Pedagogik texnologiya konsepsiyasining chet elda rivojlanish tarixi




Download 117.72 Kb.
bet7/18
Sana09.06.2022
Hajmi117.72 Kb.
#23346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
xitoy tilida oqitishda interfaol usullarning roli (1)

Pedagogik texnologiya konsepsiyasining chet elda rivojlanish tarixi





7Гершунский Б.С. Философия образования. М. 1998. c.57-66.
8刘珣。―对外汉语教育引论 ‖。北京。2000. 89 页
1930-yillarda ―Pedagogik texnika‖ tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo boʻ ldi va u oʻ quv mashgʻ ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yoʻ naltirilgan usul va vositalar yigʻ indisi sifatida qaraladi. Shuningdek oʻ quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, koʻ rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi.
1940-50-yillarda oʻ quv jarayoniga oʻ qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio va nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyaga tenglashtirildi. Bu programmalashtirilgan ta‘limni nazarda tutadi.
1960-yillarning oʻ rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokama tortildi.
1971-yil AQSHda Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiyasi tashkil topdi. 1979-yilda Kommunikatsiyava texnologiya Asssosatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta‘rif berilgan edi: pedagogik texnologiya bilimlarni oʻ zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni taxlil qilish va rejalashtirish, ta‘minlash, muammoning yechimini baholash va boshqarish uchun odamlar, g`oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini oʻ z tarkibiga oladigan kompleks integrativ jarayondan iborat. 80 yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb kompyuterli vaaxborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan. Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jihatdan oʻ quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab, uni ta‘limdagi, oʻ qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin boʻ lsa, ikkinchidan ta‘lim texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom oʻ quv jarayonini oʻ zini qurish texnologiyasini bildiradi.
Hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ortiq filiallari faoliyat koʻ rsatmoqda. 1961 yildan ―Pedagogik texnologiya‖ jurnali, 1971
yildan ―Audio-vizual ta‘lim‖; ―Audiovizualli kommunikatsiya bayoni‖ nomli jurnallar chop etila boshladi.
1967-yil Angliyada Pedagogik texnologiya Milliy Kengashi tashkil topdi. 1964 yildan ―Pedagogik texnologiya va dasturli ta‘lim‖, 1970 yildan ―Pedagogik texnologiya‖ nomli jurnallar chop etila boshladi. Pedagogik texnologiya ifodasi avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi oʻ quv jarayonini bildirgan.Pedagogik texnologiya boʻ yicha xalqaro konferensiyalar 1966 yildan boshlab har yili Angliyada oʻ tkazib kelinadi. Anjuman materiallari
―Pedagogik texnologiya jihatlari‖ nomida nashr qilinadi.

1965-yil Yaponiyada Umumyapon Pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi tashkil etildi. 1965-yildan ―Pedagogik texnologiya‖; ―Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar‖ nomli jurnallar chop etila boshlandi. Yaponiyada pedagogik texnologiya muammolari bilan toʻ rtta ilmiy jamiyat shugʻ ullanmoqda. Faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy kengashining yigirma ikkita davlat universitetlarida markazlari mavjud. Har uch oyda yapon tilida chiqadgan ―Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar‖ jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari oʻ rnini topmoqda. Yaqinda umumyapon pedagogik texnologiya markaziy kengashi tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar oʻ rnatish ishlari bilan mashhur.


