• Sertifikatlashtiriluvchi mahsulot ishlab chiqarish sharoitlarini
  • Takrorlash uchun savollar .
  • Sertifikatlashtirishni meyoriy hujjatlar bilan ta’minlanishi




    Download 1,16 Mb.
    bet67/140
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #274218
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   140
    Bog'liq
    Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se

    Sertifikatlashtirishni meyoriy hujjatlar bilan ta’minlanishi


    Sertifikatlashtirishda nazorat qilinuvchi mahsulotga talablar hamda sinovlar (o‘lchashlar) nazoratini o‘tkazish standartlarda yoki boshqa texnikaviy hujjatlarda belgilanadi. Sertifikatlashtirishda qo‘llaniladigan standartlarga alohida talablar qoyiladi. Sertifikatlashtirishda nazorat ostiga olinuvchi buyumlar tavsifi uchun ularning miqdoriy qiymatlari va o‘lchash usullari (aniqlanishi) ham markirovka va saqlashga talablari bo‘lishi kerak.
    Agar buyumning eng ko‘p saqlanish muddati qayd etilgan bo‘lsa, bu muddat tugashi bilan u yana sinovdan o‘tkaziladi (shunday tartib, masalan, elektron texnikasi buyumini sertifikatlashtirish tizimida qabul qilingan).
    Odatda sertifikatlashtirishning milliy tizimi milliy standartlarga asoslangan bo‘ladi, ayrim hollarda mamlakatlar to‘g‘ridan – to‘g‘ri xalqaro standartlarni ishlatishi ham mumkin, bunga yaqqol misol tariqasida elektr – ro‘zg‘or asboblari xavfsizligi boyicha XEK standartlarini ko‘rsatish mumkin.
    Xalqaro tizimlarda va bitimlarda sertifikatlashtirish xalqaro standartlar yoki boshqa texnikaviy ish tartibi asosida o‘tkaziladi. Shuni qayd etish kerakki, bunday standartlarni (ish tartibini) ishlab chiqishda asos qilib, biror mamlakatning milliy standarti olinadi, bu esa o‘z navbatida, usha mamlakatga nisbatan ma’lum qulayliklar yaratadi.
    Sertifikatlashtirishning xalqaro tizimlaridagi meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va undan foydalanishda o‘zining ma’lum xususiyatlari bor. Masalan, elektron texnikasi buyumlarini sertifikatlashtirish tizimida kerakli standartlar bo‘lmaganda ham, agar ular XEK tomonidan ishlab chiqilgan umumiy talablarga javob bersa va tayyorlovchi bilan iste’molchi o‘rtasida kelishilgan bo‘lsa, boshqa meyoriy hujjatdan foydalanishga ruxsat etiladi.
      1. Sertifikatlashtiriluvchi mahsulot ishlab chiqarish sharoitlarini


    tekshirish
    Uchinchi tomon tarafidan sertifikatlashtirilishi mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish sharoitlarini tekshirishni yoki tayyorlovchiga berilgan huquq doirasida sertifikatlashtirilgan mahsulot ishlab chiqarilishini amalda, deyarli hamma sertifikatlashtirish tizimlarida ko‘zda tutiladi. Bu o‘z navbatida sertifikatlashtirishdagi tekshirilayotgan mahsulotning sifatini turg‘unlanishiga, ularga bo‘lgan talablarni doimo rioya qilinishiga olib keladi.
    Har bir buyurtmachi (xaridor, iste’molchi) mahsulot ishlab chiqarilishi bilan tanishish huquqiga ega (ko‘pincha bundan foydalanadi ham). Dastavval ularni talab qilinadigan sifatni ta’minlanishi qanday amalga oshirilishi qiziqtiradi. Sertifikatlashtirish doirasida bunday tanishish mustaqil idora tomonidan bajariladi va buni maxsus tekshirish deb yuritiladi. Bundan ko‘zda tutilgan maqsad mahsulotning sifati kerakli darajada bo‘lgan holda ushbu korxonada bir meyorda ishlab chiqarilishiga ishonch hosil qilishdan iborat.
    Bunday tekshirishning ikkita imkoniy yunalishi mavjud:

    1. Korxonani tekshirish va nazorat qilish mahsulotning majburiy sinovlari bilan birga qo‘shib olib boriladi va sertifikat berish yoki muvofiqlik belgisi qoyish bilan yakunlanadi;

    2. Agar faqat korxonani sertifikatlashtirish (attestatlash) kerak bo‘lsa, bunda sertifikatlashtiriluvchi mahsulotni aniq MTH muvofiqligiga sinovlar uchinchi tomon tarafidan bajarilmaydi, demak mahsulot uchun sertifikat berilmaydi. Lekin, bu sinovlarni sertifikatlashtirish doirasida bo‘lmagan holda, iste’molchi tomonidan bajarilishi (yoki bajarilmasligi) mumkin.

    Birinchi yo‘nalish ISO tomonidan tavsiya etiluvchi sertifikatlashtirishning 5 – tizimiga, ikkinchisi esa 6 – tizimiga mos keladi.
    Ikkala yo‘nalish ham korxonaning sertifikatlashtirilgan mahsulot sharoitini tekshirishdan, dastavval nazoratning mavjudligi va ushbu mahsulotning sifatini ta’minlovchi tizimning samaradorligini baholashdan iborat.
    U yoki bu tizimni qo‘llanilishi mahsulot xususiyatlariga, iste’molchining hohishiga va qator boshqa omillarga bog‘liq.

    Takrorlash uchun savollar.


    1. O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqilgan meyoriy hujjatlarga binoan muvofiqlikni sertifi

    2. Qatlashtirishning asosiy maqsadlari:

    3. Sertifikatlashtirishda nazorat qilinuvchi mahsulotga talablar

        1. Download 1,16 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   140




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sertifikatlashtirishni meyoriy hujjatlar bilan ta’minlanishi

    Download 1,16 Mb.