Xitoy tili darslarida “Esse”va “Oʻ quv portfoliosi” usullaridan foydalanishning samarasi




Download 117.72 Kb.
bet13/18
Sana09.06.2022
Hajmi117.72 Kb.
#23346
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
xitoy tilida oqitishda interfaol usullarning roli (1)

Xitoy tili darslarida “Esse”va “Oʻ quv portfoliosi” usullaridan foydalanishning samarasi




Xitoy tilinioʻ rganish,undagi iyerogliflarning oʻ zi bir moʻ jiza. Sababiki, xitoy tilini tashkil etuvchi iyerogliflar tushunchasi zamirida bir qancha ma‘no mavjud. Ularning kelib chiqishi, yozilish uslubi, har bir chiziqlari ming yillik tarixga ega. Shunday moʻ jizakor iyerogliflarni qogʻ ozga tushirishga undovchi―Esse‖ interfaol usuli 1990-yil yanvarda Rimda oʻ ylab topilgan. Meksikada esa esse ―nigga‖ deb ataladi. Bu atamadan faqat meksikaliklar foydalanishadi. Morfologik va sintaktik xususiyatlari:es-se. Esse fransuzcha soʻ zdan olingan boʻ lib, essai — ―tajriba, mashq, xomaki narsa‖. U adabiy, falsafiy, ijtimoiy, publitsistik va boshqa mavzularda yozilgan, muammolar sistematik ilmiy tarzda emas, balki erkin shaklda talqin qilinadigan nasriy asar.Bu atamaning boshqacha ta‘riflari ham mavjud boʻ lib, esse fransuzcha — ―urinish, sinash, ocherk‖ ma‘nolarini beradi. Erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻ lmagan nasriy asar.22 Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid subʼ yektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiy-biografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiyommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻ ladi. Esse uslubi jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻ ladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi.
Lotinchadan ―exagium‖ soʻ zidan olingan boʻ lib, ―taqqoslash‖ deganidir. Esse
adabiy janr boʻ lib, uncha katta boʻ lmagan, mustaqil kompozitsiyada yozilgan prozaik inshodir. Esse individual taassurotlarni hamda ijodkorning aniq bir masala yoki predmet haqidagi tushunchasini bildiradi. Bu oʻ rinda aytib oʻ tish joizki, esse mavzuning traktovkasini aniqlaydigan yoki uni rad etadigan omilga ega emas. Hajm va vazifa jihatidan bir tarafdan ilmiy maqola va adabiy ocherk hisoblanadi. Boshqa jihatdan esa falsafiy asardir. Esse tuzilishi va stilligiga obrazlilik, ofarizmlik, uncha

22http://uz.wiktionary.org/w/index.php.
katta boʻ lmagan tafakkur antititligi, ochiqlilik va ogʻ zaki innotatsiya kiradi. Ayrim olimlar bu janrga epos, lirika va dramadan keyin toʻ rtinchi ijodiy adabiy janrga qaragandek munosabat bildiradilar. Ya‘ni bu janrni adabiyotning toʻ rtinchi kichik ijodiy janri deyish mumkin.
XVIII – XIX asrda esse ingliz va fransuz jurnalistikasida janrlarning ilgʻ ori hisoblandi. Angliyalik J. Addison, R. Stil, G. Filding, fransiyalik Didro va Volter, germaniyalik Lessing va Gerder essechilikka hissa qoʻ shgan olimlar hisoblanishadi. Esse janri ingliz adabiyotida XX asrda T. Karleyl, V. Xeelit, M. Arnold, M. Birbom,
K. Chestertonlar ijodida chuqur ildiz otib bordi.
Rus adabiyotida esse janri harakterga ega emas edi. Esse usulida A.N. Radisheva (―Peterburgdan Moskvaga sayohat‖), A. I. Gertsena (―Sohilgacha‖), F.M. Radisheva (―Yozuvchi kundaligi‖) kabi yozuvchilar ham ijod qilganlar.23
Essening ayrim koʻ rinishlari quyidagilardir:
- Biror bir mavzu yoki savolning aniqliligi ya‘ni keng koʻ lamli muammoning tahliliga bagʻ ishlangan asar. Lekin aniqlilik darajasi bilan bu janrda bajarila olmaydi.