1971-yil Italiyada Pedagogik texnologiya milliy Markazi tashkil etildi. 1971- yildan ―Pedagogik texnologiya‖ nomli jurnali chop etila boshlandi.Pedagogik texnologiya muammosining oʻ ta dolzarbligi hisobga olinib, uning imiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi.
1973-yil Vengriyada Oʻ qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil bevosita YUNESKO tashabbusi va dasturi asosida tashkil etildi va uning asosiy vazifasi oʻ qitish texnologiyasining yangi qirralarini kashf etish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻ yicha ilmiy tadqiqotlarini rivojlantirish kabi masalalardan iborat boʻ ldi.
1972-yilning kech kuzida Buyuk Britaniya va Fransiya kitob doʻ konlarida
―Yashash uchun oʻ qish‖, ―Dunyo tarbiyasi bugun va ertaga‖ kitobi paydo boʻ ldi.
Nima uchun bugun Respublikamizda pedagogik texnologiyaning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zarurati tugʻ ildi? Chunki ana‘naviy oʻ qitish tizimi yozma ogʻ zaki soʻ zlarga tayanib ish koʻ rishi tufayli ―Axborotli oʻ qitish‖ sifatida tavsiflanadi. Oʻ qituvchi faoliyati birgina oʻ quv jarayonining tashkilotchisi tarzida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolayotganligini ta‘kidlagan holda baholamoqda. Bu bir tomondan koʻ rilgan masaladir.
Ikkinchidan, fan-texnikaning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin koʻ payib borayotganligi va ulardan oʻ qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta‘lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.
Keyingi paytlarda pedagogik adabiyotlarda, ta‘lim muammolariga oid ma‘ruzalarda ―Pedagogik texnologiya‖ tushunchasiga ―yangi‖, ―ilgʻ or‖, ―zamonaviy‖ iboralarni qoʻ shib ishlatilmoqda. Ammo ―pedagogik texnologiya‖ tushunchasi hali bir qolipga tushirilmagan, shuning uchun ham bu iboraning bir-biridan farq qiluvchi koʻ pgina taraflari bor.
―Chet elda oʻ qitish texnologiyasiga oid mashhur nazariyalar mavjud. Biz xitoy tili oʻ qitish jarayonida ana shu tajribalardan foydalangan holda dars oʻ tishimiz maqsadga muvofiq boʻ ladi.‖9
Pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta‘riflar berilgan:
YUNESKOning fikricha, pedagogik texnologiya – bu ta‘lim shakllarini ommalashtirish maqsadidda texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning oʻ zaro ta‘sirini inobatga olib oʻ qitish va bilim oʻ zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish va qoʻ llashning tizimli metodidir.





9崔永华,杨寄州。―汉语课堂教学技巧‖。北京。2002.5 页
B.L. Fabermanaytishicha: ―Pedagogik texnologiya – bu oʻ qitishga oʻ ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir.U pedagogikadagi ijtimoiy muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga koʻ chirilgan tasviri, ta‘lim jarayonining muayan standartlashuvi hisoblanadi‖10.
V.P. Bespalkoning fikricha: ―Pedagogik texnologiya – bu oʻ qituvchi mahoratiga bogʻ liq boʻ lmagan holda pedagogik muvaffaqqiytani kafolatlay oladigan oʻ quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir‖11.
N.S.Sayidahmedov ta‘rificha: ―Pedagogik texnologiya – bu oʻ qituvchining ta‘lim-tarbiya vositalari yordamida oʻ quvchilarga muayyan sharoitda va ma‘lum ketma-ketlikda ta‘sir koʻ rsatishi va aks ta‘sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir‖12.
Ta‘riflardan quyidagi qoidalar kelib chiqadi:

  1. pedagogik texnologiyalar oldindan loyihalanadi;

  2. tayyor loyihani amaliyotga tatbiq etish, oʻ qituvchidan katta mahorat talab qilmaydi;

  3. yakuniy natija kafolatlanadi;

Pedagogik texnologiya sohasidagi AQSHning mashhur olimlari:
B.Blum, D.Kratval, M.Trondund, D.Kerrol, Dj.Blok,L.Enderson, R.Gens, L.Brig. Bu olimlar ishlab chiqqan pedagogik texnologiyalar 1966 yilda YUNESKO Xalqaro Konferensiyasi asos sifatida qabul qilinadi.
MDXdagi olimlar: V.P.Bespalko, M.V.Klarin, G.K.Selevko,V.P.Monaxov, M.A.Choshanov, J.Gʻ .Yoʻ ldoshev, B.L.Farberman, N.S.Sayidahmedov va boshqalar.



    1. Download 117.72 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Download 117.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnologiya konsepsiyasining chet elda rivojlanish tarixi

Download 117.72 Kb.