• Kimyoviy kondensatsiya. Almashinish reaksiyalari
  • O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta




    Download 141.33 Kb.
    bet6/18
    Sana24.10.2022
    Hajmi141.33 Kb.
    #27981
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    kolloid kimyo lab.2022 y.
    axborotlarni zichlash, 1-маъруза, 3.2-МАЖМУА, yakuniy rus test, OTMlarga kirishdagi imtiyozlar 2022-yil, W, Jadvallar Т.Жўраев, 25-amaliy mashg\'ulot, Рус тили фани тест основные типы уроков, Ro\'yxat, 17-ma`ruza, business-plan-2021-oz, Access uslubiy ko\'rsatma, Ariza
    Ishdan maqsad: dispers sistemalarni turli usullarda tayyorlash va ularni tozalash yo’llarini hamda ularning misellyar tuzilishini o’rganishdan iborat.
    Ish bajarish tartibi:

    1. Kanifol zoli. 50 ml suvga chayqatib turgan xolda 10-15 tomchi

    10% li kanifolning etil spirtidagi eritmasini tomizgichdan qo’shiladi. Kanifolning manfiy zaryadli gidrozoli xosil bo’ladi. Dag’al dispers zarrachalarni yo’qotish uchun zol filtrlanadi.
    Kanifol bilan erituvchi sifatida ishlatiladigan spirt zolning barqarorligiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun zolni uzoq mudat saqlash zarur bo’lsa, spirtlarni dializ usuli bilan yo’qotish zarur.

    1. Oltingugurt zoli. 50 ml suvga chayqatib turgan xolda 1 ml oltingugurtning asetondagi to’yingan eritmasidan qo’shiladi. Natijada oltingugurtning kolloid zarrachasi manfiy zaryadlangan oqish xavo rangli suvdagi zoli (gidrozoli) xosil bo’ladi.

    2. Parafin zoli. 50 ml suvga tomizgichdan chayqatib turgan xolda parafinning etil spirtidaga 1 ml to’yingan eritmasi qo’shiladi. Manfiy zarrachalar bilan zaryadlangan parafinning suvdagi zoli xosil bo’ladi.

    Kimyoviy kondensatsiya. Almashinish reaksiyalari



    1. Berlin lazurining zoli. 0,1 ml 47 % li FeCl3 eritmasini 100 ml suvda eritiladi hamda xosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan xolda 20 %li K4[Fe(CN)6] eritmasidan 1 tomchi qo’shiladi. To’q xavo rangli berlin lazuri Fe4[Fe(CN)6]3 temir II - geksasianoferrat xosil bo’ladi,

    2. Berlin lazurining zoli. 0,5 ml 20 % li K4[Fe(CN)6] eritmasini suv bilan 100 ml gacha suyultiriladi. Xosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan xolda 1 tomchi 47 % li FeCl3 eritmasidan tomizilganda eritma xavo rangiga kiradi. Eritmaga yana 2 tomchi yuqoridagi eritmadan tomizilganda uning rangi to’q xavo rangga aylanadi.

    3. Mis geksasianoferrat - III zoli. 0,5 ml 20 % li berlin lazurini K3[Fe(CN)6] suv bilan 100 ml gacha suyultiriladi. Xosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan xolda 3-4 tomchi 10 %li CuSO4 eritmasi qo’shilganda - mis geksasianoferrat III zoli xosil bo’ladi.

    1. Kumush geksasianoferrat - II zoli. 10 ml 20 % li K4[Fe(CN)6] ni 100 ml gacha suv bilan suyultiriladi, xosil qilingan eritmaga sekin tomchilatib, aralashtirilib turgan xolda 5 ml 1,7 % li AgNO3 eritmasi qo’shiladi. Ko’kimtir rangli kumush geksasianoferrat II zoli - Ag4[Fe(CN)6] xosil bo’ladi.

    2. Kumush yodid zoli. 10 tomchi 1,7 % li AgNO3 eritmasini 100 ml gacha suv bilan suyultiriladi hamda xosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan xolda tomchilatib 1,7 % li KJ eritmasidan 1 ml ko’shiladi. Oqish xavo rangli kumush yodid zoli xosil bo’ladi.

    3. Kumush yodid zoli. 10 ml 1,7 % li KJ eritmasini 100 ml gacha suv bilan suyultiriladi hamda xosil qilingan eritmaga aralashtirib turgan xolda tomchilatib,

    1,7 % li AgNO3 eritmasidan 10 tomchi qo’shiladi. Oqish xavo rangli kumush yodid zoli xosil bo’ladi.



    Download 141.33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 141.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta

    Download 141.33 Kb.