  • Biror bir aniq savol yoki mavzuga oid boʻ lgan, ijodkorning individual taassurotlari hamda tafakkurining mahsulidir. Foydaga koʻ ra oʻ ziga yangi subyektiv aniqlikka ega boʻ lgan biror-bir soʻ z hisoblanadi.

  • Essening tashkiliy qismida ijodkorning shaxsi, uning dunyoqarashi, oʻ y-hayoli va hissiyotlari birinchi navbatda baholanadi.

Essening tuzilishi va rejasi:



  1. Muallif muammoga asosan oʻ z fikrini qisqacha tezis shaklida ifoda etadi;




  1. Fikr albatta isbotlar bilan mustahkamlanadi, shuning uchun tezis ortidan dalillar keladi.




23https://ru.m.wikipedia.org/wiki/index.
Esse tajriba, dastlabki loyiha, shaxsning biror mavzuga oid yozma ravishda ifodalangan dastlabki mustaqil erkin fikri ekan, bunda tinglovchi oʻ zining mavzu boʻ yicha taassurotlari, gʻ oyasi va qarashlarini erkin tarzda bayon qiladi. Esse yozishda hayolga kelgan dastlabki fikrlarnizudlik bilan qogʻ ozga tushurish, iloji boricha ruchkani qogʻ ozdan uzmasdan – toʻ xtamasdan yozish, soʻ ngra matnni qayta tahlil qilib, takomillashtirish tavsiya etiladi. Yaxshi samaraga erishishning yoʻ li bu – esseda ochiqlik va rostgoʻ ylikdir.Mana shundagina yozilgan essening haqqoniy boʻ lishi e‘tirof etilgan. Esseni muayyan mavzu, tayanch tushuncha yoki erkin mavzuga bagʻ ishlab yozish maqsadga muvofiq. Ba‘zan, ayniqsa tarbiyaviy soatlarda ta‘lim oluvchilarga oʻ zlariga yoqqan mavzu boʻ yicha esse yozdirish ham yaxshi natija beradi.
Bu usul ham inson fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol oʻ ynaydi. Ular norasmiy fikr va qiyofalarni qayd qilish har tomonlama koʻ rib chiqilmaguncha xotirada saqlab turish va ularni yanada aniqroq ifodalashga imkon beradi.
Essening yozilishi juda foydalidir. Bu esa oʻ quvchi-talabagaoʻ zining hayollarini ravon, yorqin va bir tekisda ifoda etishda, ma‘lumotlarni tizimlashda, asosiy tushunchalardan foydalanishda, bu mavzuga aloqador jihatlarni ajratib koʻ rsatishda, amaliyotini illustratsiya qilishda va xulosalarni argumentlashda katta ahamiyat kasb etadi. Oʻ qituvchi esa bu usulni dars jarayoniga qoʻ llash bilan bir qatorda oʻ quvchining bilimini tekshirishga erishadi. Esse yozish davomida grammatika takrorlanadi, soʻ z boyligi ishga tushadi. Bu esa oʻ qituvchi uchun oʻ quvchisining har tomonlama bilim darajasini tekshirishga qulay imkoniyat tugʻ diradi. Esse matniga koʻ ra oʻ quvchining ichki dunyosi, uning ichki kechinmalarini ham anglash mumkin boʻ ladi, bu esa oʻ qituvchi oʻ z oʻ quvchisi haqida psixologik tarafdan ham bilib olishiga zamin yaratib beradi.
Interfol usullar ichida oʻ ziga xosligi bilan ajralib turuvchi ―Oʻ quv portfoliosi‖ usuli oʻ zining bir qator ijobiy jihatlariga egadir. Portfolio italyan tilidan tarjimasi
―hujjatlar bilan papka‖, ―mutaxassis papkasi‖ degan ma‘noni anglatadi. Portfolio – bu asosan oʻ zining imkoniyatlarini namoyon etishga moʻ ljallangan ishlar toʻ plami.
Oʻ quv portfoliosi falsafasi quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ta‘lim oluvchi mazkur mavzu va fan boʻ yicha bilmaydi va qila olmaydi deb ta‘kidlash oʻ rniga u biladi va qila oladigan urgʻ u berish;

  • baholashning miqdor va sifat bogʻ liqligi;

  • pedagogik urgʻ uni pedagogning bahosidan ta‘lim oluvchining oʻ ziga baho berishiga koʻ chirish.

