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirishga alohida ahamiyat berilishi 
lozimligi e’tirof etilmoqda. Kasbga yo‘naltirish jarayonida ommaviy axborot 
vositalari faol ishtirok etmoqdalar. Ular vositasida o‘quvchilarga doimiy ravishda 
kasblar va ularning o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida materiallar etkazib beriladi. 
Tadbirkorlar ham o‘quvchilarni kasbga yo‘llashga katta qiziqish bilan qaraydilar 
va xususiy tadbirkorlar maktab o‘quvchilarini turli xil faoliyatlarga yo‘llash ishida 
30 


ta’lim muassasalariga o‘zlaricha yordam beradilar. Masalan, AQSHda «Ish 
yuzasidan hamkorlik», «Maktabni o‘z qaramog‘iga olish» nomli dasturlar 
g‘oyalariga ko‘ra, ishbilarmonlar o‘quvchilarga muayyan kasbiy faoliyat 
yo‘nalishini tanlashda yordam beradilar, bir qator maktablarda faoliyat olib 
boruvchi kasb faoliyatiga yo‘naltiruvchi mutaxassislarga mablag‘ ajratadilar, 
o‘quvchilarning ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlarini tashkil etib, ularni 
ma’lum 
kasb 
yoki 
faoliyat 
mazmuni 
bilan 
tanishtiradilar. 
Italiyalik
ishbilarmonlarning vakillari ham bu borada ijobiy ishlarni amalga oshirmoqdalar. 
Masalan, «Lombardiyaning omonat kassalari» 14-15 yoshli o‘quvchilar uchun 
iqtisodiy o‘yinlar tashkil etadi. O‘yinlar ishtirokchilari ishlab chiqarish jarayonini 
tahlil qilish, byudjetni yaratish, kredit, marketing qilishni o‘rganadilar. Natijada 
ular ishlab chiqarishning zamonaviy sohalari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar. 
O‘yin g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar topshiriladi. Angliyada maktab va ishlab 
chiqarish korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikka 1987 yilda «London Kompekt» 
loyihasi g‘oyasiga ko‘ra asos solingan. Loyihaning maqsadi o‘quvchilarga ularning 
imkoniyat va qobiliyatlariga mos mutaxassislik asoslarini o‘zlashtirish hamda 
ularning ish o‘rinlari bilan ta’minlanishlariga ko‘maklashishdan iboratdir. Ushbu 
loyiha asosida tashkil etiladigan ta’lim jarayonida 14-16 yoshli o‘quvchilardan 
o‘quv fanlari va mutaxassislik asoslarini qoniqarli o‘zlashtirish va ikki haftalik 
amaliyotni o‘tish talab etiladi. O‘quvchilar ma’lumotlarni yig‘adilar. Masalan, 
YAponiya zavodlari qoshida tashkil etilgan sifat to‘garaklarining faoliyati ushbu 
fikrni tasdiqlaydi. To‘garaklarda o‘rta maktab bitiruvchilari ishlaydilar, ularning 
kasbga to‘g‘ri yo‘naltirilganligi ishlab chiqarish sifatini yuqori darajaga ko‘tarish 
uchun xizmat qiladi. AQSHda kasbga yo‘naltirish o‘quvchilarning kasblar 
bo‘yicha axborotlarga ega bo‘lishni ta’minlash, kelajakda maqbul kasbni tanlab, 
ishga kirishlariga yordam berishdan iboratdir. O‘quvchilar turli mutaxassisliklar 
mazmuni bilan tanishib, mehnat o‘qituvchilaridan maslahat oladilar. Kasbga 
yo‘naltirishda «Gaydens» psixologik – pedagogik xizmatining yo‘lga qo‘yilishi 
muhim o‘rin tutadi. Xizmat tarkibiga sotsiolog, psixolog, o‘qituvchi, huquqshunos, 
shifokor va maktabning boshqa xodimlari kiradi. Ushbu xizmat o‘quvchilarning 
atrofdagi ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini egallashlariga ko‘maklashadi. «Gaydens» 
xizmati o‘quvchilarda qanday sifatlarni rag‘batlantirish va rivojlantirish kerak, 
nimalarni yaxshilash kerakligini aniqlash uchun har bir o‘quvchining shaxsi haqida 
to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi shart. Bunday ma’lumotlar «Gaydens»ga 
o‘quvchilar uchun maslahatlar berish imkonini beradi.

Download 0,76 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti “kasb ta’limi” kafedrasi

Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish