Tolalarni aralashtirib ishlatishning ahamiyati




Download 1.5 Mb.
bet4/18
Sana25.07.2021
Hajmi1.5 Mb.
#16071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2.1. Tolalarni aralashtirib ishlatishning ahamiyati

To‘qimachilik sanoatida to‘qimalar va matolar tayyorlashda dastgoxlarining katta tezlikda ishlashi va sifatga qo‘yilgan talablarni tobora kuchayib borayotganligi ipning xossalariga, jumladan bir tekisda bo‘lishga e’tiborni kuchaytirishni talab etadi. Notekislik o‘z navbatida ip uzilishi va sifatni buzilishiga olib keladi. Bunday notekislikni kamaytirishda asosiy omili ipning tarkibidagi turli nav va turdagi tolalarni mahsulot hajmi bo‘yicha bir xilda va bir xil zichlikda taqsimlanishini talab etadi. Shuning uchun tolalarni aralashtirish jarayoni muxim bosqich hisoblanadi.

Shunday qilib aralashtirish jarayoning maqsadi me’yorlangan sifatga ega bo‘lgan va belgilangan tannarxdagi ip olish uchun aralashmaga kiritiladigan tolalarni tarkibiy ulushlariga muvofiq bir tekisda taqsimlanishini ta’minlash.

Aralashtirish jarayonining mohiyati turli sifat va xossaga bo‘lgan tolalarni aralashma tashkil etuvchilari ichida va ularni butun aralashmada bir xilda taqsimlashdan iborat.

Odatda ip yigiruv korxonasining yigirish tizimiga, yigirish usuliga, olinadigan iplarning chiziqli zichligi (nomeriga) va eng muhimi ipni qanday maqsadda ishlatilishiga qarab tolalar aralashmasining tarkibi tanlanadi.

Paxta tolalarini aralashmaga tanlashda quyidagi qoidalarga albatta rioya kilish kerak:



  1. Aralashmaga kiradigan tolalarning uzunligi buyicha farqi 1-2 mm dan oshmasligi kerak.

  2. Aralashmaga kiradigan tolalarning chiziqli zichligi bir-biriga juda yaqin bo‘lishi kerak.

  3. Aralashma tarkibiga paxtaning yonma-yon turgan sanoat navlari tanlanishi kerak.

  4. Aralashmaga eng kamida ikkita paxta zavodining paxtasidan 6-8 ta markada tanlash kerak.

Aralashmada bir-biridan farq qiladigan bir necha tolalar ishlatilsa tolalarning o‘rtacha xususiyatlarini injener Sinitsin formulasi yordamida aniqlanadi. Bitiruv malakaviy ishimizda aralashma tanlangan paxta tiplari asosida tuzildi (3- jadval) va ularni o‘rtacha arifmetik qiymati Sinitsin formulasi yordamida aniqlanadi:

  1. Aralashmadagi tolaning chiziqli zichligi:



  1. Aralashmadagi tolaning pishiqligi:



  1. Aralashmadagi tolaning uzunligi:

bu yerda: T1, T2 ...Tn - aralashmadagi 1-,2-,....n-chi tolalarning yo‘g‘onligi, teks.

P1, P2 ...Pn - aralashmadagi 1-,2-,....n-chi tolalarning pishiqligi, sN.

L1, L2 ...Ln - aralashmadagi 1-, 2-,....n-chi tolalarning uzunligi, mm.

1, 2 ... n - aralashmaga kirgan 1-, 2-,....n-chi tolalarning ulushi, %.
Chiziqiy zichligi 21x3 teksli iplarni yigirish uchun aralashma tuzamiz va tolalarni urtacha qiymati kuyidagicha xisoblanadi

4-jadval


Tipli saralash

Aralashma tarkibi,%

2-I, 2-II

70/30

Aralashmadagi tolalarning xossalarini Sinitsin usulida topamiz


Uzilish kuchi

Chizikli zichlik



Shtapel uzunlik



Kritik pishitish koeffitsiyenti





Olingan akr kiymatlarini ma’lumotnomadan olingan qiymati bilan solishtirilib, ularning farqi aniqlanadi va t-kr dan chiqqan farq hisobiga «K» ning miqdori aniqlanadi.

Amaliy pishitish kooeffitsiyenti 33,2 [6]240bet

Xisoblash ishini amalga oshirib jadvaldan K ni topamiz:

t -kr=33,2-31,6=1,6 K=0,99

Hamma olingan ko‘rsatkichlarni o‘z o‘rniga qo‘yilsa:

Taklif etilgan formulalar yordamida hisoblab topilgan natijalar nazariy bo‘lganligi uchun ip sifatiga, eng avvalo ipning nisbiy uzilish kuchini qo‘yilgan talab darajasidan 3 - 5 % yuqoriroq natijani asos uchun qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Bizning holatimizda tanlangan xom ashyo tarkibi standart talablariga javob berish xisob kitoblardan ko‘rinib turibdi.




Download 1.5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 1.5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tolalarni aralashtirib ishlatishning ahamiyati

Download 1.5 Mb.