Portfolioning asosiy ma‘nosi – ―har bir ta‘lim oluvchi u nimaga qodirligini koʻ rsata olishiga imkon berish‖, ular uchun ―oʻ sishga ragʻ batlantiruvchi omil‖ yaratish.
Bunda portfolio bir necha funksiyalarni bajaradi:

  • tashhisli (belgilangan vaqt davomida ta‘lim oluvchilarning bilimlari oʻ zgarishi va oʻ sishini aniqlaydi);

  • maqsadli (ular uchun aniq va ahamiyatli oʻ quv maqsadlari);

  • mazmunli (ular bajaradigam ishlarning barchasini namoyon etadi);

  • rivojlantiruvchi (oʻ quv jarayonini yildan yilga uzluksizligini ta‘minlaydi);

  • motivasion (ta‘lim beruvchi, ta‘lim oluvchi va ota-onalarning hamkorlikdagi faoliyatlarini ragʻ batlantirish );

  • reytingli (ularning miqdoriy va sifatli shaxsiy yutuqlarini aniqlashga imkon beradi);

  • refleksiv (ularning oʻ zlarini rivojlanishlanishlarini baholashlarini ragʻ batlantiradi, ya‘ni oʻ ziga baho berish va oʻ zini tahlil qilish malakalrini shakllantirish).

Portfolioning qanday turlari boʻ ladi?
Portfolioning birinchi turi – ta‘lim oluvchining muvaffaqiyatlar portfoliosi uch boʻ limdan tashkil topishi mumkin: ―hujjatlar‖, ―ishlar‖, ―taqrizlar‖.
Hujjatlar boʻ limiga shaxsiy oʻ quv yutuqlar – olimpiadada, koʻ rik tanlovlarda va boshqa tadbirlarda qatnashganligi toʻ gʻ risida hujjatlar (faxriy yorliq, diplom, sertifikat, guvohnomalar, shahodatnomaga ilova) va boshqalar kiradi. Bu ularning yutuqlarini ham son, ham sifatini baholash imkonini beradi.
Ishlar boʻ limi – ta‘lim oluvchining ijodiy, tadqiqotchilik va loyiha ishlarining toʻ plami, uning oʻ quv va ijodiy faolligining asosiy shakl va yoʻ nalishlarining tavsifi. Portfoliosning bu boʻ limi berilgan koʻ rsatkichlar boʻ yicha sifatli bahoni beradi: toʻ liqlik, turlichaligi, materialning ishonarligi, oʻ quv va ijodiy faollik oʻ zgarishi, qiziqishlari yoʻ nalganligi.
Taqrizlar boʻ limi – bu ta‘lim beruvchilar, ota-onalar tomonidan berilgan ta‘lim oluvchining turli faoliyat turlariga aloqadorligi tavsifi va boshqalar, shuningdek, ularning oʻ z faoliyatini va uning natijalarini yozma tahlili (xulosalar matni, taqrizlar, rezyume va boshqalar).
Portfolioning bu qismi ta‘limoluvchining oʻ ziga baho berish mexanizmini kiritish, bu bilan ta‘lim olish bilan bogʻ liq jarayonlarning anglanganligi imkonini beradi.
Ikkinchi turi – ta‘lim oluvchining shaxsiy rivojlanishi oʻ sishini koʻ rsatuvchi refleksiv portfolio. Portfolioning bu turi ularning maqsadlarini, oʻ zining oʻ quv ishining borishi va natijalarini tahlil qilish va baholashga asoslangan. Bu papkaga insholar, bayonlar, esse, suratlar, oʻ zini kuzatish varogʻ i, oʻ ziga baho berishning turli shakllari (masalan, men oʻ quv jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni qanday yengaman), oʻ zini kuzatish kundaliklari va boshqalar kiradi.
Portfolioning uchinchi turi – muammo-izlanish, maqsadlarni, biror-bir muammo jarayoni va natijalarini aks ettiradi.
Portfolioning bunday koʻ rinishi ta‘lim oluvchining ishini tahlil – sintez
– baholash darajasida koʻ rsatadi. Odatda, ishning hajmi va sifati, shuningdek, hal qilinayotgan muammoning murakkablik darajasini aniq ruknlar boʻ yicha
kuzatish mumkin, masalan: oʻ rganish uchun adabiyotlar roʻ yxati; mikro- mavzular, muammoli joylari, tadqiqot rejasi; munozarali nuqtai nazarlar; dalillar, sonlar, statistika; sharhlar, aforizmlar; boshqa fan sohalari bilan bogʻ liqligi; tadqiqot natijalari boʻ yicha xulosalar; tadqiqot metodlari; bashorat va istiqbollar.
Bunday portfolioda materialni yigʻ ish va tizimlashtirish ta‘lim oluvchilarga faqatgina ilmiy ishni munosib oʻ tkazishni emas, balki ularning ongli qiziqishlarini ilmiy namunalar darajasigacha ―koʻ taradi‖.
Portfolioning toʻ rtinchi turi – biror-bir katta mavzu, boʻ lim, oʻ quv kursini oʻ rganish jarayonida yaratiladigan tematik portfolio. Ish quyidagicha boʻ ladi: boshida ta‘lim beruvchi oʻ rganiladigan mavzuni, shuningdek, u boʻ yicha nazorat shaklini ushbu mavzu ustidagi ish natijalari boʻ yicha tuzilgan oʻ zining portfoliosini himoya qilishni e‘lon qiladi. Ta‘lim oluvchilarga boshidanoq fikrlash va anglashning turli darajalarini aks ettiruvchi turli murakkablik darajasidagi vazifalar topshiriladi.
Demak, portfolio – bu:

