Foydalanilgan adabiyotlar




Download 117.72 Kb.
bet2/18
Sana09.06.2022
Hajmi117.72 Kb.
#23346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
xitoy tilida oqitishda interfaol usullarning roli (1)

Foydalanilgan adabiyotlar
roʻ yxati 53

Kirish


Jamiyatimiz XXI asr boʻ sagʻ asida buyuk oʻ zgarishlarga yuz burdi: ma‘naviy-ma‘rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, texnik-texnologik sohalardagi tub islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ayniqsa ta‘lim-tarbiya jarayonlarini pedogogik texnologiyalar ―rels‖iga oʻ tkazish erkin Shaxsni tarbiyalash muammosi bilan chambarchas bogʻ liq. Bu pedogogik voqelik oson kechmaydi: bugun ixtiyoriy tarzda qurilayotgan va amaliyotga tatbiq etilayotgan oʻ qitish tizimini qat‘iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga aylantirmoq lozim. Aslida ham ijtimoiy tajriba elementlari- bilim, koʻ nikma va malaka, ijodiy faoliyat tajribalari – ma‘lum pedagogik tizim doirasida kechadigan pedagogik jarayon mahsulidir. Ana shu jarayonni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhi bilan sugʻ orish – mazmunini takomillashtirish ijodkor oʻ qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi.
Yurtboshimiz ta‘kidlaganlaridek: ―Yangi darsliklarni, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻ z vaqtida ishlab chiqish va joriy etishni ta‘minlashni alohida nazorat ostiga olish zarur 1 ‖.Ta‘lim mazmunini mavzu boʻ yicha belgilanganmaqsadga mos holda saralash, oʻ quv axborotlarini uzatish, teskari aloqa vositasida olingan natijalarga koʻ ra ularni yangilash, bilish faoliyatini ilmiy asosda boshqarish, oʻ quvchining individual qobiliyatlarini oʻ zi boshqariluvchan faoliyatga burish yakuniy natijalarni kafolatlashga imkon beradi.
Bugungi kunda biz muhim innavatsion jarayonlar davrida yashayapmiz. Barcha sohalarda boʻ lgani kabi ta‘lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning keng koʻ lamliligi, dolzarbligi va murakkabligi bugungi kun oʻ qituvchilariga katta

1 I.A.Karimov Oliy Majlis XIV sessiyasida so‘zlagan nutqidan. 2004 yil, 29-aprel.
mas‘uliyat yuklaydi. Xususan, islohotlarning tub yoʻ nalishlaridan hisoblanayotgan ta‘lim mazmunini yangilash, oʻ qituvchi va talabalarni ta‘limga boʻ lgan yangicha qarashlarini shakllantirish barobarida ilgʻ or pedagogik texnologiyalarni qoʻ llash va oʻ qituvchilardan katta mahorat, ijodiy mehnat va albatta zamon talablariga javob beradigan bilimlar majmui talab qilinadi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaganlaridek, ―Zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning oʻ zi ana shunday bilimga ega boʻ lishi kerak 2 ‖. Bugungi kunda zamonaviy bilimga ega boʻ lgan oʻ qituvchi oʻ z mahoratini ishga solib, barcha bilimlarini talabaga yetkazib bera olish uchun ham koʻ p izlanishi kerak boʻ lmoqda. Ya‘ni dars jarayonini ham mazmunan, ham shaklan oʻ zgartirishi komil inson – SHAXS tarbiyasiga yoʻ naltirilgan boʻ lishi lozimligi eng dolzarb vazifalardan boʻ lib turibdi.
Oʻ zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovnning 2014-yil 3-sentabr ПҚ-2228-sonli qaroriga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarkibida Xitoyshunoslik fakulteti tashkil etildi. Bundan koʻ zlangan maqsad zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ilgʻ or oʻ qitish uslublarini joriy etishga katta e‘tibor qaratish, Xitoy tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti sohasida chuqur bilimlarga ega boʻ lish,erkin fikrlay oladigan, har tomonlama yuksak kadrlarni yetishib chiqishidir. Ushbu qarorning 4-bandida Prezidentimiz I.A.Karimov ta‘kidlaydi: ―Xitoyshunoslik fakultetini amaliy ish tajribasiga ega boʻ lgan hamda xitoy tili va adabiyotini, Xitoy tarixi, siyosati va iqtisodiyotini oʻ rganish sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni oʻ tkazish va ta‘lim berish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanuvchi yuqori malakali tashabbuskor kadrlar bilan ta‘minlansin; zamonaviy ta‘lim texnologiyalarini, eng yangi axborot va oʻ quv- labaratoriya uskunalarini tadbiq etishhamda ulardan keng foydalanish asosida oʻ quv rejalari va dasturlarini yangilangan holda xitoyshunoslik masalalari boʻ yicha oʻ quv

