Yigirish tizimi va usulini tanlash




Download 1.5 Mb.
bet5/18
Sana25.07.2021
Hajmi1.5 Mb.
#16071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

3.Yigirish tizimi va usulini tanlash

Paxta va kimyoviy tolalarni yigirishda qo‘llaniladigan texnologik jihozlar va jarayonlarda tolalardan ip hosil qilish ketma-ketligini yigirish tizimi deb atash qabul qilingan. Bunda yigirish tizimi tushunchasi faqat jarayonlar ketma-ketliginigina emas, balki texnologik jihozlar turi va ularni yigirish korxonalarida o‘rnatish tartibini ham o‘z ichiga oladi.[5]

Paxta va kimyoviy tolalardan ip yigirishning quyidagi asosiy tizimlari mavjud:

-karda (oddiy) tizimi;

-qayta tarash tizimi;

-apparat tizimi;

-melanj tizimi.

Bu tizimlar asosan ikkita belgilovchi alomatlari – tarash usuli va mahsulotni ingichkalashtirish usullari bilan farqlanadi.



Agar paxta tolalarini tarash shlyapkali mashinalarda bajarilib, mahsulotlarni ingichkalashda piltalash, piliklash mashinalari qo‘llanilsa, bunday sistema karda (oddiy) yigirish sistemasi deb ataladi.

Karda sistemasida o‘rtacha yo‘g‘onlikdagi ip olinadi. Agar olinadigan ip ingichka, pishiqroq, tekis va silliq bo‘lishi talab etilsa, qayta tarash sistemasi qo‘llaniladi. Bu sistemada tarash jarayoni nafaqat tarash mashinalarida, balki qo‘shimcha qayta tarash mashinalarida ham bajariladi. Mahsulotni ingichkalash bu sistemada ham cho‘zish asboblarida bajariladi. Ishlab chiqarilgan ipning tannarxi, karda sistemasida olingan ipning tannarxidan yuqori bo‘ladi. Chunki qayta tarash sistemasida ingichka tolali paxta ishlatiladi; bu sistema ipning sifati va xossalariga talablar juda yuqori bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Qayta tarash iplari odatda tikuv iplari, texnik to‘qimalar, ayrim hollarda trikotaj to‘qimalari uchun ishlatiladi.





Download 1.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 1.5 Mb.