  • ta‘lim oluvchining shaxsiy yutuqlarini aniqlash yigʻ ish va baholash usuli;

  • ularning ishlari va natijalari toʻ plami;

  • tizimli, maxsus tashkil qilingan va bilim, malaka, munosabat, salohiyat monitoringi uchun qoʻ llaniladigan dalil-isbotlar toʻ plami;

  • ta‘lim subyektining egallagan tajribava yutuqlarini koʻ rasatuvchi, turli ma‘lumotlarga ega ishchi fayl papka;

Portfolio uchun qoʻ llash mumkim boʻ lgan ruknlar:

  • Nazariy monolog: portfolio mavzusi boʻ yicha asosiy nazariy mazmun taqdim etiladi.

  • ―Bu nimani anglatadi?‖: tushuncha terminli lugʻ at.

  • ―Mashgʻ ulot toʻ gʻ risida mulohazalar‖: portfolio mavzusi boʻ yicha oʻ quv mashgʻ ulotini refleksiv tahlili.

  • ―Javobsiz qolgan savollar‖.

  • ―Yozma ish‖: ta‘lim oluvchining mavzu boʻ yicha bajargan barcha yozma ishlari kiritiladi.

  • ―Darsdagi topshiriqlar‖: agar darsda kichik yozma topshiriqlar berilgan boʻ lsa, ular portfolioning alohida ruknini tashkil qilishi mumkin.

  • ―Zararli maslahatlar‖, ―Menga yoqmaydigan oʻ quv fanlarini nima birlashtiradi?‖, ―Statistik ma‘lumotlar‖, ―Sharhlar va oforizmlar‖, ―Qonunlar, tamoyillar va qoidalar‖, ―Ta‘lim olishga ragʻ batlantiruvchi omillar‖. Shaxsiy tajribadan/hayotdan misollar keltirish: ―Mening kashfiyotlarim‖, ―Oxirgi labaratoriya mashgʻ ulotining siri‖, ―Doʻ stlar ijodiyoti‖, ―Joʻ natilmagan xatlar‖, ―…ni qachon va qayerda qoʻ llay olaman‖, ―Solishtirma tahlil‖: ―ta‘lim beruvchilar qanday qoʻ llaydilar, men qanday qoʻ llayman‖ ―Gʻ oyalar banki‖,