2I.A.Karimov ―Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori‖ – Oliy Majlis IX sessiyasida so‘zlangan nutqidan. 1997 yil, 29 avgust.
jarayonini tashkil qilishni ilgʻ or xalqaro tajribani hisobga olib, tanqidiy tahlil qilsin va qayta koʻ rib chiqsin 3‖.
Yurtboshimizning qarorlariga muvofiq biz bitiruv malakaviy ishimizni aynan chet el texnologiyasiga asoslangan holda zamonaviy metodlardan foydalanib, xitoy tili oʻ qitishda interfaol usullarning ahamiyatiga bagʻ ishladik. Ushbu qaror biz kabi yosh kadrlarni yanada ruhlantirib, berilgan imkoniyatlardan yanada keng foydalanib, kuchliroq izlanishimizgaturtki boʻ ldi.Bu bilan bir qatorda zamon bilan hamnafas holda ta‘lim jarayonida oʻ quvchiga tilga nisbatan qiziqishni kuchliroq uygʻ otadigan quvnoq interfaol usullardan foydalanib ta‘lim berish koʻ proq oʻ z samarasini beradi.
Ta‘lim sifatini oshirish masalasi barchaning diqqat markazida turgan holdaturli axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib masofali oʻ qitish, elektron darsliklar tizimini yaratish hamda ularni qoʻ llash usullari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, har bir fanning metodikasidan kelib chiqib, dars jarayonini yangicha usul va vositalar asosida, interaktiv pedagogika usullaridan keng foydalangan holda tashkil etish oldimizga qoʻ ygan buyuk maqsad – mustaqil fikrlovchi, barkamol shaxsni voyaga yetkazish yoʻ lida muhim omil deb qaralmoqda.
Demak, oʻ qitishning noan‘anaviy usullarini oʻ ylab topish, mavjud usullarni oʻ rganish, oʻ zaro tajriba almashish lozim. Bunda pedagogikadagi yangiliklarni oʻ rganuvchi ta‘limot-pedagogik innovatikaning ahamiyati katta. Ya‘ni uning birinchi yoʻ nalishi pedagogikadagi barcha yangiliklarni toʻ plash, umumlashtirish, ikkinchi yoʻ nalishi yangiliklardan samaralilarini tanlab olish va uchinchi yoʻ nalishda ularni amaliyotga tatbiq etish nazarda tutiladi.4
Pedagogik innovatsiyalarning maqsad va vazifalari shundan iboratki, bugungi kunda nihoyatda keng va tezkor axborotlar, innovatsion jarayonlar avlodi boʻ lgan yoshlarni tarbiyalashda an‘anaviy yondashuvni oʻ zgartirish taqozo etilmoqda. Dars jarayonida oʻ qituvchi – talaba pozitsiyalarini oʻ zgartirish, oʻ qituvchining mutlaq

3O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ПК-2228-sonli Toshkent davlat sharqshunoslik instituti tarkibida Xitoyshunoslik fakultetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori. 2014 yi, 13-sentabr.
4 J.Yo‘ldoshev//Yangi pedagogik texnologiya. Xalq ta‘limi. 1999, 4-son. 8-bet.
hokimligidan voz kechish, talabaning mustaqil fikrlashiga imkon berish, uni har bir mavzu yuzasidan beriladigan ma‘lumotlarni oʻ zlashtirish, qiyoslash, tahlil qilish va tatbiq etish darajasiga yetkazishga qaratilgan usullarni ishlab chiqish kun talabiga aylangan.
Demak, ta‘lim tizimidagi barcha oʻ zgarishlar, yangiliklarni pedagogik innovatsiyalar deyish mumkin. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni ta‘kidlash lozimki, eng dolzarb vazifa – oʻ qituvchining dars jarayonini tashkil etishga boʻ lgan qarashini oʻ zgartirish, metodik qurollantirish. Chunki tafakkurni oʻ zgartirmay turib, yangicha ishlash, yangi metodik malakaga (adabiyotlarga, material va vositalarga) ega boʻ lmay turib darsni toʻ gʻ ri tashkil etish, qolaversa, koʻ zlangan maqsadga erishish mumkin emas.

Download 117.72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 117.72 Kb.