O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim




Download 117.72 Kb.
bet15/18
Sana09.06.2022
Hajmi117.72 Kb.
#23346
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
xitoy tilida oqitishda interfaol usullarning roli (1)

UMUMIY XULOSA.


Biz ushbu bitiruv malakaviy ishini yozishda quyidagi xulosalarga keldik:

      1. Ta‘lim berish bu – oʻ qituvchi va oʻ quvchi-talabalar ishtirokidagi jamoadir. Oʻ qitish reja asosida va oʻ qitish tizimi hamda mahorati, qolaversa oʻ quvchi- talabaning ma‘rifatining oshishi bilan belgilanadi.

      2. Oʻ qituvchi faoliyati birgina oʻ quv jarayonining tashkilotchisi tarzida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolayotganligini ta‘kidlagan holda baholanmoqda. Fan-texnikaning rivojlanayotgan bosqichida axborotlarning keskin koʻ payib borayotganligi va ulardan oʻ qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek, yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta‘lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.

      3. Xitoy tilini oʻ qitish texnologiyasida uchta asosiy tarkibiy qism mavjud: 1.Loyihalash ; 2. Bajarish; 3. Baholash;

      4. 1930-yillarda ―Pedagogik texnika‖ tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo boʻ ldi va u oʻ quv mashgʻ ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yoʻ naltirilgan usul va vositalar yigʻ indisi sifatida qaraladi. Shuningdek oʻ quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, koʻ rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi.

      5. 1940-50 yillarda oʻ quv jarayoniga oʻ qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio va nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyaga tenglashtirildi. Bu programmalashtirilgan ta‘limni nazarda tutadi. 1960-yillarning oʻ rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokama tortildi.

      6. AQSH, Angliya, Yaponiya, Italiya, Vengriyada oʻ qitish texnologiyasining yangi qirralarini kashf etish, mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻ yicha ilmiy tadqiqotlarini rivojlantirish kabi masalalar koʻ rib chiqildi va amaliyotga tatbiq etila boshlandi. Pedagogik texnologiyaga oid turli tashkilotlar, assotsatsiyalar tashkil qilindi, gazeta va jurnallar chop etila boshladi.

      7. Metodika oʻ quv jarayonini tashkil etish va oʻ tkazish boʻ yicha tavsiyalar majmuasi. Metodika alohida fanlarga tegishli tushuncha boʻ lib, u jarayonlarning kechish qonuniyatlarini, fan mazmuni, oʻ qitish shakllari kabilarni oʻ rganadi. Har bir fanning oʻ z metodikasi boʻ lib, u ―nimaga oʻ qitish (oʻ rgatish)?‖, ―qanday oʻ rgatish?‖, ―kimni oʻ qitish?‖, savollariga javob beradi.

      8. Metodika fani asosan quyidagi uch yirik mavzuni oʻ rgatadi: 1) Chet tilini oʻ rgatishning nazariy masalalari; 2) Nutq faoliyati turlari; 3) Chet tilini oʻ rgatishning tashkiliy masalalari.

      9. Pedagogiktexnologiya oʻ quv jarayonini harakatlantiruvchi kuch yoki oldindan belgilab qoʻ yilgan aniq maqsad yoʻ lidan oʻ qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta‘limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi.

      10. Ilgʻ or pedagogik texnologiya quyidagicha amalga oshiriladi: Empirik: sezgi a‘zolari orqali bilish; Kognetiv: atrofdagi olam toʻ gʻ risida bilimni kengaytirish; Evrestik: yoʻ naltiruvchi savollar orqali faollikni, topqirlikni oshirish; Kreativ: tadqiqot, ijodiy tafakkur; Inversion: axborotlarni turli tomondan oʻ rganish; Integrativ: kichik qismlarning bir butunligi, yaxlitligi; Adaptiv: axborotlar va ulardan foydalanish jarayonini oʻ rganish va oʻ rgatish uchun moslashish; Inklyuziv: oʻ quvchi va oʻ qituvchining oʻ zaro munosabatlarda tenglik asosida ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish.

      11. Pedagogik texnologiyaning metodikadan asosiy farq shundaki, metodika oʻ qitish usullari va yoʻ llarining ma‘lum shaxs uchun qulay boʻ lgan majmuasidan iborat. Metodika oʻ qituvchining bilim, koʻ nikmalari mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog`liq. Metodika biror ishni maqsadga muvofiq oʻ tkazish metodlari, yoʻ llari majmuasi. U alohida metodikalarga ajraladi.

      12. Interfaol metod — ta`lim jarayonida o`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o`zaro harakati, ta`siri ostida bilimlarni o`zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. ―Rolli oʻ yinlar‖, ―Zig-

zag‖, ―Esse‖ hamda ―Oʻ quv portfoliosi‖ usullarni qo`llash dars sifati va samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.

      1. ―Rolli oʻ yinlar‖usuli:eshitish va tinglashni oʻ rgatadi;erkin operativ suhbatga tayyorlaydi; tabiiy xulqni kamchiliklardan nari qiladi; talabalarni xitoy tiliga qiziqtiradi va amaliyotni oʻ taydi; talabalarni ogʻ zaki nutqqa psixologik tarafdan tayyorlaydi; xitoy tilida nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻ llay olishni oʻ rgatadi;oʻ quvchilarda berilgan vaziyatni ―xitoycha‖ tahlil qilish malakasi shakllanadi.

14―Rolli oʻ yinlar‖ usulining kamchilik tomonlari:koʻ p vaqt talab etiladi;oʻ qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi; oʻ quvchilarning oʻ yinga tayyorgarligi turlicha daraja boʻ lishi mumkin;barcha oʻ quvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin.

        1. ―Zig-zag‖ interfaol usuli bilan dars oʻ tish ham grammatikani mustahkamlash, ham mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvolidan ham habardor boʻ lish imkonini yaratadi, eng muhimi bilishdan tashqari oʻ quvchi – talaba oʻ zi fikr yuritib, boshqalarga yetkazib berish qobiliyatini, soʻ z boyligini oshirib, nutqini ravon qilishga yordam beradi.

        2. ‖Esse‖ interfaol usuli inson fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda muhim rol oʻ ynaydi. Ular norasmiy fikr va qiyofalarni qayd qilish har tomonlama koʻ rib chiqilmaguncha xotirada saqlab turish va ularni yanada aniqroq ifodalashga imkon beradi. Ma‘lumotlarni tizimlashda, asosiy tushunchalardan foydalanishda, bu mavzuga aloqador jihatlarni ajratib koʻ rsatishda, amaliyotini illustratsiya qilishda va xulosalarni argumentlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Demak, interfaol usullardan foydalanib yangi bilimlarni berish, koʻ nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qoʻ llash mashgʻ ulotlarida hamda oʻ quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu boʻ yicha mashgʻ ulot uchun eng maqsadga muvofiq boʻ lgan interfaol yoki boshqa metodlarni toʻ gʻ ri tanlash nazarda tutiladi.



Download 117.72 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Download 117.72 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim

Download 117.72 Kb.