―Agar… boʻ lsa, nima boʻ ladi‖(farazlar banki), ―Diversant‖: berilgan mavzuga dalillar va qarshi dalillar. ―Muvaffaqiyatga ragʻ batlantiruvchi omil‖: ish davomida mening yutuqlarimga nima yordam berdi. ―Mavzu shiori‖,
―Mavzu belgisi‖, ―Mavzu reklamasi‖…, ―Izlanish uchun mavzular‖,- ―Parallel olamlar‖: fanlararo va fan ichidagi aloqalar va boshqalar.
Portfolio yigʻ ishni qanday boshlash kerak?
Murakkab tuzilmali portfolio tuzishga kirishishning hojati yoʻ q. Har qanday portfel tuzish jarayoni uch bosqichda boradi: ta‘lim oluvchining barcha ishlari yigʻ ilgan vaqtda; ularning eng yaxshi ishlari yigʻ ilgan vaqtda; ta‘lim olish samaradorligini koʻ rsatish uchun ishlar yigʻ ilgan vaqtda.
Portfel tuzishni boshlash uchun, uni tuzish maqsadini, uning turini aniqlash va ta‘lim oluvchilar oldiga vazifa qoʻ yish kerak. Masalan: ―Chorak boʻ yicha eng yaxshi ishlaringizni yigʻ ing‖, yoki ―Ushbu oy davomidagi barcha yozma
ishlaringizni yigʻ ing‖. Mana shu oʻ quv jarayoniga portfelni joriy etishda birinchi qadam boʻ ladi.
Nimalarni e‘tiborga olish kerak?

    1. Har bir ta‘lim oluvchiga portfolio toʻ ldirish nima uchun kerakligini tushunarli boʻ lishi kerak.

    2. Portfolio turini tanlash (ta‘lim beruvchi tomonidan berilgan yoki ta‘lim oluvchi oʻ zi tanlagan boʻ lishi mumkin).

    3. Ruknlar nomi va tuzilishini tanlash (ta‘lim oluvchilarga portfolio tuzilishini koʻ ra olishlariga, har bir ruknning mazmunini va vazifasini tushunish hamda ishlarni qayerga va qaysilarini yigʻ ishga oydinlik kiritadi).

    4. Topshirish muddati va portfolio ustida ishlash vaqti: darslarda, mustaqil ish vaqtida. Uy vazifasini tayyorlash vaqtida.

    5. Ruknlarning umumiy soni; ulardan majburiysi- qancha.

    6. Baholash usullari.

Portfolioni baholash mezonlari. Odatda, ta‘lim oluvchilar bilan birgalikda aniqlanadi, lekin faqat ta‘lim beruvchi tomonidan belgilanishi mumkin. Mezonlar toʻ plami oʻ quv predmetining xususiyatlariga, uni oʻ zlashtirsh maqsadlari, oʻ qitish sharoitlari va boshqalarga bogʻ liq. Lekin har qanday vaziyatda, mezonlar sifatida quyidagilarni koʻ zda tutish tavsiya etiladi: majburiy rukn va xulosalarning mavjudligi; ishning tadqiqot metodlarini qoʻ llash; portfolioning loyihalash harakterdaligi; mazmunning ―shaxsiy bogʻ liqligi‖; ish sifati; portfolioning ta‘lim oluvchi uchun foydaliligini tahlili. B. Blum taksonomiyasi asosida mezonlar va klassifikatsiyani ishlab chiqish mumkin. Har bir vazifa turi murakkablik darajasiga qarab avvaldan belgilangan ball bilan baholanib, ta‘lim oluvchiga e‘lon qilinadi.
Maqsadlar bosqichlari boʻ yicha vazifalar quyidagi tarzda boʻ ladi:

  • yangi materialni qaytatiklash(atamalar, dalillar, tushunchalar, qoidalarni). Agarda ta‘lim oluvchi atamalarni toʻ gʻ ri qayta tiklasa va qoʻ llasa, aniq dalillarni, tushunchalar, qoidalarni bilsa maqsadga erishilgan deb hisoblanadi;

  • oʻ rganilgan hodisani, uni interpretatsiyasi va qayta tiklanishini tanish;

  • bilimlarni amaliyotda (qoidalar, nazariyalar), ya‘ni yangi sharoitlarda qoʻ llash;


  • Download 117.72 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 117.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xitoy tili darslarida “Esse”va “Oʻ quv portfoliosi” usullaridan foydalanishning samarasi

Download 117.72 Kb.