II bob. Chet el texnologiyasiga oid xitoy tili oʻ qitishning interfaol metodlari




Download 117.72 Kb.
bet11/18
Sana09.06.2022
Hajmi117.72 Kb.
#23346
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
xitoy tilida oqitishda interfaol usullarning roli (1)

II bob. Chet el texnologiyasiga oid xitoy tili oʻ qitishning interfaol metodlari.


Xorijiy hamda hamdoʻ stlik mamlakatlarida amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan ta‘lim-tarbiya berishning interfaol metodlari orqali dars oʻ tish oʻ zining samarasini bermoqda.. Bugungi kunda bizning mamlakatimiz oliy va oʻ rta maxsus ta‘lim muassasalarida ―Aqliy hujum‖, ―Rolli oʻ yinlar‖, ―BBB jadvali‖, ―Bahs- munozara‖, ―Zig-zag‖, ―FSMU‖, ―Insert‖, ―Venna diagrammasi‖, ―Skarabey‖,
―Keys‖, ―Bumerang‖, ―Sinkveyn ‖, ―Delfi‖ shu kabi bir qator interfaol metodlardan keng foydalanilmoqda. Bundan koʻ zlangan maqsad oʻ quvchilarda har tomonlama ilmiy-nazariy bilimlarni mustaqil egallash, bilim, koʻ nikma, malakalarini shakllantirish va shu asosda oʻ quvchilarning ilmiy-dunyoviy qarashlarini rivojlantirish, ularning barkamol shaxs sifatida erkin fikr yurita olishligini, oʻ ziga boʻ lgan ishonchni mustahkamlashdan iborat.
―Ta‘lim olish Inson hayotidagi juda muhim jarayon hisoblanadi. Ta‘lim jarayoni insonni umri davomida mustahkamlanib bormogʻ i lozim.‖16
Bugungi kunga kelib oliy va oʻ rta ta‘lim muassasalarida oʻ quvchi talabalarni ana‘naviy usullar asosida oʻ qitish masalalari oʻ zini oqlamayapti. Shunday ekan bugun bizning ta‘lim jarayonlarimizda qabul qilinayotgan usullar oʻ quvchi talabalarning mustaqil fikr yuritishga, hayotda har qanday sharoitda ham oʻ zini tuta bilishiga, tarbiyalanganligiga, hamda mustaqil hayot kechirishdagi oʻ zining, dunyoviy qarashlarini asoslab bera oladigan inson sifatida shakllantirishiga yordam beradi.
Interfaol metod — ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o`zaro harakati, ta`siri ostida bilimlarni o`zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo`llash





16刘珣。―对外汉语教育引论 ‖。北京。2000.145 页
dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari — norasmiy bahs-munozaralar o`tkazish, o`quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o`qish, o`rganish, seminarlar o`tkazish, o`quvchilarni tashabbus ko`rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo`lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat.
Interfaol ta`lim o`z xususiyatiga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o`z ichiga oladi.
Ta‘limning maqsadva vazifalarini amalga oshirish, jumladan dars sifatini oshirish uchun qanday interfaol (oʻ qituvchi va talaba oʻ rtasidagi faol fikrlashuvga qaratilgan) usullarni qoʻ llash mumkin?
Til oʻ qitish yoki adabiyot darslaridatalabalarning soʻ z boyliklarini oshirish, ogʻ zaki va yozma savodxonliklari darajasini koʻ tarish asosiy maqsadlardan hisoblanadi. Bunda talabaning faolligini oshirishga qaratilgan bir qator yuqorida keltirib oʻ tgan interfaol usullarni qoʻ llash mumkin.
Mustaqil tafakkurni rivojlantirishga yoʻ naltirilgan darslarda 3 bosqich mavjud boʻ ladi:

  1. Diqqatni jalb qilish bosqichi.

  2. Masalani anglash bosqichi.

  3. Fikrlash bosqichi.

Interfaol usullarni qoʻ llash boʻ yicha umumiy metodik tavsiyalar:
Birinchi qoida: Auditoriyani shunday tayyorlash kerakki, bunda ishtirokchilar kichik yoki katta guruhlarda ishlash uchun oʻ tirishlariga oson boʻ lishi kerak. Stolni shunday qoʻ yish kerakki, ular oʻ ziga qulay vaziyatda kichik guruh bilan oson munosabatda boʻ lishi kerak. Ijodiy ish uchun materiallar oldindan tayyorlangan boʻ lishi shart.
Ikkinchi qoida: Jarayon va reglamentga jiddiy munosabatda boʻ lish lozim. Bu haqida bosida kelishib olish kerak va uni buzmaslik lozim.
Uchinchi qoida: Tinglovchilarning guruhlarga boʻ linishiga jiddiy e‘tibor berish kerak. Avvaliga, uni oʻ z xohishiga koʻ ra qurish kerak. Keyin tasodifan tanlash tamoyilidan foydalanish maqsadga muvofiq boʻ ladi.
Toʻ rtinchi qoida: Tinglovchilarning hammasi u yoki bu darajada ishga jalb qilingan boʻ lishi kerak.
Beshinchi qoida: Tinglovchilarning ruhan tayyorgarligiga koʻ maklashish lozim. Gap shundaki, mashgʻ ulotga kelganlarning hammasi u yoki bu ish shakliga bevosita kirishishga ruhan tayyor emaslar. Bunga ma‘lum darajada xulqining an‘anaviyligi ta‘sir koʻ rsatadi. Bu borada mashq qilishlar, ta‘lim oluvchilarning ishda faol ishtiroklari uchun doimiy ragʻ batlantirishlar, ta‘lim oluvchining oʻ zini namoyon etish uchun imkoniyat yaratish foydali boʻ ladi.
Oltinchi qoida: Interfaol usullar asosida mashgʻ ulotlar oʻ tkazilganda guruhda ta‘lim oluvchilar soni koʻ pboʻ lmasligi kerak. Odatda ishtirokchilar soni 30 kishidan oshmasagina, ish samarali boʻ ladi. Faqat shu shart bajarilganda eng maqbul tarkibi 4-6 kishilardan iborat, kichik guruhlarda samarali ish olib borish mumkin.
Interfaol oʻ qitish ta‘lim beruvchi bilan ta‘lim oluvchi oʻ rtasidagi doimiy oʻ zaro munosabatlarni koʻ zda tutadi va shuning uchun u auditoriya bilan oʻ zaro munosabat oʻ rnatishni bilishi kerak.
Interfaol usullarning asosiy maqsad va vazifalari:



  1. Oʻ quvchilarni mustaqil, ijodiy, tanqidiy, mantiqiy fikrlashga oʻ rgatish

  2. Muammoli vaziyatni amaliy va hayotiy topshiriqlar asosida echish.

  3. Oʻ z- oʻ zini fikrlashga majbur etish.

  4. Faollashtirish.

  5. Oʻ quvchilarni tashkilotchilik va yoʻ naltiruvchanlikka undash.

  6. Doʻ stona munosabatlarni shakllantirish

    1. Download 117.72 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Download 117.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II bob. Chet el texnologiyasiga oid xitoy tili oʻ qitishning interfaol metodlari

Download 117.72 Kb.